«Kafansiz ko'milganlar» 105
"
^^
Mana advokatning ahvoli-yu, mana adolatli sud-
larga ishonch!
Mana inson taqdirining ^immati!.. Mana inson
unarming bahosi! Uni o^laydigan kim?!
Qamoqqa tushgan mahbuslargina bu adolatsiz-
lik, bu qonunsizliklarni o'z ko'zi bilan ko'rib, guvo-
hi bo'lib, kim qanday niyatda qilayotganini, buning
uchun oh-voh qilishning foydasi yo'qligi, haqiqatan
ham biror mo'jiza ro'y bermasa bu azob-uqubatdan
qutulish mumkin emasligini bilardi. Bu mo'jiza nima-
dan iborat, hamma oshkora aytolmasa ham, ammo
ayrim yurak yutganlari, ayniqsa, awaliga otishga
hukm qilinib, keyinchalik, maxsus kengashning qa-
rori bilan jazo muddati o'n yilga almashingan Muhid-
bek Komilovga o'xshaganlar qo'rqmay gapiraverardi:
- Boshimizga tushgan bu adolatsiz ishlarni faqat
KGB tergovchilarining o'zlari qilayotgan deydigan
bo'lsak, xo'sh, prokurorlar bilmaydimi? Prokurorlar
bilmasa, sudlar-chi? Axir qamalganlar bitta bizlar
emas, yuzlab, minglab, millionlab-ku! Necha yildan
beri bu ahvol davom etib keladi, hukumat tepasida
o'tirganlar, yoki Stalinning o'zi bilmaydimi, unga bu
ahvol yetmaganmikan? Hamma narsani bilgan Sta-
lin, Xudo darajasiga ko'tarib qoyganmiz, haqiqatan
ham Xudo bo'lsa, adolatli bo'lsa, buni bilmaydimi?
Bilmasa, «Xudoligi» qayoqqa bordi! Shunday bo'l-
gach, kimdan umid kutasan? Bir o'zgarish bo'lmasa,
bu changaldan qutulishni o'ylama!
Bu o'zgarish qanday o'zgarish. Bu mo'jiza nimadan
iborat, bu haqda gapirganda nimani nazarda tutilar-
di, urush bo'lishinimi, rahbarlarning o'zgarishinimi,
Stalinning o'liminimi?.. Garchand aniq aytmasalar
ham, qisqa qilib, bir o'zgarish bo'lishi kerak, bunday
qolishi mumkin emas, derdilar. Hammaning umidi
kelajakdan edi.
Bugun sud muhokamasi tamom bo'lib, qo'g'irchoq
sud hay'ati hukmga kirib ketishi elon qilindi. Hamma-
106
Shukrullo
miz «Qora qarg'a» mashinasida yana kameralarga qay-
tib kirdik. Sud hukmini qachon, nima deb elon qiladi?
Bir yil, bir yarim yillik tergov qiynoqlari, umid kut-
ganimiz adolatli suddagi adolatsizlik, insofsizliklar, in-
son qadri-qimmatini hech ko'rilmagan, aqlga sig'may-
digan darajada oyoq osti qilinishidan keyin, bu yerdan
qutulib ketishni oyiash emas, olimingga rozi bo'lib,
otib tashlasalar ham, otib tashlayversin, deydigan,
hech narsadan qo'rqish bilmaydigan bir holat paydo
bo'lgan edi. Suddan umidimni butunlay uzgan edim.
Axir, sen kimnidir do'st bilib, uni quchoqlab
bag'ringga bosmoq bo'lsang-u, u esa mehringga mehr
bilan javob qaytarish o'rniga ko'kragingga musht tu-
shirib, seni haqorat qila ketsa, bundan alamli nima
ham bo'lishi mumkin!
Yoki kimdir sening birdan-bir sevikli odaming,
joningni ham qurbon qilishga tayyor bo'lganing -
onangni xo'rlading, haqorat qilding deb, tuhmat qilib
tursa, bu malomatdan faryod solib, yoqangni yirtib,
olimingga ham rozi bo'lib ketmaysanmi?
Kecha Vatan urushida qon kechib, jonini ham aya-
may yov bilan jang qilib, salomat qaytgan jangchilar-
ni, bugun sen vatan xoini deb, yo'q ayblarni boyniga
qoyib sud qilib tursa, bu alamga chidab bo'ladimi?
Bugun sud qilinib hukmini kutayotgan iste'dod-
li shoir, romannavis Shuhratning aybi Vatan uchun
jang qilib o'lmay qaytgani, sadoqat haqida «Shinelli
yillar» romanini qoni bilan yozganimi?
Yoki mening gunohim hayotdan olgan bir daqiqa-
lik shodlik, zavqimni ifodalamoqchi bo'lib aytilgan:
Muncha hurl..
Par kabi yengil kapalak,
Guldan-gulga ko'char, uchardi tinmay...
Uzoq qo'nib qoldi. Xayolimni ham
G'uncha yaprog'iga ko'mdi sezdirmay.
«Kafansiz ko'milganlarn
_ 107
Tirpindi, seskandi, xayol ham uchdi
Bo'salarga qonib, yelpitgach qanot.
Boqdim tevarakka, shunda o'zimni
His etdim kapalak kabi yengil, shod.
- deb yozgan she'rimmi? Bu she'rda sovet davlati-
ga, uning siyosatiga qarshi aytilgan qanday xato bor?
Bundan jinoyat izlash, shoir mehriga, uning mehna-
tiga tupurish emasmi? Haqorat emasmi!
Bu she'rning birdan-bir xatosi g'oyasizligi emish!
Bu adolatli sudning menga qo"ygan aybnomalaridan
biri edi. G'oyasizligi shunda emishki, bunda sovet
kishisining mehnati o'z aksini topmagan emish. Si-
yosiy gap yo'q emish.
Axir, kishining ruhiyatini ifoda qilish, hayotga,
go'zallikka muhabbat uyg'otish, hayotdan zavqlana
bilish, vatanning har bir zarrasidan quvona olish,
kishilar qalbida razolat, xudbinlik emas, yaxshilik
hislarini uyg'otish - bu mehnat emasmi? Shuni fahm
qilmagan, farqiga bormagan, borsa ham, bilaturib
gunohkor qilib turgan sud, sud hay'atidan qanday
insofli, adolatli hukm kutasan!
Demak, ko'ngildagi gapni aytish xato bolsa, shoir
nimani yozishi kerak? Bu ijodkorni o'z erkidan mah-
rum qilish emasmi? Nima qilish kerak? Och bo'lsang
ham to'qman, nohaqlikni haq deb yozish kerakmi?
Buning nimasi ijod. Bu ijodkor uchun huzur emas,
azob-ku! Ijodkorni ijoddan mahrum qilishdan boshqa
narsa emas. Ko'zim bilan ko'rib turgan nohaqliklar,
adolatsizliklarni yozish imkoni bo'lmasa ham, Xudo
yaratgan tabiat go'zalligi, uning parranda-yu darran-
dalariga bag'ishlangan zavqni ham kuylab xumordan
chiqolmasam, bunday shoirlikning kimga keragi bor
demaysanmi? Demak, sen o'zing sevgan, o'zing zavq
olgan, o'zing haqiqat deb bilgan narsangni emas,
kimlarningdir ko'ngil xushligini kuylashing kerak.
108
Shukrullo
Hayotga o'z ko'zing bilan emas, kimlarningdir ko'zi
bilan qarashing kerak. Shunda asarlaring g'oyaviy,
xalqchil deb maqtaladi. Mukofotlar ham, amal-mar-
taba ham seniki, prezidiumlarda o'tirasan, chet el-
larga ishonib yuborishadi. Aks holda boshing tanqid-
dan chiqmaydi, yozganlaring bosilmaydi, o'zing ta'qib
ostida yashaysan.
Sen buni xalqni aldash, kitobxon didini buzish,
pastkashlikka o'rgatish deb dod solmoqchi bolsang,
xato qilasan, seni sotsialistik realizmga qarshi chiqish-
da ayblashadi. Sudning menga qoVgan ayblaridan biri
shu bo'ldi! Mana sudning ahvoli! Mana sudlarning sa-
viyasi! Bulardan qanday adolatli hukm kutasan! Men
taqdirga tan berib, bu to'g'rida oyiamay qoVgandim.
Meni birdan-bir o'ylatadigan, azoblaydigan narsa
u ham bo'lsa, oilam, tirik yetim qolgan uch farzan-
dim va sevikli xotinimning bundan buyoq kechadi-
gan hayoti, sevgimizning taqdiri, oilaviy kelajagimiz,
sevgimdan ayrilish edi. Faqat ayriliq emas, sevgimiz-
ga qanchalik ishonmay, rashk alami o'rtardi.
Shaytoniy xayollar!..
1942-yil, ocharchilik zamonida uylandim. Ota-
onam keksa, yolg'iz o'g'il bo'lganim uchun ertamas-in-
din askarga olib ketsa, to"yini ko'rib qolaylik, bu ora-
da farzand ko'rsa, kelgunicha o'rniga o'rin, ermak
bo'lar degan orzu bilan uylantirishgandi. Oradan ko'p
o'tmay otam vafot etdi. Uylangan kunimdan e'tiboran
to^ning qarzidan qutulish tashvishi, muhtojlik bosh-
landi. Xotinim sho'rlikka nima rohat ko'rsatdim? Uyi-
mizdagi ozmi-ko'pmi orttirganimiz, otamning qo'lidagi
bor narsa to'yga sarflanib bolgan edi. Otamdan qol-
gan sigirni sotib, uning yilligini o'tkazdik.
Urushgacha bo'lgan butun bisot-bag'al qorin
to'yg'azishga sarflanib ado bo'ldi. To'yib non yemay-
digan, to'latib qozon qaynatilmaydigan zamon keldi.
Biror odam kelsa, oldiga non qo^ib, qozon qaynatish
«Kafansiz ko'milganlar» 109
imkoni yo'q bolgani uchun uyda o'tirmay, ertalab-
dan chiqib, hatto xayolimga kelgan she'rlarni kutub-
xonalarga borib qog'ozga tushirardim.
Xotinim o'qituvchi bo'lib, biror sabab bilan o'qish-
ga kelmay qolgan o'quvchilarning bo'g'irsoqdek pon-
chigini olib kelgan kunlari uyimizda quvonch bo'lardi.
Chunki boshqalarnikida bu ham bo'lmasdi. Urush-
dan keyin ham qarz bilan yashadik.
Sud hukmini aytguncha qamoqning yolg'iz xo-
nasida o'tirib oilaviy hayotimni, xotinimning oilaga
mehri, jafokashliklarini, uning siymosini xayolimdan
o'tkazar ekanman, uning bironta orzusiga yetkazol-
maganimning armoni meni qiynardi.
Men o'ttiz, xotinim esa yigirma olti yoshda! Navqi-
ron umr! Ocharchilikda, quvg'inlarda, xo'rlik va meh-
natda xazon bo'lgan yoshlik. Endi yana necha yil
ayriliq, ne-ne ko'rgiliklar bor! Ey Parvardigor! Xoti-
nimning bardoshi yetarmikan? - deb o'ylardim!
Mana bugun «adolatli» sudning hukmi o'qib eshit-
tirildi.
Mana 25 yil qamoq jazosi, besh yil surgun qilini-
shim, besh yil saylash, saylanish huquqidan mah-
rum etilishim haqida hukm chiqarildi.
|