Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

Xotinimning hikoyasi 
Tergov tugatilganligi haqida xabar oldim. 
Sud boshlandi. 
Sud boshlanishi bilan odamlar orasida mish-mish-
lar ham boshlandi. Birov, endi hammasini chiqarib 


103 
yuboradi, hech qanday gunohlari yo'q desa, boshqa 
biri - bu yerga kelganlarning hech biri omon chiqqan 
emas, 25 yil, o'n yil bersa ham shukr deng, ba'zi-
larni oilasi bilan surgun qilarmish desa, hatto otish-
ga hukm qilmasa boldi, degan vahima gaplar ham 
eshitilardi. Ba'zi gaplardan bir nafasgina umid uyg'o-
nib yengil tortsang, ayrim vahimali mish-mishlarni 
eshitganda faryod, ko'z yosh boshlanardi. Bu gaplar-
ni eshitib, sud tugagunga qadar qamalganlarmas, bu 
yoqda qolganlarning na uyqusida, na yeb-ichishida 
halovat bo'ldi. Sud tugaguncha ming xil mish-mish 
vahimalar, ming xil gaplar. Kimlardir advokat solish 
zarurligini aytardi. 
Men deyarli har kuni ertalab soat naq lOda sud 
bo'layotgan yerga boraman. Kun ancha izg'irin edi. 
Sud zaliga, albatta, bizlarni kiritmasdi. Buni bilardik. 
Ammo umid bilan qamoqxona darvozasining tirqi-
shidan mo'ralab sizlarni sud zaliga olib kelayotgan 
mashina ovozini eshitish, hech bo'lmaganda sizlarni 
mashinadan tushayotganda oyoqlarini ko'rib, oyoq 
kiyimidan tanib qolish uchun harakat qilar edik. Biz-
larni esa qo'riqchilar u yerdan haydar, kuzatish ham 
mumkin emas, der edilar. 
Bu dahshatli dargohga har kelganda hamma yu-
ragini hovuchlab, ming xil vahima bilan kelardi. 
Chunki kimningdir otasi qamalgandan keyin uning 
o'g'lini ham qamashibdi. Eri qamalgandan ikki-uch 
oy o'tmasdan homilador xotinini eriga sheriklikda 
ayblab uni ham qamashibdi, degan gaplarni eshitar-
dik. Shuning uchun sudga ko'pincha qamalganlar-
ning keksa otalari, onalari kelishardi. O'sha kezlari 
tergovchilar qamalganlarning xotinlariga erlaridan 
ajralishni, aks holda ishdan chetlatilishini aytib, 
po'pisa qilar edilar. Bola-chaqani boqish, bir amallab 
tirikchilik uchun o'sha zamon taqozosi bilan vaqtin-
cha ajralganlar ham bolgan. 


104 
Shukrullo 
O'sha kunlari sizlarning jinoiy ishingizni sud raisi 
Muhiddinov ko'rar emish deb eshitdim. Uning xotini 
Vazifa esa men bilan bir maktabda ishlar, bordi-kel-
dimiz bor edi. Boshimga tashvish tushgan kunlarda 
ham munosabatini o'zgartirmadi. Qismatimga achi-
nib, dalda berib turdi. 
Shu yaqinligimizni nazarda tutib, men unga eri-
ning sudga raislik qilayotgani, advokat solmoqchi 
ekanimni aytganimda gap o'zaro qolsin, deb erining 
sud haqidagi fikrlarini aytib berdi. Erining gapiga qa-
raganda, hech qanday harakat va advokat solishning 
foydasi yo'q ekan. 
Uning yurakdan aytilgan bu gaplari bir jihatdan, 
erim sizlar uchun qo'lidan kelgan yordamni ayamay-
di, degan ma'noda bo'lsa, ikkinchi jihatdan, sud-
ning ham, advokatlarning ham qo'lidan hech narsa 
kelmas ekan, hamma ixtiyor KGBdagilarda, degan 
ma'noni ham anglatardi. U menga o'zini yaqin tutib 
hatto erining «Bizlar ham yuqorining buyrug'ini ba-
jarmay ilojimiz yo'q. Birdan-bir umid yaxshi zamon-
lar bo'lishidan, bitta Shukrullo emas, hammasi ozod 
bo'lishi kerak, gunohi yo'q ularning», degan so'zlarni 
ham aytib bergan edi. 
Nima chora! Qamalganlarning oilalari o'zaro dard-
lashishar va zamon hamisha shunday qolmasligi, 
qandaydir o'zgarish bo'lishiga umid bog'lardilar. 
Ammo bir oylik sud davomida noumid shayton, 
deb advokat Yo'ldosh Toshqorayev bilan uchrashdim. 
Oxiri advokat o'zining sudda hech qanday huquqi 
yo'qligini yashirmay aytdi. Shuning uchun insof yu-
zasidan xizmat haqi ham talab qilmadi. Sud nima 
bilan tugashi, ozod qilishi mumkinmi, juda bo'lma-
ganda necha yil beradi, gunohlari nima? Bu haqdagi 
savolimga ham hech qanday javob aytolmadi. Advo-
katdan bo'lgan umid butunlay uzildi. 



Download 1,31 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish