Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlarn _ 85 
i >ra-sira o'sha paytda kimlar bilan, nimalar haqida gap-
lashganimni so'raydi, xolos, - deb javob berdi. 
He sodda odam! Tergovchi ham menga o'xshash 
qo'chqor urishtirishga ishqivoz ekan, deydi-ya! Ammo 
tergovchi nega muncha qo'chqor urishtirishni men-
dan so'rab qoldi, nega muncha kovlayapti degan nar-
sani xayoliga ham keltirmagan bo'lsa kerak sho'r-
lik! Xorazmlik bo'lganim uchun shunchaki qo'chqor 
urishtirishni so'ragandir, deb oylagan bolishi ham 
ehtimoldan holi emas. Ammo buni nega surishtirgani, 
tagida nima maqsad kuzatilganini keyinchalik bildi. 
Qamalganining ikkinchi-uchinchi haftalari bolsa 
kerak, bu bechora mo'ysafid tergovdan o'zini qayga 
qoyishini bilmay, g'azab bilan kameraga kirib keldi: 
- Dunyo tamom boldi! Dunyo ado boldi! Meni otib 
tashlasin, endi bu tergovchiga bir og'iz so'z aytmay-
man. Hech qanaqa gapiga javob bermayman. Sta-
linga yozaman! Stalinga arz qilaman. Men oq posh-
shoni tarafdorimishman. Nikolay poshshoni! Nima, 
men uni basharasini ko'ribmanmi, yoki ikki tug'ib 
bir qolganimmi, maqtayman! Oq xo'rozni maqtagan 
bolsam, oq poshshoni maqtagan bo'lamanmi? Bu 
qanday bedodlik! 
Bu bechoraning butun gunohi, Xorazmda xo'roz 
urishtirish vaqtida kimdir undan: 
«Kimning xo'rozi yengadi, qizilimi, oqimi, sen qaysi 
birining tarafdorisan?» - degan so'roviga: 
«Ko'rinishdan qizilga qaraganda oqi zo'rroq ko'ri-
nadi, oqi yengadi, men oq tarafdoriman», - degan 
gapni aytgani bo'libdi. Uning bu gapidan tergovchi 
o'zicha xulosa chiqarib: «Haqiqatan ham Xorazm 
shohi Junaidxonga mening xeshligim bo'lgani rost, 
shuning uchun ham men xo'roz urishtirish paytidan 
foydalanib qizillardan, ya'ni sovet hukumatidan ko'ra 
oq poshsho yaxshi edi, bir kunmas bir kun oq posh-


86 
Shukrullo 
sho yengadi, demoqchi bolganman», deb yozib, un-
dan qo'l qoyishni talab qilgan ekan. 
Albatta, bu gaplarga hozirgi odamlar ishonishi qi-
yin. Ammo, yuzlab emas, minglab emas, million-mil-
lionlab odamlar qamalib, otilib, Sibir surgunlarida 
yo'q bolib ketganlar-chi? Bunga ham ishonmay-
mizmi? Axir, bularning ko'pi asosan kommunist, 
sovet davlati uchun jonini tikkan odamlar edi-ku! 
Bularning dushmanligiga ishonib bo'ladimi? Yo'q, 
bo'lmaydi! Xo'sh, shunday bo'lgach, ularni nima 
deb qamashgan? Demak, yo'q ayblarni, kishi xayo-
liga kelmaydigan yuqoridagi kabi sabablarni oyiab 
topishgan, desak, ishonmay boladimi? 
Men o'zimcha oyiardim, xo'p, ishonib bolmasa, 
begunoh odamlarni qamash hukumatga nega kerak 
bolib qolgan? 
Qamalgunimga qadar, men o'zim ham qamalgan-
larning ko'pchiligini haqiqatan dushman bo'lsa ke-
rak, deb oyiardim. Ammo qamalganimdan keyin bu 
fikrim xato ekanligiga imonim komil bo'la boshladi. 
Tergovchining adolatsizligi, bilaturib oqni qora qi-
lib ko'rsatishidan fig'oni falakka chiqayotgan hamro-
himga taskin berish uchun unga: 
«Kuyganingizning foydasi yo'q. Qamalishingizga 
oq podshoni maqtaganingiz ham, xo'roz ham sabab 
emas, bular faqat bir bahona, bu qama-qamalardan 
maqsad bitta: maoshingiz kam bo'lsa, maoshim kam 
deb arz qila olasizmi? Chet elga borgingiz kelsa, bora 
olasizmi? Yo'q! Bizda boshqa davlatlardagidek erklik, 
demokratiya yo'q deb ayta olasizmi? Ayta olmaysiz, 
dardingiz ichingizda. Qaysi davlatda 1-2-sinf bolala-
rini oktyabr oyidan to plan bajarilguncha o'qishdan 
mahrum qilib qor-yomg'irda dildiratib, paxta baxti-
miz, deb dalalarda ishlatadi? Bu baxt emas, deb ayta 
olasizmi? O'zbekning ming yillik tarixi bor, o'zbek 
jahonni hayratga soladigan san'atning yuksak na-



Download 1,31 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish