«Kcifansiz ko'milganlar» 143
- — - —
choriq, uvada kiyimlarini bizlarga qoldirib bolishgan-
di. Bu odamlarning dahshatli jihati yana shunda edi-
ki, bular faqat seni narsangni talab qilmasdan, o'zaro
talashib, bir-birlarini oldirishga ham tayyor maxluq-
lardan farq qilmasdilar. Mana necha kunki, ular ke-
maning uzun-uzun mixlarini sug'urib, tuni boyi sopol
tovoqlarga charxlab, nayzadek qilib qo'shni kayutada
ketayotgan boshqa toifadagi o'g'rilarga hujum qilish
uchun kema devorini teshib o'tmoqchi boladilar.
Bularda bizlardek na bola-chaqa tashvishi, na or-
zu-havas, na nohaq qamaldim, degan afsusu armon
bor edi. Yana jinoyat qilsam, qamoqda umrim ota-
di-ku, degan fikr ham yo'q edi.
Nega shunday?! Qayerdan paydo bolgan bu odam-
lar? Bular kimlar? Bularni shu ko^ga solgan, bun-
chalik vahshiyliklar sababi nimada? O'z-o'zimcha
shular haqida oyiarkanman, bularga nisbatan bol-
gan cheksiz qahru g'azab, nafratim yumshab, uning
o'rniga hatto qandaydir achinish, bu sho'rliklarda
ham nima ayb, degandek his paydo bo'la boshlardi.
Haqiqatan ham bularning inson qiyofasini yo'qotib,
hayot, mehnat, bola-chaqa, orzu-havas zavqidan
m a h m m bolishlari, jazodan ham qo'rqmay, qamoq
bilan erkinlikka befarq qarashlarining sababi nima?
- deb o'z-o'zimcha oy lay man.
Bizlar shu choqqacha bunga asosiy sabab deb Va-
tan urushi davridagi ochlik, yalang'ochlik, bolalar-
ning ota-onasiz, qarovsiz qolishi deb oyiadik. Tagi-
ni oyiab ko'rsang, bunday fikrga mutlaqo qo'shilib
bo'lmaydi. Axir, urush faqat bizning mamlakatda
bo'ldimi? Xitoyda bolmadimi? Kapitalistik Yaponiya,
Amerika, G'arbiy Germaniya, sotsialistik davlatlar -
Polsha, Chexoslovakiyada urush bo'lmadimi? Ham-
masida bo'ldi. Ochlik-yalang'ochlik, ota-onasiz yetim
qolganlar bularda ham bolmadi, deysizmi? Bo'lgan!
Agar o'g'rilik, avlodlarning buzilishi urug'ga bogliq
Shukrullo
bo'ladigan bo'lsa, bu davlatlarning birontasida, hat-
to bir milliardga yaqin aholsi bo'lgan Xitoyda ham
bizlardagidek o'g'rilik, odam o'ldirish avj olib ketgani
yo'q-ku! Agarda axloq buzilishi chindan ham urush-
ga bog'liq bo'lsa, ikkinchi jahon urushi davrida unga
qatnashmagan davlatlar deyarli kam qolgan edi. Axir,
butun jahonni bizlardagidek o'g'ri, muttaham bosib
ketmadi-ku. Axir, nega mamlakatimizning hamma
burchagini qamoq lagerlari bosib ketdi! O'g'ri, mut-
tahamchiliklarning avj olishiga urush sabab bo'lgan
bolsa, millionlab ilm ahli, davlat aroblari 1937-yilgi
tinchlik yillari, hozirgi g'alabadan keyingi 1950-yillar-
da qamalishlariga sabab nima? Bularni ham urush
buzdimi? Urush davrida davlatga ziyon yetkazmay,
qo'poruvchilik qilmay, ochlik, yalang'ochlikka chidab
kelgan muallim bormi, yozuvchi, dindor bormi, ham-
masining endi qamalishiga sabab nima?
Bizning mamlakatda o'g'rilikning avj olishiga ham,
eng yaxshi odamlarning nohaq xalq dushmani deb qa-
malishiga sabab bitta, u ham bolsa, inqilobdan keyingi
siyosatimizda y o l qo'yilgan xatoliklar! Xalqni boy-kam-
bag'alga ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qilib qo"y-
dik. Birovni boy deb, birovni dindor deb mol-mulkini,
uy-joyini chirqiratib tortib olib, quloq qilib boshqalarga
berdik. Birovlarning haqidan qo'rqmaslik, quloq qilinib
begona yurtlarga surgan qilinganlarning ko'z yoshla-
ri, nolalariga rahm qilmaslikka o'rgatdik. Mana shu
siyosat mehr-shafqatning orada ko'tarilishi, yo'qoli-
shiga sabab bolmadimikin? Xohlagan odamni xohla-
gan paytda qamash, surgun qilish, mol-mulkini tortib
olish kabi adolatsizliklar, sud, tergov organlaridagi qo-
nun buzilishlari yoshlar o'rtasida kelajakka ishonch-
sizlik uyg'otmadimi? Nohaq qamalganlarning oilalari,
do'st-yaqinlari, qarindosh-urug'larida davlat siyosati-
ga nisbatan ishonchning susayishiga, halol bolib jon
kuydirganingning foydasi yo'q, halol bolganlar nima
144
|