Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

Yana bir voqea: 
17 - 18 yoshlik yigitlik vaqtim; o'zim qatori bir 
o'spirin yurib ketayotgan bir tramvayning oldingi va-
gonida o'tirgan bir ayolning ro'molini yulib olib ke-
yingi vagonga chiqib oldi. Buni ko'rdim-u chidolma-
dim. Muyulishda sekinlashgan tramvayning ketidan 
chopib chiqib, ro'mol o'g'risi - yigitning cho'ntagi-
dan ro'molni olib, kelasi bekatda o'zini tramvaydan 
sudrab tushirdim. Militsiyaga olib borib topshirdim. 
Bundan menga nima manfaat? Ro'molini oldirgan 
o'zbek ayolmidi? Yoki o'g'irlagan rus yo yahudiymi-
di? O'sha zamonda men bularning millatini ajratar-
midim? Yo'q! Ro'mol oldirgan ayol o'zbek, o'g'irlagan 
boshqa millat bo'lgani uchun jon kuydirganmidim? 
Millatchilik hissi bilan qilganmidim? 
Bundan menga bitta manfaat: ro'molni o'g'irlatib 
chirqirab qolgan ayolning quvonchini ko'rish, halol-


76 
Shukrullo 
lik va haqiqat uchun kurashib onam aytgan achchiq 
haqiqatning lazzatini totish edi. 
Nega endi o'zimga o'zim xiyonat qilib tergovchining 
tuhmatlarini haqiqat deb, o'zimni o'zim gunohkor qi-
lishim kerak! Nega umr bo'yi o'z qilmishim uchun 
vijdon azobi bilan yashashim kerak! Nega achchiq 
haqiqatning lazzatidan o'zimni bir umr mahrum qi-
lishim kerak! 
Birovlarning haqiga xiyonat qilmagan nega endi 
o'zimga, o'z vijdonimga xiyonat qilishim kerak. Odat-
da tuhmatchini haqgo'y bo'lishga, xoinni sadoqatga 
o'rgatishga da Vat etish uchun jazolanardi. Bular-chi, 
halol odamlarni nopoklikka, rostgo'ylarni tuhmat va 
yolg'onga o'rgatish uchun qamashganmi? 
Xuddi mening dardlarimni ifoda qilgandek xayo-
limdan beixtiyor Ilyos otaning nolasi o'ta boshladi: 
Xudoyo, oh vovaylo 
O'zimdan bo'lmadim ogoh! 
Karomat qilmasang Alloh, 
Oro yo'llarda qolg'onman. 
Bu tuhmat, bu adolatsizlik zanjiridan kim qutqa-
radi! Kim dodingga yetadi? 
Stalinmi? Yo'q! Kechagina uning yonida bolgan 
marshallar Tuxachevskiy, Blyuxer, o'nlab inqilob sar-
kardalari, qadrdon yozuvchi, olimlar bedarak bo'lib 
ketganda, axir Stalin, ular qayerga g'oyib bo'ldilar, 
deb so'radimi? Nahotki, Stalin bundan bexabar bo'l-
sa!.. Xayolimga shunday oyiar kelardi-da, o'zimdan 
o'zim cho'chib ketardim. Chunki, bu gaplarni aytib 
bo'larmidi! Aytish qayoqda! 
Yigit chog'im edi, shaydoyi chog'im, 
Yov hujum boshladi aziz Vatanga. 
Ko'zim qiyib tashlab sevgan yorimrd, 
Vatan mehri haqqi jo'nadim jangga. 


«Kafansiz ko'milganlarn _ 77 
Onam duo qilib qoldi ortimda: 
«0'zing asra deya bevaqt o'limdan!» 
Ona va yor mehri jo'shdi qalbimda, 
Otashlarga kirdim. 
O'lim yo'limdan 
Ming bor to'sib chiqdi. Bilmadim qo'rquv. 
Visol zavqi bilan kurashdim dadil. 
E'tiqod o'limni yenga oldi-yu 
G'olib bo'lib qaytdim qirq beshinchi yil. 
Onamning shodligin yo'q edi cheki, 
O'lsam ham yo'q, derdi endi armonim. 
Bu quvonchi uzoq bormadi lekin, 
Dahshat, qo'rquv bilan hovuchlab jonin, 
Ko'z yosh to'kib yana qoldi ortimda; 
«Quruq tuhmatingdan asra deb, Xudo». 
Meni qamadilar ne uchun, shunda 
Onam ham ko'plardek bilmasdi ammo! 
U ham bilmas edi. Men ham bilmasdim, 
Tinchlikda o'rtadi yana dod, firoq. 
Yov qo'liga tirik asir tushmasdim, 
O'z yurtimda asir qilindim biroq. 
Mening kimligimni, qalbimni bilgan 
Do'st u qo'shnilarim hayron hammasi. 

Download 1,31 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish