Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlar» 171 
1
-W.4. 
jamiyatda boladigan o'zgarishlar haqida bahs qilar-
dilar. Stalin oldi. 
Goyo kattakon muz tog'i asta-asta ummon qa'riga 
choldb ketgandek, bir necha kunlar davomida odamlar 
orasida bir sarosima, oychanlik hukm surdi. Cho'ka-
yotgan muz tog'i goh cholcib, goh qalqib ko'tarilgan-
dek, mahbuslarning oychanligi, pichir-pichirlari ham 
ko'p o'tmasdan bo'ron oldidan chang, to'zon kotarib 
kelgan shamol birdan bo'ronga aylangandek, odamlar-
ning dilidagi gaplar hayqiriqqa aylanaboshladi. 
Stalin olimidan keyin, yodimda yo'q - qancha vaqt 
o'tdi, men turgan Narilsk yarim orolidagi qattiq re-
jimli barcha siyosiy lagerlarda bir kunda, bir soat-
da isyon ko'tarildi. Faqat Stalin hammaning qoli-ga 
kishan bo'lib, ovozlarini bo'g'ib yotgandek, Sulaymon 
o'lib, devlar qutulgandek, mahbuslar ish tashlashdi. 
O'z talablarini lagerlar boshqarmasi boshliqlari ol-
diga moddama-modda yozma (manifest) tariqasida 
kotarib chiqdilar. Unda: 
1. Ish soatlari qisqartirilsin. 
2. Bir yilda bir marta xat yozish bekor qilinsin! 
3. Oilasi, yaqinlari bilan ko'rishishni istaganlarga 
ruxsat etilsin. 
4. Vafot qilgan mahbuslarni bekafan, faqat qo'lla-
riga taxta boylab it qatori ko'milmasin. 
5. Nohaq qamalganlarning ishlari qayta ko'rilib, 
ozod qilinsin. 
6. Mehnatlariga non va chekishga yetarli haq 
to'lansin. 
7. Lager xodimlari tomonidan mahbuslarning in-
son huquqlarini istagancha poymol qilishlari bas qi-
linsin. Inson deb qaralsin... - shunga o'xshash bir 
necha moddadan iborat qat'iy talablar qoyilgan edi. 
Bulardan tashqari mahbuslarning talablarini ay-
tish uchun Moskvadan davlat rahbarlari, Malenkov-
ning, ayrimlar Voroshilovning kelishini, aksincha, 


172 Shukrullo 
^gm* 
unga qadar lagerni o'z qo'llarida tutib, ishga chiq-
masliklarini bildirdilar. O'sha isyon kunlari lagerda-
gi isyonchilar lager qamoqxonasidagi mahbuslarni 
chiqardilar. Isyon rahbarlari oshxonadan tortib la-
gerning ichidagi shifoxonalargacha o'z nazoratlariga 
bo'ysundirdilar. Lager rahbarlari, nazoratchilar lager 
darbozasiga yaqinlasholmas, isyonchilar bilan kar-
naylar orqali gaplashishga majbur bo'lardilar. Lager 
ichkarisida fojialar boshlandi. O'zi mahbuslikda ye-
tib, mahbuslar haqida lager rahbariga malumotlar 
berib turgan stukachlar (gap tashuvchilar) jazolandi-
lar: lager hovlisiga osib qo'yildi. 
Tikonli sim devorlarning to'rt tomondagi minora-
larda avtomat tutgan soqchilar lager atrofini tanklar 
bilan o'rab olinganini, isyon ko'targanlar o'z talabla-
ridan qaytmasalar o'qqa tutajaklarini e'lon qilib tur-
salar ham, haqsizlik jonlaridan toldirgan mahbuslar 
yo o'lim, yo adolat degandek qat'iy turib oldilar. Yalpi 
ochlik e'lon qilajaklarini bildirdilar. 
Lekin ular rasmiy ochlik e'lon qilmasliklaridanoq 
lagerning ichida ochlik bo'la boshladi. Lagerning 
ichidagi nowoyxona yopildi. Chunki tashqaridan ke-
ladigan un to'xtatildi. Faqat un emas, lager ichidagi 
issiq ovqat uchun kerakli don-dunlar ham bori ta-
mom bo'la boshladi. Oz-moz bor ovqatlarga ham is-
yonchilar bilan lagerdagi zo'ravonlar ega chiqib oldi-
lar. Lagerdagi ko'pchilik shularga qaram bo'lib, bir 
burda non topilsa yeb, bo'lmasa och o'tira berdilar. 
Isyonchilar o'z oldilariga, o'n yillab lagerlarda ya-
shab, oxiri xor-zor bo'lib o'lgandan, hamon olish 
bo'ladigan bolsa, yo ozodlikda yo ochlikdan bo'lsa 
ham kurashib olgan yaxshi, degan niyatni qat'iy qilib 
qo*ygan edilar. Bir necha kunga cho'zilgan isyon bekor 
ketmadi. Rostmi-yolg'onmi, o'zlarini markazdan kel-
gan vakillar deb tanitgan bir necha kishilar mahbus-
lar bilan uchrashdilar. Yaqin orada ko'pchilik talablari 



Download 1,31 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish