«Kafansiz ko'milganlar» 151
1
-W.4.
baxtini shu yerdan topar, bunday sharafdan mah-
rum qilish insofdan emas, - derdi.
Albatta, bu alam bilan aytilgan gap edi. Buning
tagida mana sen o'zing, shoir, shuncha mehnat qi-
lib oxiri nima holding, mana bu yerga kelib, shu ah-
volga tushib o'tiribsan-ku, mehnatingning qadriga
yetishdimi? Mehnatning sovet kishilariga keltirgan
shon-sharafi, baxti shumi? - degan adolatsizlikka
qarshi nafrat, inson mehnatining qadri-qiymati yo'q-
ligining ifodasi yotardi.
Mening ishim faqat brigadirga emas, sherigimga
ham ma'qul kelmas, unga ham barobar ishlasha ola-
digan odam kerak edi. Berilgan ish bajarilmasa, sen
uning nasibasiga zomin bolib, maxorka puli ishlash-
dan ham mahrum qilasan. G'altak aravani yurgizol-
may bir marta, ikki marta yiqilganimdan keyin sheri-
gimning rahmi keldi, shekilli, shag'al ortishni menga
qoldirib, o'zi g'altak aravani oldi. Bu men uchun un-
dan ham og'ir edi. Chunki menda ha deganda g'altak
aravani tolatadigan darajada kuch, cho'kich bilan yer
qazishga yetarli mador qolmagan edi. Meni holdan toy-
ganimni, hech narsa qilolmasligimni sezgan sherigim
Yura qolimdan choldchni olib, yer kovlashni ham,
g'altak aravaga ortishni ham, tashishni ham o'zi qila
boshladi. U hali yosh, endi yigirmaga kirgan edi. U
mendan chekish-chekmasligimni so'rab, shu bahona
ikkalamiz bir daqiqa nafas rostlab suhbatlashib qoldik.
Qachondan beri bu yerdasan, degan savolimga Yura:
- Qamalganimga olti yil boldi, - deb javob qildi.
Yuraning bu javobiga hayron bo'ldim, ishonma-
dim. O'zi endi yigirmaga to'lgan bo'lsa, qanday qi-
lib, olti yil o'tirgan bo'ladi? Yura yolg'on gapirmagan
ekan. U g'arbiy ukrainalik bo'lib, nemislarning qur-
shovida qolganlari uchun ota-onalarini qayergadir
lagerga io'natib, buni esa 14 yoshida balog'atga yet-
maganlar kolonnasiga, keyin vatan xoini sifatida bu
yerga yuborilganini mendan olgan maxorkasini o'rab
aytib berdi.
Bu yerda ishlab topgan puli maxorkaga ham zo'rg'a
yetardi. Men bilan sherik bolib ishlasa, bu puldan
ham mahrum bo'lishi aniq edi. Men buni istamasdim.
Bu begunoh, yoshlikdan ota-onadan mahrum bol-
gan bu sho'rlikka rahmim keldi. Qo'lim qabaradimi,
boshim aylanib yiqilamanmi, o'zim uchun bo'lmasa
ham sherigimning nasibasini qirqmaslik uchun ham
ishlashim kerak edi.
Boshqa nima chora!
Qo'limda biror kasbi-kor bo'lmagandan keyin yer
qazishdan boshqa bu yerda nima ham qilish mum-
kin? Qo'limdan nima ham kelardi? Ammo boshqalar-
dek ishlashga yararli kuch-quwat bo'lmasa, xo'sh,
unda nima chora! Ishlamasang, seni bu yerda hech
kim so'qimga boqmaydi. Ishlashga majbursan, ammo
bu yerdagi qurilish ishlariga yaramasang-chi!
Tergovchining menga qolgan gunohlarining deyar-
li hammasi ham to'qib chiqarilgan bolsa ham, ammo
tergov vaqtida unga - o'z vatanim, xalqimga bolgan
sadoqatimni, tirik ekanman qalamim bilan, ijodim bi-
lan isbotlayman, deganimda u zaharxanda bilan:
- Ijodim-a! Qalamim bilan emish! Ijod degan nar-
sani endi xayolingga ham keltirma, ha! Buni kal-
langdan chiqarib tashla! Endi bundan buyoq senga
qalam emas, belkurakka ham ishonmaymiz, - degan
edi, shu gapi to'g'ri chiqdi.
Kishi mehnatdan o'lmaydi. Mehnat beadad emas,
bir nafaslik uyqu, bir nafaslik dam olish senga ma-
dad bo'ladi, mehnat yukidan xoli qiladi. Ammo qal-
bingga otilgan haqorat yukidan qochib qutulmoq
amri mahol! U seni bir daqiqa xoli qo'ymaydi. Uyqing-
da ham, o'ngingda ham, hordiq chog'ingda ham, seni
tark etmay kemiradi, ado qiladi! Qulni xayol o'ldiradi,
deganlari shu emasmi!
|