Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlarn _ 139 
nima bilan tugashini bilmay turib xazon qilsam, bu me-
ning insofimdanmi? Xat yozaymi? Ixtiyoriga qoyaymi? 
Shu yerda barakda o'g'rilar orasida o'zaro musht-
lashish, bir-birini bo'g'ish, o'ldirish boshlanib ketdi. 
Bizning og'zimizdagi og'zimizda, bo'g'zimizdagi 
bo'g'zimizda qoldi. 
Albatta, umrida birovning haqiga xiyonat qilma-
gan, xiyonat qilish emas, nohaqliklarni ko'rganda 
jim turolmagan vijdonli, halol odam uchun o'z ko'z 
oldida bo'layotgan bunday bosqinchilik, kuppa-kun-
duz kuni birovlarning mollarini talash, bo'g'ib oldi-
rishlarni ko'rishdan og'ir azob bo'larmidi! Aralashish 
emas, hoy, deb indab ko'r-chi, o'zing omon qolarmi-
kansan! Kim sening yoningga kiradi. Sening moling-
ni talamaganlariga shukr qilmaysanmi! Bordi-yu shu 
tobda sening hamma narsangni tortib olsalar, yoki 
bo'g'ib o'ldirmoqchi bo'lsalar, buning uchun kimni 
javobgar qiladi? Hech kimni! Dardingni kimga ay-
tasan? Shikoyat qilib ko'r-chi, yodingda tut, 25 yil-
ga hukm qilingan odamsan, o'g'rilarning o'zi bugun 
bo'lmasa, ertaga seni sotqinlikda ayblab bir-birlariga 
sen haqingda xabar berib muddatingda borgan jo-
yingda o'ldirib yuboradi. Qamoq qoidasi shu! O'lsang 
kim senga achinadi! Sen xalq dushmanisan, o'ttiz yil 
ozodlikdan mahrum etilgan, aslini surishtirganda, 
tirik o'lik kimsasan. O'z ajaling bilan o'lasanmi, yoki 
birov o'ldiradimi, buning farqi yo'q. Agarda o'z ku-
chingga ishonsang, bular bilan olishasan. Yengsang, 
ustun kelsang, omad seniki, yashaysan. 
Qamoqda bir-birining ustidan boshliqlarga shiko-
yat qilish sotqinlik hisoblanadi. Bundaylarni axir bir 
kunmas bir kun o'ldirib yuborishadi. 
Mening shu kungacha ko'rgan-kechirgan azob-
uqubatlarim hali holva ekan. Bu yerga kelganimning 
uchinchi kunlari, agar xato qilmasam, Yorqinjon aka 
ismli andijonlik ilm-ma'rifatdan xabardor, Cho'lpon, 


120 Shukrullo 
Abdulla Qodiriylarni yaxshi biladigan mulla odam bi-
lan tanishib qoldim. Bu odam 1937-yilda qamalib, 
o'n yillik muddatini bitirib, undan keyin bir necha 
yil Sibir surgunida yurib, bola-chaqasini ko'rgani 
kelganda yana qaytadan qamoqqa olinibdi. Uning o'z 
boshidan kechirganlari naqadar dahshatli, kishini 
vahimaga soladigan bo'lishiga qaramasdan, ikkinchi 
bir jihatdan menga dalda ham bo'ldi. 
«Hozirgi vaqtda 100 yilga hukm qilsa ham o'lma-
gan odam umr bersa eson-omon qutulib chiqishi 
mumkin, o'lmay yashash mumkin. Bizlar qamoqda 
ekanimizda urush davri, ocharchilik edi. Erkinlikda 
yashayotganlar non topolmayotgan bir mahalda, biz, 
o'lim kishilarining g'amini hukumat o'ylarmidi. To-
pilsa, kalamush bo'lsa ham yeyilardi. 
Bizlar o'rmonda daraxt kesardik. Ochlikdan hoi-
dan toyganlar, sillasi qurib, dam olish vaqtida o'r-
nidan turishga madadi yetmay, o'tirgan joyida o'lib 
qolaberar edi. Bir kuni necha odam bir chekkada bir-
dan uymalashib qoldi. Bilsam, qandaydir hayvonning 
chala yiqilib qor tagida qolib ketgan bo'lagi topilgan 
ekan. Hatto, yashash uchun bir-biridan qizg'anib, 
shuni xom yeganlar ham bo'ldi. Axir 1920-yillarda 
Volga boyida odamlar o'z bolasini ham yegan-ku. 
Lenin ham buni iqror qilib yozgan-ku». 
Bu odamning boshdan kechirganlari bir-biridan 
dahshatli edi. Bu yerda ko'rayotganlaring hali hech 
gap emas, bardam bo'l deyayotgandek tuyilardi. 
Bu odam qamoqda o'z uyidek mag'rur, go'yo tabiiy 
bir hoi degandek yurardi. Bu odamning xatti-hara-
kat, gap-so'zida hatto shuncha yil ozodlikdan mah-
rum bo'lib qamoqda umr o'tkazishidan na o'kinch, 
na biror hasrat yo'qligi, hatto so'zlarining dadil va 
quvnoqligi meni hayratga solgandi. Unda na qayg'u-
rish, na atrofdagilardan qo'rqish va na xavotirlanish 
alomati bor edi. U hatto o'limni xayoliga keltirish 



Download 1,31 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish