Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

Shukrullo 
bo'ldi. Hatto otamni bir oz tinchlantirishga harakat qil-
di. Ammo ikkinchisi otam u yoqda tursin, bizlar bilan 
ham qo'pol, dag'dag'a bilan munosabatda bo'ldi. Tashqi 
ko'rinishidan ham maxsus tayyorlangan, tajribali jal-
lodlardan qolishmasdi. Bizning biror-bir harakatimiz 
uning e'tiboridan holi qolmas, o'z o'ljasiga tashlanishga 
tayyor turgan yirtqich hayvonni eslatardi. 
Onam yana ko'z yoshi bilan, besh kunlik diydor 
ko'rishish ham nasib etmaganidan oh urib, otam 
uchun bir sidirg'a lozim bo'lgan sochiq, ko^lak va 
boshqa zarur, arzimas narsalarni yig'ib bermoqchi 
bo'lganda, u onamning qo'lidagi narsalarni shu qa-
dar qo'pollik bilan tortib olar, olazarak ko'zlari sin-
chiklab tekshirib, keyin qaytarib berar edi. 
Otamni olib ketayotganlarida «Otangiz haqida 
malumotni Davlat xavfsizligi komitetidan olishingiz 
mumkin», deyishdi. 1950-yili Maxsus kengashning 
Qaroriga binoan muddati ko'rsatilmagan holda otam 
Krasnoyarsk o'lkasiga badarg'a qilingan ekan. 
1949-yili otamni yana qaytadan qamoqqa olishlari-
ga asosiy sabab 1937-yilda qoVilgan aybnoma bolgan. 
Dastlab tergovda, keyinchalik sudda «Muntazam aksi-
linqilobchilik, millatchilik va trotskizm tashviqotchisi» 
degan aybni rasmiylashtirib qaror qabul qilingan. Bu 
hukm qabr toshidek sovuq, tegirmon toshidek og'ir, 
mavhum satrlar edi. Mana o'sha aybnoma: 
1. Tintuv paytida o'zbek shoirlaridan biri Cho'lpon-
ning man qilingan she'rlar to'plami topilganligi; 
2. Otam o'rta maktabda o'qib yurganlarida o'zbek 
tili va adabiyoti o'qituvchilari Munawar Qori va Sho-
rasul Zunnunovlarning talabalari bo'lganligi uchun; 
3. Tergov buvamni ruhoniy deb topganligi uchun; 
4. Trotskizmda ayblashlarining birdan-bir saba-
bi, tintuv paytida uyimizdan 1926 - 27-yillari bosilib 
chiqqan «Rabochekrestyanskiy kalendar» jurnali to-


«Kafansiz ko'milganlarn 
_ 115 
pilgan. Bu jurnalda partiya va davlat rahbarlari bilan 
bir qatorda Trotskiyning ham portreti bo'lgan. 
Adolatsizlikni qarangki, til va dabiyot o'qituv-
chisining uyidan topilgan qator adabiyotlar orasida 
Cho'lponning sovet nashriyotida chop etilgan, sovet 
magazinidan sotib olingan she'rlar to'plami millat-
chilikda, aksilinqilobchilikda ayblashga asos bolsa? 
Hech kimga sir emas, o'sha davrdagi keksa yosh-
dagilarning hammasi dinga ishongan va namoz o'qi-
gan. Shunday ekan, ularning barchasini millatchi-
likda ayblab qamash lozimmidi? Yo'q! Qamoq, jazo, 
o'lim hukmi savodli, aqlli, dono, ziyolilarnigina terib, 
ularni jismonan yo'q qilib yuborishga qaratilgan yoki 
bolmasa ruhan majruh qilish uchun edi. 
1953-yili xalqlarning «otasi», «buyuk dohiy» Sta-
lin o'limidan bir yil o'tar-o'tmas, 1954-yili iyun oyi-
da otamni surgundan quyidagi mazmundagi spravka 
bilan ozod qiladilar: «Kalanov Sh. 1937-yili 17-iyul 
O'zbekiston Oliy Sudining hukmi bilan O'zSSR Jino-
yat kodeksining 66 st. 1-bandiga asosan qamoqqa 
olingan va besh yil huquqdan mahrum qilingan, ke-
yin Krasnoyarsk o'lkasida surgunda bo'lgan, u MVD 
va SSSR Prokurori ko'rsatmasiga asosan 1954-yil 
24-aprel surgundan ozod qilingan, 1954-yil 9-iyul 
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1953-yil 27-mart 
qaroriga binoan sud qarori bekor qilingam. 
Mana insof, mana adolat! O'n sakkiz yil nohaq 
qamalib, bola-chaqa, uy-joy, erkinlikdan mahrum 
bo'lib, sog'liqdan ayrilib, umrning eng aziz damlari 
azob-uqubatda o'tib bo'lgandan keyin, sening guno-
hing yo'q ekan, deyilsa, bu qonunsizlik, bu adolatsiz-
likka qanday chidash mumkin! 
Jiyanim Badriddinning otasi haqidagi xotiralari-
ni eslab bularning menga qoyilgan ayblardan nima 
farqi bor deb oyiardim. Pochchamning o'z boshidan 


« 
116 Shukrullo 
kechirgan dahshatli hayoti, oilasining xarob va baxt-
sizligi, inson bo'lib tug'ilib, biror kun bu dunyoda ro-
hat ko'rmay fojiali o'limi nahotki mening boshimda 
ham takrorlansa, deb o'ylardim. 
Bunday o'ylab ko'rsam, bunday baxtsizlik, falo-
katlar bitta mening boshimda ekanmi? Mamlakatda 
bu falokatni boshidan kechirmagan biror oila bor-
mikan? Axir men o'zim bilgan tanish-bilishlardan 
tashqari qamalgan qarindosh-uruglar oz-muncha-
mi? Pochcham va xolamning o'g'li Ubaydulloxonning 
umrlari qamoqda o'tdi. Men o'zim qamaldim. Xotinim 
olti yoshdan darbadar. Otasi, amakilari qamoqda va-
fot etib ketdilar! O'-ho', voy-voy!.. Eslayman desa!.. 
Bir necha kundan beri mana shundy dahshat-
li o^lar bosimida inson qiyofasini yo'qotgan, yillab 
umrini qamoqda o'tkazishga odatlangan, nafsi oldi-
da har qanday jinoyatdan qaytmaydigan makkor va 
shafqatsiz kallakesar, o'g'rilar orasida lagerlarga yu-
borishlarini kutib yotibman. Dardlashadigan biror 
odaming yo'q. O'rningdan qimirlading, yoki hojatga 
chiqqudek bo'lsang, qaytib kelguningcha albatta nar-
salaringdan ajraysan. Kim oldi, deb so'rab ko'r-chi? 
Kimga arz qilasan? Nazoratchilargami? Ularning o'z-
lari ham bu yerga cho'chib kiradi. Molimni oldi deb 
shikoyat qilganlarni bo'g'ib o'ldirsalar ham hech kim 
javobgar qilolmaydi. 
Yuzlab odamdan qay birini aybdor qiladi. Birdan 
bir dardkashim siyosiy ayb bilan qamalgan 20 yoshlar 
chamasidagi yigitcha bo'lib qoldi. Bu bechora qish-
loqi yigitning gunohi, xalq dushmani bo'lib qamalis-
higa sabab o'rta maktabda shanbalik qilingan kuni 
Stalinning byustini bir joydan ikkinchi joyga qo'ya-
man deb ko'tarib ko'rsa, nihoyatda yengil unnab, 
juda yengil ekan, kallasining ichi bo'sh ekan, degan 
bir og'iz to'g'ri gapni aytgani bo'libdi. Keyinchalik bir 
sabab bilan oralari buzilib qolgan maktabdoshlari-



Download 1,31 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish