Nomus o'limdan kuchli
Bugun nima uchundir tergovchilarning menga qila-
yotgan munosabatlarini o'ylab o'tirib, mahallamizdagi
karvonlarning asov otlarni aravaga qo'shishga o'rgata-
yotgan vaqtlaridagi ur-surlari ko'z oldimdan o'taberdi:
aravaga qo'shilmagan otlarni ikki shotining orasiga
kiritib, qorinbog'ini tortish, ayniqsa, jilovlab uning us-
tiga minish oson bolmasdi. Ko'zini bog'lagan paytda
ham biqiniga arava shotisining tekkanini sezishi bi-
lanoq qoldan chiqib qochish uchun ikki orqa oyoqlari
bilan orqa-o'ngiga qaramay arava bormi, odam bormi,
pishqirib, tarsillatib tepa boshlardi. Bu ahvol bir-ikki
takrorlanganidan g'azabga kelgan karvon otni jilovi-
dan ushlab yuzi-ko'zi aralash qamchilab ketardi. Ot
sho'rlik bu shafqatsiz qamchin zarbidan sakrab o'zini
to'rt yoqqa urib, gir-gir aylanib pishqirardi-yu, ammo
jilovini uzib hech qayerga qocholmasdi. Bugun bo'l-
masa - erta, erta bolmasa - indin, oxiri qamchin zar-
bidan aravaga qo'shilishga ko'nikardi.
Qamoq sharoitida mening o'sha otdan nima farqim
bor!
Qamalganingni dastlabki paytlarida gunohingning
yo'qligini o'ylab, biror shubha bilan qamashgan bolsa,
«Kafansiz ko'milganlarn
_ 83
haqiqat qilishar, dunyoda adolat bor-ku, deb o'zingni
yupatasan. Ammo senga birdan-bir suyanchiq bolgan
bu ishonch ham asta-sekin yo'qolib, hatto o'zingning
begunohligingni isbotlash uchun arz-dod qilishdan
foyda chiqmasligiga iqror bo la boshlasang, undan
nima chora! Bitta chora shuki, bularning qolidan qu-
tulish qiyinligiga amin bola boshlagach, taqdiringga
tan berib, Xudoning rahmi kelib hukumatda bir o'zga-
rish bolar, degan umid bilan yashay boshlaysan.
Mana yana bahor keldi. Ikkinchi bahorni qamoqda
o'tkazmoqdaman. 15 oydan oshyapti. Yil bo^i yega-
ning suli bo'tqa, chekkaning maxorka. Bahor kelib
gilos, qulupnay, tut pishadi. Yoz kirishi bilan chil-
laki pishadi. Ketma-ket qovun, tarvuz yetiladi. Sen
bu ne'matlarning hammasidan mahrumsan! Xudo
yaratgan bu ne'matlarni totib ko'rishga ham sening
haqqing yo'q! Karam solingan sho'rva ichyapsan-ku,
shuni berishganiga ham shukr qil! Sen o'zingning
kimligingni bilasanmi? Sen dushmansan! Ertaga
seni qanday taqdir kutyapti, o'ylayapsanmi? Sen qil-
gan gunohlarni balki otuvga loyiq topishar. Shunday
bo'lishi ham hech gap emas. Bunday o^lar oldida
o'zingdan o'zing cho'chib tushasan.
Tergovim tugadi. Ishimni sudga oshirishgan. Ikki
oydan beri kamerada bitta o'zim. Atrofingdagi semon-
li to'rt devor, bo'sh qolgan temir karavotlar. Dardla-
shib, ko'ngil yozadigan odamlar ham hukm qilinib,
taqdir nasib qilgan joylardagi lagerlarga ketib bo'ldi.
Tergovchi chaqirmaydi. Tergov tugagach xotin bola-
chaqang bilan ko'rishishga ruxsat etamiz, deb bergan
va'dasiga ham amal qilgani yo'q. Radio eshitmaysan,
gazeta bermaydi. Yolg'iz dardkashim - xayol!
Qamash mavsumi tugab, qamaladiganlar qamalib
boldi shekilli, deb o^lagandim, yo'q, bugun ertalab ka-
meraning eshigi ochilib qotmadan kelgan, baland boyii,
soqol q o l g a n 70 yoshlar chamasidagi bir mo'ysafid ki-
84 Shukrullo
rib keldi. Qolidagi yuklarini yerga qo'yib, men bilan sa-
lomlashib, atrofni ko'zdan kechirdi-da, bilmadim, nima
ma'noda, nima uchundir, «Xudoga shukr» deb qo*ydi.
Nimaga shukr qiladi! Qamoqqa tushganigami? Yoki
yakkaxonada uzoq vaqt yotgan bolsa, endi men bilan
diydor ko'rishib, dardkash uchratganigami? Boshqa
nima sabab bolishi mumkin? Axir qaysi tan-joni sog'
odam qamoqqa tushganida Xudoga shukr, deydi.
Xayolimdan balki bu odam otishga hukm qilinib,
o'lim kamerasida yotgan bo'lsa, hukmi bekor bo'lib,
omon qolganiga shukr qildimikan, degan fikr ham
o'tdi.
Bularning shukronasining sababi keyinchalik
m a l u m bo'ldi. Men o^lagancha bo'lib chiqmadi.
Bu odamning tagi-taxti, turar joyi asli Xorazmdan
bo'lib, toshkentlik qarindoshlarinikiga kelayotganda
qo'lga olinib, shu sabab bu yerdagi qamoqxonaga ke-
lib qolgan edi. Qamoqqa yangi kelgani, tergovi endi
boshlangani uchun, gunohi nimadan iborat, nega
qamalganini ham hali o'zi aniq bilmasdi. Bilmasdi
emas, nega ushlab olib kelishganini tasawur qilol-
may, meni birov bilan adashtirib olib kelishgan bo'l-
sa kerak, bandaning boshida bundan ham yomon
kunlar bo'ladi, deb shukr qilayotgan ekan.
Ey, sodda sho'rlik! Birovga adashtirib qamagan
bolsalar ham bu yerga olib kelishdimi, tamom, biror
ayb topib muddat berishlarini, dushman qilishlarini
bu sodda odam xayoliga ham keltirolmasdi.
Albatta, men bir yildan ortiq qamoqda yotib,
so'roqlariga javob beraverib, nimadan nima chiqarib
ayblashlaridan xabardor bo'lib qolganim uchun, un-
dan nimalar haqida so'rashyapti, degan savolimga u:
- So'ragan gaplari kurakda turmaydi, maynavoz-
chilik. Meni tergov qilayotgan yigit, qo'chqor-u xo'roz
urishtirishga menga o'xshagan ishqivoz shekilli, nuqul
qo'chqor urishtirishni qachon, qayerda ko'rganim,
|