«Kafansiz ko'milganlar» 123
"
^^
bu gaplarni eshitgan odam cho'chimasdan to'g'ri, deb
aytolmasdi. Hatto men o'zim ham yigirma besh yilga
qamalgan odam bo'lishimga qaramay uning fikrlari-
ni darhol tasdiqlashga o'ylanib qolgan edim. Erkin-
likka chiqishga umidvor odam, bu gaplar qanchalik
haqiqat bo'lmasin, aytishga emas, eshitishga o'rga-
nib qolmasligi kerak, o'zini uzoqroq tutishi kerak deb
o*ylardim. To'g'ri gapni aytish ham xatarli zamon edi.
Ammo u odam o'ziga ishonch va haqligidan faxrla-
nib huzur qilgandek:
- Insofli, vijdoni bor odam bir-birini talaydimi? Biz-
ning hukumat esa talashni, birovlarni haqidan qo'rq-
maslikni savob deb o'rgatadi. Qarindosh qarindoshni
taladi, sinfiy dushman deb bola otaning ko'zini o*ydi.
Mana oqibat: hammani o'g'irlikka, Xudodan qo'rqmas-
likka, bandadan uyalmaslikka o'rgatib boldik. Odam-
lardan mehr-shafqat kotarildi. Mana bular - o'sha
siyosatning mevasi, - dedi o'z atrofidagi o'g'irlik qilib
qamalganlarni ko'rsatib. - Har qanday aqli bor inson
och-qashshoqlik, muhtojlikda emas, boy bo'lib, to'q
bolib yashasam, deydi. Bizning hukumat-chi, kam-
bag'allikni emas, boylarni yo'qotaman, dedi. Mana
endi niyatiga yetdi. Hamma kambag'al, hamma o'g'ri.
Mana shunday to'g'ri gapni aytgan siz bilan biz - xalq
dushmani. Vijdoningni yutib, haqiqatni gapirolmay er-
kin yurganingdan, och-yalang'och bolsang ham, ovo-
zingni boricha o'zing sevgan kuyni aytganing ma'qul.
Bu odamning shuncha yil qamoqda bo'lib, ruhan
tushkunlikka tushmay, bunchalik tetik yurishiga sa-
bab endi ayon bo'lgan edi.
Peresilniy punkt (bunday so'zlar o'zbekchada bo'l-
gan emas, chunki, bunday joylarning o'zi bizning
xalqimizga begona, shuning uchun aslicha yozdim)
shunday bir dargohki, bugun birga bo'lgan odaming
ertaga yo'q. Axir, o'zingning ham qayerda, qachon,
nima bo'lishingni bilmaysan!
*
124 Shukrullo
Bugun ham shunday bo'ldi. Qamoq nazoratchisi
hammamizni barakdan hovliga chiqishga, saf bo'lib
turishga buyurdi. Ismi shariflarimiz, jinoyat qonuni-
ning qaysi moddasi bilan ayblanganimizni aytib, yo'lga
chiqish uchun yuklarimizni olib chiqishni takidladi.
Sud tugab yigirma besh yil hukm qilinganimdan ke-
yin, uydagilardan ustimdagi kostyum-shim, oyoq-ki-
yimlarimni olib ketib, o'rniga ichki-ustki issiq kiyim-
lar, paxtalik shim, paxtalik chopon, ko'n etik, oddiy
bo'lsa. ham jun qalpoq olib kelishlarini so'ragan edim.
Bugun kun issiq bo'li shiga qaramay umrimda birin-
chi marta kerza etik kiyib, qopimni orqalab chiqdim.
Endi qayerga olib borishadi, bilmayman. Ammo nima
uchundir, o'sha kunlari andijonlik Yorqin akaning o'z
oilasi haqidagi aytganlari xayolimdan ketmay meni
azoblardi. Xotinimning umri o'xshamasin-u, ammo,
uning ham shu kunlarda boshdan kechirgan azoblari
Yorqin aka xotinining ko'rguliklaridan nimasi kam?
Hali tergov tugamasdan uni «xalq dushmanining
xotini», deb ishdan haydashdi. Xo'sh, endi nima qi-
lishim kerak?
Ikki bola, uning ustiga yana homilador. Urushdan
keyin hali uy-ro'zg'orni o'nglab olganimizcha ham
yo'q edi.
Men qamalgach, oradan ko'p o'tmay Andijondan-
mi, Qashqadaiyodanmi 34 so'm pulga qog'oz kelib,
ishonch qog'ozini tasdiqlash uchun xotinim Yozuv-
chilar soyuziga murojaat etadi. Ertalab borsa, soyuz
rahbarlari: «bir pas kutib turing», deyishgan. Och,
og'iroyoq, kechgacha poylagan. Unga «kutib tur» de-
gan soyuz rahbari ishonch qog'ozini tasdiqlab be-
rish o'rniga: «Nega bu yerda o'tiribsan, biz seni ham,
Shukrulloni ham tanimaymiz, ikkinchi bu yerga qa-
dam qoYman, degancha ketib qolgan. Bu kutilmagan
muomaladan keyin, soyuzning eshigidan chiqishi bi-
lan hushidan ketib qolgan. Uyga qanday kelgani, kim
olib kelib qoyganini ham eslolmaydi.
|