nKafansiz ko'milganlar» 173
i • •
^^
qondirilishi, muddatlar qisqartirilishi, nohaq qamal-
ganlarning ishlari qayta ko'rilib ozodlikka chiqarilishi,
bir oz sabr qilish lozimligi aytilib, xullas, o'z kelajagi,
adolat, sovet qonuniga ishonch yo'qotgan sho'rliklar-
da ozmi-ko'pmi ro'shnolikka umid uyg'otildi.
Ular qilgan va'dalar darhol amalga oshmasa ham,
Stalinning o'limidan keyin mahbuslarga munosabat-
larda o'zgarish sezila boshladi.
Bir yilda bir marta yozish mumkin bo'lgan xat o'r-
niga endi ikki-uch marta yozishga, oila a'zolari bilan
uchrashish, uydan narsa olishga ijozat bo'ldi.
Ammo bular yillab qamoqda yotgan mahbuslar
uchun ahamiyatsiz narsadek edi. Chunki, bir yilda
bir marta emas, o'n marta xat yozishga ruxsat et-
ganlarida ham, kimlarga, nima deb xat yozasan!
Bordi-yu sening ham opa-singil, ota-ona yoki qarin-
dosh-urug'laring Boltiq boyi respublikalari, garbiy
ukrainalik mahbuslarnikidek qamoq yoki surgunda
bo'lsalar, ularga yozsang, xat orqali aloqa qilsang,
albatta, bu imkon ham bir marhamat hisoblanardi.
Ammo sen, qaysi mehribon qarindoshingga, qaysi
qadrdon do'stingga nima deb yozasan? «Aziz do'stim,
yoki sevikli jigarim, men seni juda-juda sog'indim,
sen bilan qadrdon edik, sen mening kimligimni yax-
shi bilarding, zarracha gunohim yo'q, taqdir ekan...
ko'rishguncha xat yozib tur!» deysanmi?..
Bunday deb xat yozish eng yaqin do'sting, yoki
yaqin kishingni o'z yoningga tortish, gunohlaringga
sherik qilish bilan barobar edi. Bunday maktublar-
ni yozish eng yaqin odamlaringni senga hamfikrlik-
da ayblab qo'lga tushirib qamashlari uchun bahona
bo'lardi, xolos. Bunday bo'lishini mahbuslar ham,
ozodlikda qolganlar ham albatta yaxshi bilishardi.
Shuning uchun sen yozgan xatingni olgan taqdirlari-
da ham vahimaga tushib, o'sha zahoti yirtib tashlab,
hech narsa bo'lmagandek javob ham bermaslikla-
174
Shukrullo
ri yoki hatto ayrimlar, o'zlarini kutilmagan ofatdan
qutqarish uchun vahima bilan, «Mahbus Shukrullo,
siz menga hech mahal qadrdon, men sizga hech ma-
hal mehribon, sirdosh bo'lmaganman. Meni yaxshi
bilarding, deb xato qilibsiz! Bundan keyin, menga
xat yozmang! Men sizdek xalq dushmanini tanimay-
man», degan javobni qilishi ham mumkin.
Axir, men o'zim, xotinim, bola-chaqamdan boshqa,
qaysi bir do'stim, qaysi qarindosh-urug'larimga xat
yozganman! Yoki qaysi birlaridan qayerdasan, holing
qalay, nima bo'ldi? - degan bir enlik xat olganman?
Garchand bunday munosabat insoniy bolmasa ham,
nihoyatda og'ir botsa ham, ranjish, gina qilish o'rin-
siz edi.
Zamonning zayli deb gina qilmaysan, aybni siyosat-
ga qo"yasan. Ammo insoniy, odamiylik nuqtai nazari-
dan oyiab ko'rsang-chi, nihoyatda alamli! Nihoyatda
dahshat! Axir, kechagina sen bilan og'iz-burun o'pishib,
sendan boshqa mening do'stim yo'q, degan bu gaplarga
sen ishonib, yana ular bilan ko'risharmikanman deb
sog'ingan odamlarning bugun «men seni tanimayman,
mening nomimni tilingga olma, olchoq», deb javob qil-
salar!.. Odamlarning vijdoni chidab shu darajaga ye-
tishi seni qiynamaydimi! Qadr-qimmat qayoqda qoldi?
Isyondan keyingi quvonchli o'zgarishlardan yana
biri baraklarga qulf solinmaydigan bo'ldi, kechasi be-
malol hojatga chiqish imkoni tug'ildi. Garchand nomi
lager deyilsa ham, aslida tartib jihatdan qamoqdan
kamdan-kam farq qilardi. Yuzlab mahbuslar yetadi-
gan baraklarga kech soat 11 dan keyin qulf solinib,
toza havoga chiqishdan mahrum etilardi. Yuzlab
odamlarning shiptirlariga chidashga majbur eding.
Isyonchilarga qilingan hamma va'dalar darhol
amalga oshmagan bo'lsa ham, Stalin o'limidan ke-
yin qamoq muddati oz qolganlarning «jinoiy» ishlarini
qayta ko'rish uchun komissiya ishga tushdi, degan
|