«Kafansiz ko'milganlar»
87
munalari Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarni
bunyod qilgan, buyukligi oldida zamonlar ta'zim qil-
gan Navoiy, Ulug'bek, Boburlarni yaratgan xalqni sa-
vodsiz, qashshoq gado desa to'g'rimi? Yo'q, bu to'g'ri
emas deb ayta olasizmi? Aytolmaysiz! Nega? Chet
el radiosini eshitdim deb birovga ochiq ayta olasiz-
mi? Bizda din erkinligi yo'q deb ayta olasizmi? Aytib
ko'ring-chi! Aytolmaysiz! Ammo, ichingizdan-chi, bu-
larning noto'g'ri ekanini sezasizmi? Sezasiz! Bitta siz
emas, boshqalar ham sezadimi? Sezadi! Bordi~yu, siz
ham, u ham, xullas, ko'pchilik shu noroziligini aytsa,
unda nima boladi? Oshkora norozilikka aylanmaydi-
mi? U mahalda nima boladi! Nima bo'lardi, norozilik
avj oladi. Oqibatdaxalqqo'zg'aladi. Bunday xavf-xatar-
ning oldini olish uchun nima qilish kerak? Birdan-bir
chora, ha, xalqni cho'chitish! Buning uchun siz bilan
bizni qamash. U yoq-bu yoqqa qaramay haqiqatni ay-
tadigan, tili o'tkirroq odamlardan qutulish. Shu bilan
odamlarga vahm solish», - degim kelardi.
Ammo tilim uchida turgan gapni yonib turgan
hamrohimga aytib bolarmidi? Balki bu mo'ysafidni
mendan sir olish uchun yonimga kiritgan bo'lsa-chi?
KGB qamog'ida bu ham ehtimoldan holi emas.
Tergovchining xo'roz urishtirishdan o'ylab topgan,
kishi aqliga sig'maydigan xulosasidan g'azablangan
chol boshini qay devorga urishini bilmay soldnar va
tergovchini haqoratlashdan o'zini tiyolmasdi.
Xalqimizning:
Ket, desang Qashqar ketoyin,
Yo'lda yolg'izlik yomon.
Yolg'izlikdan kim o'libdir,
Hammadan xo'rlik yomon,
- degan hikmatlarining ma'nisiga boshing devorga
tekkanda yetar ekansan.
I
Qamoq bu yolg'izlik, ayriliqning o'zigina bo'lsa,
diydor ko'rish umidi bilan chidaysan! Ammo bu yer-
dagi xo'rliklarga-chi? Xudoning o'zi rahm qilmasa,
bandasiga to'zim bermasa, chidab bo'lmasdi.
Bu mo'ysafid mahbusning qalbidagi tuhmat ala-
mi bosilguncha ham bo'lmay, xuddi sen qochib ke-
tayotgandek, qamoq eshigi birdaniga sharaq-shuruq
ochilib, ikki nazoratchi kirib keldi. Birimizga anovi
burchakda, ikkinchimizni manavi yerda turlaring
deb buyruq berib, ko'rpa-yostiq, idish-tovoq, tuvak-
larning ichi bormi, chekadigan maxorkadan tortib
yeydigan narsalaringgacha ag'dar-to'ntar, titi-piti qi-
lib shumon (tintuv) boshladi.
Bunday ahvol har hafta, har o'n-o'n besh kun-
da mahbuslar portlatuvchi biror narsa, qurol-ya-
rog' o*ylab topgani yo'qmikan, degan gumon bilan
takrorlanib turardi. Bir yildan ortiq qamoqda yotgan
men uchun bu tabiiy bo'lsa, yonimdagi yangi kelgan
hamrohim uchun kutilmagan hoi bo'ldi. Hatto tin-
tuvchilar ham menga tanish bo'lib qolgan. Bularning
ayrimlari hamma yoqni ag'dar-to'ntar qilmay rasmi-
yat uchun qo'l uchida u yoq-bu yoqni ko'rgan bo'lib
chiqib ketsa, ayrimlari o'zingni ham qip-yalang'och
yechintirib, biror xavfli narsani yashirib qo^gandek
orqa-o'nginggacha tekshirib ko'rardi.
Bu gal boshdan-oyoq, ich kiyimigacha yechdirib,
yalang'och qilib yangi odam bo'lgani uchunmi tek-
shirishni qo'shnimdan boshlamoqchi bo'ldi. Ammo u
bunga o'rganmagani uchun, men va boshqalarning
oldida hayo bilan ustki kiyimlarini yechdi-yu avratini
ko'rsatishga unamadi.
Nazoratchi esa qani, tezroq bo'l, deb do'q-devara
qilishini qo^masdi. Choi esa nima qidirasan, yashir-
gan narsani topmoqchi bo'lsang, ust-bosh kiyimimni
qara, yalang'ochlab nima, jinsimni tekshirmoqchimi-
san! Hez emasman, bola-chaqa ko'rgan odamman, -
|