«Kafansiz ko'milganlarn
_ 89
deb g'azab bilan baqirar, nazoratchi esa gap qaytar-
ma, tez bo'l, yechin, deyishini qo^ymasdi.
Albatta, men unga turadigan joyimiz qamoq, to'rt
atrofimiz devor, boradigan joyimiz tergovchining xona-
si-yu, senlarning nazorating ostida bir kecha-kunduz-
da ikki marta hojatga chiqish. O'shanda ham tuynuk-
dan kuzatib turasanlar. Ko'chaga chiqmasak, biror
odam bilan aloqada bolmasak, har hafta, o'n kunda
bunday tintuvlarni qilib tursalaring, yana nimani qi-
dirasanlar, degim keldi-yu, qamoq qoidasi bo*yicha
nazoratchi bilan gaplashish mumkin emasligi, buning
uchun ham jazolashlarini oyiab, g'azabimni ichimga
yutishdan boshqa iloj topmadim. Bu gaplarni men
aytmasam ham bularning o'zi bilmasmidi? Maqsad -
seni xo'rlash! O'z aytganiga seni ko'ndirish.
Ikkinchi nazoratchi, keksa odam ekan, qoyaqol
degandek qarash qildi-yu, ammo og'iz ocholmadi.
Chunki, ularning o'zi bir-biriga ishonmasdi, dush-
manga rahm qildi, yon bosdi, tanishi bo'lganmi, deb
ayblashlaridan qo'rqardi. Bir-biriga rahm qilmaydi-
gan, bir-biridan qo'rqqan odamlarga gapirib nima
foyda topaman? Bularda insof yo'q-ku! Choi esa dun-
yoda insof borligiga ishonardi.
Hamon u aravaga qo'shilmagan otdek qaysar, bu
xo'rlikdan nihoyatda g'azabnok edi. U shu qadar asabiy
ediki, nazoratchiga tashlanib, kutilmagan ko'ngilsizlik
bolmasa, degan xavotirda edim. Ular boysunmaganlik
uchun karserga tashlashliklarini aytganda ham qay-
sarligidan qaytmadi. Ertasiga karserga olib ketishdi.
Bu odam uchun nomus o'limdan kuchli edi.
O'sha kuni meni ham jazodan benasib qilishmadi.
Meni qahrabo mushtugim bor edi, qo'limdan semon
yerga tushib sigareta tiqadigan joyidan sinib ketgan
edi. Qamoqda bekorchilikda ermak deb nondan xamir
qilib mushtukning og'ziga yopishtirib, atrofiga cho'p
tiqib, ip bilan bog'lab, sigareta tiqib cheksa bo'ladigan
90 _ Shukrullo
holga keltirib, barmoqlarimni maxorka sarg'aytirib
sasitishidan saqlaydigan qilib olgandim. Bunga ko'zi
tushgan nazoratchi qo'liga olib u yoq-bu yog'ini nazar-
dan kechirib, burdalab-burdalab yerga tashladi. Buni
unga bir ziyoni yoki xavfi tomoni bormidi? Yo'q! Maq-
sad - seni o'z xohishingga qoymaslik, faqat qamash,
erklikdan mahrum qilish emas, asablaringga tinchlik
bermaslik, sovet davlatiga dushman bolganing uchun
sen qilgan ishning aksini qilib, har xil yollar bilan
azoblash, qiynash, huzur-halovatdan mahrum qilish.
Bu shafqatsizlik, bu adolatsizlik, begunoh odamlarga
bunchalikjabr-zulm, inson zotini bunchalik xo'rlashla-
ridan maqsad nima? Axir mahbuslar sho'rliklarga bir
kecha-kunduzda faqat 1 5 - 2 0 daqiqagina toza havoga
chiqib nafas olish imkoni berilgan bolsa. Ba'zan haf-
talab shundan ham mahrum qilinadi. Olib chiqilgan
vaqtda ham ba'zan nurdan qamashgan ko'zlaring yo-
rug'likka o'rganib ulgurmasdanoq, toyibroq ochiq ha-
vodan nafas olmasingdanoq berilgan 20 daqiqa otmas-
dan «boldi, bo'ldi, chiqlaring», deb do'q bilan kameraga
haydaydi. Bu shafqatsizlikka uni nima majbur qiladi!
Malum vaqtlarda hammomga tushirganlarida is-
siq suv bersa, sovuq suv bermaydi. Sovuq suv kelsa,
issiqni to'xtatadi. Boshingga surgan sovuning ari-
masdan, nazoratchi bostirib kirib kiyinishni buyura-
di. Hali kiyinib ulgurmasingdan eshikni ochib qoyib,
bu onangni uyimas, qani imirsilama, chalasini lager
hammomida yuvinasan, deb tepangda haqoratlab tu-
radi. Gap qaytarib ko'r-chi! Kiyinishga ulgurgan ul-
guradi, ulgurmagan keksalar, oyoqsizlar, bedarmon
odamlar qo'ltig'iga tiqib oladi.
Bu yerdagi hamma narsa yolg'onga asoslangandi.
Qoida boyicha vaqti-vaqti bilan goh qamoq boshlig'i
Krasnogolovov, goh respublika prokurorining yor-
damchisi arz-dodingni eshitmoqchi bo'lgandek kame-
ralarni aylanadi. Albatta, ular kirish bilan mahbus-
|