Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlarn 
_ 121 
emas, undan nazarimda, qo'rqmasdi ham. Nazar sol-
sam uning atrofdagilardan ehtiyot qiladigan ortiqcha 
kiyim-kechagi ham, yeb-ichadigan narsasi ham yo'q 
edi. Axir, uydan kelayotgan odam, ne sababki quraq-
dan-quruq bunday ahvolda ekanligi meni oyiatgan 
bo'lsa, keyinchalik o'zining aytishidan ayon bo'ldi: 
- Men qamalgan kezda xotinim fabrikada mudir 
bo'lib ishlardi. Firqa a'zosi edi. Men qamalgandan 
keyin xalq dushmanining xotini firqa safida turishi, 
rahbarlik lavozimida ishlashi mumkin emas, shuning 
uchun eringdan ajralishing lozim degan shart qoyish-
gan. Xotinim bunga ko'nmaganu ishdan bo'shashga 
rozi bo'lgan. Ikki bolani bir amallab boqqan. Ammo 
urush boshlanib, tirikchilik og'irlashgandan keyin, bir 
o'glim bilan qizimni bolalar uyiga berganidan xabar 
topdim. Shuni eshitdim-u vaqtincha bo'lsa ham ajra-
lish haqida xat yozdim. Xatimni olganmi, olmaganmi, 
og'ir kasal bo'lib olamdan o'tgani daragini eshitdim. 
Men surgun muddatini tugatib, o'z yurtimga bo-
rish huquqiga ega bo'lganimdan keyin, xotinimning 
qabrini ziyorat qilish, bolalarimning diydorini bir 
ko'rish uchun borgan edim. Ming afsus, - dedi-yu, 
shu fursat so'zi halqumiga tiqilib, bir dam nimanidir 
oVlagandek ko'zlarini yumib, - Andijonga borishga 
bordim-u qotgan yaramni yangiladim. Faqat xotinim 
bechoraning qabrini ko'rish nasib bo'ldi. Bolalarim-
ni topolmadim. Xalq dushmanining farzandlari deb 
qaysi detdomga jo'natib yuborganlar, izlab topgu-
nimcha ham bo'lmay, qaytadan qamashdi. 
Uning bu gaplarini eshitarkanman, beixtiyor ko'z-
larimga yosh kelardi. Ammo taajjubki, bu odam esa 
yuraklarni larzaga soladigan bu gaplarni aslo ha-
yajon va afsusga berilmasdan, oddiy voqeadek so'z-
lardi. U odamning fe'lidagi bunday o'zgarish, sovet 
davlatining siyosatiga butunlay ishonchini yu'qotib, 


122,. _ Shukrullo 
kishilar boshidagi bu fojialar tabiiy bir hoi deb qara-
shidan paydo bo'lgan ekan. 
Bu odamning o'z falsafasi bor edi, garchand uning 
xulosasi mantiqan to'g'ri bo'lib, ichingda tan olsang 
ham, ammo hozirgi qama-qama davrida uncha-mun-
cha odam eshitishga ham cho'chirdi. 
Bizlar turgan barakdagi sodir bo'layotgan turli 
jinoyatu, ur yiqitlar, o'zaro mushtlashish, bir-biri-
ni rahm qilmay o'ldirishlar, odamlarning bu daraja 
buzulishiga kelib qolganliklariga uning o'z qarashi, 
o'zicha falsafasi bor edi. U qo'rqmasdan, bu ahvolga 
Oktyabr inqilobi, undan keyingi no to'g'ri siyosat sa-
bab deb ochiqdan-ochiq gapirardi. Masala siyosatga 
taqalganda, undagi shu vaqtgacha hukm surgan be-
parvolik birdan tarqalib, ko'zlarida qandaydir chaq-
nash, so'zlarida keskinlik va g'azab paydo bo'la bosh-
ladi. U atrofdagi odamlarga ishora qilib: 
- Sen bilan men siyosiy mahbuslarmiz, bular-chi? 
Bularning o'g'rilik qilib, odam o'ldirib, kishilarning 
haqlariga xiyonat qilib, yosh-yosh qizlarni zo'rlab ji-
noyatga qo'l urishlariga nima sabab? Bizlar sinfsiz ja-
miyat quramiz, dedik. Yaxshi! Sinflarni tugatmoqchi 
boldik. Qaysi sinflarni? Qandoq qilib? Hammamiz 
bir mamlakatda yashasak, bitta xalq bo'lsak, kimga 
qarshi kurashamiz? Kambag'allar boylar sinfiga! Bu 
degan so'z kambag'alroq odam boyroq o'z qarindo-
shiga, o'z qo'shnisiga, o'z hamqishlog'i, mahalladagi 
odamlarga qarshi kurashishi kerakmi? O'zi bilan bir-
ga yashab kelgan odamlarni ayamasdan sinf sifatida 
yo'qotishi kerakmi? Qanday yo'qotadi? Quloq qiladi-
mi? O'z yurtidan bola-chaqasi bilan badarg'a qilib, 
ularning mol-u mulkini tortib olib o'zi ega boladimi? 
Sinflarni tugatish shumi? Bu sinfsiz jamiyat emas, 
bosmachilar jamiyati emasmi? 
U menga, vijdonli shoir bo'lsang, qani, ayt-chi, 
yoki gapim noto'g'rimi, degandek jiddiy qarash qildi. 
Garchand uning gaplari mantiqan to'g'ri bo'lsa ham, 



Download 1,31 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish