Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlar» _ _ 125 
Men qamalishimdan oldin yirik doston yozishga 
kirishib, ijodiy ta'tilga chiqib, shu munosabat bilan 
asar bitguncha adabiyot fondidan o'sha vaqtning puli 
bilan ming so'm olgan edim. Men qamalgandan keyin 
ko'p o'tmay Yozuvchilar soyuzi pulni undirish uchun 
xotinimni sudga beradi. Pulni olgan qamoqda! Nima 
qilish kerak? Agar uni tezda to'lamasa hovli-joyni 
musodara qilishlarini bildirishgan. Shundan so'ng 
uydagi bor narsani - gilam, qo'lidagi bilakuzuk, har 
balolarni arzon-garovga sotishga tushgan. Ham ay-
riliq, ham yetishmovchilik, ham eng yaqin odamlar 
keltirgan xo'rlik - ayniqsa bunisiga chidash qiyin edi. 
Qizim Umida tug'ilishi munosabati bilan uchra-
shishga ruxsat etishlarini so'ramoqchi bo'lib xotinim 
tergovchiga telefon qiladi. Tergovchi: «Bu telefon no-
merini qayerdan olding? Senga kim berdi?» - deya 
do'q urib, dag'dag'a bilan uni haqoratlay boshladi. 
Bunday muomaladan qo'rqib, dag'-dag' titrab, yuragi 
yomon bo'lib, bolani yerga tashlab yuboradi. Yoni-
da turgan Mirzakalon Ismoiliyning xotini qo'lidan tu-
shayotgan go'dakni ilib olgancha, o'zini yerga o'tqa-
zib, tinchlantiradi. Sevikli xotinimning tortayotgan 
xo'rlig-u azoblarini xayolimdan bir-bir o'tkazarkan-
man, gunohkor bolib qamalgan men bo'lsam-u, u 
bechoralarda nima ayb! Mushtipar, mushfiq bu ayol 
bechoralarga shunchalik zulm! Bu sho'rliklarning 
gunohi nima! Otasiz uch farzandni boqish, ayriliq 
azobini tortishning o'zi yetmasmidi! - deb o y lay man. 
Toshturmaga olib kelishganiga ham mana bir ne-
cha hafta bo'ldi. Sevikli farzandlarim, xotinim, qarin-
dosh-urug'larim bilan so'nggi marta diydor ko'rishib, 
xayrlashish haqidagi iltimosimga ham hamon javob 
yo'q. Ammo odam o'ldirgan, o'g'ri, ayrim savdogarlar 
esa uydan kelgan nozu ne'matlarni yeb, hatto qamoq-
da ekanliklarini ham unutib, qarta, qimor o'ynash, 
aysh-ishrat bilan ovora. Aslini surishtirganda bular-


126 Shukrullo 
^gm* 
ning nima g'ami bor! Chunki, o'g'ri o'g'rilik, firibgar 
firibgarlik qilganda bir kunmas bir kun qo'lga tushib 
qolishiga ishonmasa ham, albatta, ko'nglidan o'tkaz-
gani tabiiy. Bundan tashqari o'g'irlargina emas, hatto 
odam o'ldirganlar ham bizchalik rahmsizlik bilan 25 
yil ozodlikdan mahrum qilinganmas! Ularning mud-
datlari ham oz, qamoq sharoiti ham boshqa. Bola-
chaqalari ham o'z uy-joyida, hech kim ulardan xalq 
dushmanining oilasidan jirkanib qochganday qoch-
maydi, xo'rlamaydi. Faqatgina ilm ahli, ziyoli zotigina 
o'g'ri, kissavurlardan ham xor, tuban sanaladi. 
Ayshini nodon surib, kulfatini dono tortadi! - de-
gan zamon shu emasmi! 
Endi sen shoir yoki olim emas - keruxasan. O'zing-
dan yosh cho'ntak kesar chekishdan ol, keruxa (bu 
qamoq shevasida sherik degani) deb yoningga kela 
boshlaydi. Bu yerda shoir, olimliging uch pul, keruxa 
- sherik desa nimasi yomon? Yomonligi shundaki, 
so'ragan narsasini yaxshilikcha bersang berding, 
bermay ko'r-chi, ilojing yo'q, narsang borligini biladi-
mi, bo'ldi, bo'g'ib bo'lsa ham oladi. 
«Zamona zo'rniki, tomosha ko'rniki», - deganlari 
ham shu yerda. 
Qamoq muhitini bilmagan, shoir yoki olimlik g'u-
ruri hali vujudingdan arimagan dastlabki kunlarda 
bunday munosabatlar sening xo'rligingni keltiradi, 
g'azablantiradi. Ammo bu yerda bir oz qahringdan 
tushirib, taskin beradigan, og'izdan og'izga o'tib yura-
digan «parasha», xolos (bu uzunquloq, to'qima gaplar 
degani). Mahbuslar o'zlarini ovutish uchun bir-birla-
ridan, xo'sh, bugun qanday parashalar bor, yangisini 
eshitdingmi, bilishimcha, 25 yil qamoq muddati yo'q 
qilinib, o'rniga otish yoki uzog'i besh yil qamoq bo'lar-
mish, desa ba'zilar bunga e'tiroz bildirib, bu bekor 
gap, men boshqacha eshitdim, yaqinda, umuman si-
yosiy mahbuslar hammasi ozod qilinarmish, degan 
gapga ishontirishga urinardi. 



Download 1,31 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish