«Kafansiz ko'milganlar» _ _ 179
dan o'zga muqaddasroq, orombaxshroq nima ham
bor! Muhabbatga yetmoq emas, muhabbat haqida
oyiashning o'zida qanchalik quvonch bor, erkinlikka
erishmoq emas, hatto o'zini ozod his qilmoqda ham
qanchalar huzur bor!
Mehr-shafqat, visol, tabiat go'zalligi - bularsiz na
qahramonlik, na odamiylik, na obodlik, na hayotda
rivoj bor!
Shu fikrlar xayolimdan otarkan, hayotimda ko'r-
gan-kechirgan yaxshiliklar, qalbimga orom baxsh et-
gan go'zalliklar, ayniqsa, keyingi paytlarda ro'shnolik-
ka uyg'ongan umid g'alayonida asta-asta ijodga havas
uyg'ondi. Qog'ozga tusha boshlashiga dalda bo'lgan
yana bir narsa, ertagi kunga bo'lgan umid, ya'ni tush-
larim o'ng kelib ertaga ozodlikka chiqsam, ikki qolim-
ni burnimga tiqib chiqamanmi degan niyat boldi. Bor-
di-yu hozirgi mish-mishlar mish-mishligicha qolib,
yaqin yillarda ozodlikka chiqarmagan taqdirlarida ham
xayolimga kelgan narsalarni bir umid bilan qog'ozga
tushirsam, bema'ni, bolar-bolmas oyiarni oyiab,
o'zimni qiynaganimdan, nimadir yozilib qolganim foy-
daliroq-ku! Ijod zavqi bilan yashash, shu bilan ovunib
kun otkazish afzalroq-ku, - degan qarorga keldim.
Albatta, g'am-alamlar-u sog'inchni ko'ngildan sitib
chiqarib, tutqunlikda ekaningni unutib ijod qilish-
ni xayolga keltirish yengil emas. Ammo men o'zimni
shunga tayyorlay boshladim.
Ijod bilan band bo'lish lagerdagi xudbinliklardan,
insoniy qadr-qimmatingni oyoq osti bo'lishini o'ylash
azobidan bir oz bo'lsa ham seni holi qiladi-ku.
Men lagerga kelganimga ko'p yil bo'lgani yo'q. Axir
bu do'zax azobida bir yil, ikki yil emas, hatto o'n yil-
lab yotgan alamzadalar bor-ku! Ha, alamzadalar! Ha,
asabiy, darg'azab sho'rliklar! Bulardagi ichki g'azab
shu darajaga yetgan ediki, kishi izzat-hurmatini ifo-
dalovchi, kishi qalbiga quvonch bag'ishlovchi «jonim
180 Shukrullo
bilan», «marhamat», «aziz do'stim», «ziyofat» degan
so'zlar begona bo'lib ketgan edi. Ularning sen bilan
ish vaqtida «onangni palon qilay», nega qarab turib-
san, hatto mehribonlik qilib, xafa bo'lma deyish o'r-
niga, «ularga palonimni qo'ydim» deyishlariga odatiy
holat deb chidaysan! Chidamaganingda nima? Men
olimman, men ministr, men generalman, men bilan
oyiashib, odob bilan gap lash deysanmi!.. Shunday
desang, bunga ham, «seni undayligingga qoydim» de-
gan javobni olasan!
Bularga parvo qilib o'ylab, azoblangandan, eng to'g'ri
y o l - hammasiga ijod ko'zi bilan qarab, o'zingcha tas-
kin topganing, ovunganing ma'qul bolmaydimi?
Ilhom bu - atrofingga ijod bilan qarash, g'ayrat!
Men o'zimni mahbus emas, mahbuslar hayotini
goyo o'rganishga komandirovkaga kelgan yozuvchi
deb faraz qila boshladim. Xudo hech bandaga nasib
etmasinu tavba-yu, rostini aytganda bu yerdagi xil-
ma-xil felli odamlar, inson qadr-qimmatining xo'rligi,
inson zotining azob-uqubat-u mashaqqatlarga bun-
chalik bardoshliligini ko'rish, hammaga ham vaqt
nasib qilabermaydi. Erkinlikdagi yozuvchi bu yerdagi
hayotni xayoliga keltirolmaydi ham. Ammo bu yerda
ko'rgan va eshitganlaringni zamon va o'zingni kim-
ligingni unutib, aynan o'zicha, yoki faqat o'z nuqtai
nazaringdan yozishing ham qiyin edi. Faqat qiyingina
emas, to'g'risini aytish xavfli. Buning iloji ham yo'q.
Oddiy bir misol:
Mening lagerga kelganimga mana bir yildan osh-
yapti, hali bitta ham xat olganim yo'q. Yurak yutib,
menga xat yozadigan yaqinlarim ham kimlar? Xoti-
nim, opalarim! Bularning birontasidan haligacha da-
rak yo'q. Nahotki, qayerdaligimni bilishmasa?!
Men turgan yerga paroxodlar bir yilda bir marta
Enasoy daryosida muzlar erigandagina keladi. Kela-
di-yu, darhol ortiga qaytadi! Bo'lmasa, sovuq tushishi
«Kafansiz ko'milganlar» 181
^ ^
bilan daryolar tosh qotib, kelasi yilgacha qolib ketadi.
Katta yerdan keladigan xat-xabarlar ham paroxodlar
orqali bir yilda bir marta keladi. Bu yerga samolyot-
lar deyarli qatnamaydi. Unda-munda kelganlari ham
shu yerdagi qurilishga zaruriy narsalarni tashiydi.
Xat-xabar yo'qligidan diqqat bo'lgan kezlarda
o'zimni shaytoniy xayollardan bir dam tiyardim. Ming
o'zimni tiymay, ammo ba'zan turli xil o'ylar, vasvasa-
lar uyqu bermasdi. Alam hasratlaringni xatga, yoki
she'rga tushirib xumordan chiqmoqchi bo'lganingda
ham haqiqatni yozishga oylanib qolasan. She'r qilib
mutlaqo yozolmaysan. Qo'rqasan.
Bizlarni bu hukumat odam sanamaydi, bizlarni
bir-birimizdan nohaq judo qilgan bu davlatga la'nat,
deysanmi? Awalambor bunday xatni o'tkazmaydi.
She'r bo'lsa, uning uchun yana jazolasa jazolaydi-yu
hech qayerda bosmaydi. Xating egasiga tegishi, yoki
seni gunohkor qilmasliklari uchun bordi-yu Xudo-
ning rahmi kelib, ozodlikka chiqqudek bo'lib, asar-
laring bosilishini istasang, haqiqiy ko'rganlaring, ke-
chirgan azob-uqubatlaringning aksini yozasan.
Masalan, uyimga, lagerdagi ahvol va sog'inchimni
bayon qilib xat yozgudek bo'lsam, ahvolimni so'ra-
ma, bu yerlarning tabiati ham, yashash sharoiti ham
do'zax-ning azobi, sog'inishimning bo'lsa chegarasi
yo'q. Bir daqiqa xayolimdan nari ketmaysan.
O'rmonga boqsam ham og'adi esim,
Nihollar qaddingni solar yodimga.
Yellar eslatadi sochingni isin,
Oyga boqsam, husning kelar oldimga.
Olcha, giloslarga ko'zim tushsa ham
O'xshashlik ko'raman labing, ko'zingga.
Ammo topolmadim mukammal, ko'rkam
Bironta tengdoshni sening o 'zingga...
182 Shukrullo
~ ~
deb yozaman, albatta! Ammo, bu misralarni mat-
buotda elon qilinishini o'ylab uning oldiga:
Yangilik juda ko'p, ishdan xursandman,
Bir xatga sig'maydi mukammal yozsam.
Xatingni o'qidim, «sog'indim» debsan,
Mening sog'inishim emas undan kam.
Men kelgandan beri uylar tiklandi,
Uylaming oldida boldi bog', gulzor,
Har narsa muhayyo... faqat yetmaydi,
Bu gulzorlar aro sening husning, yor!
kabi sovet shoiriga xos nekbin misralar qo'shmay
ilojim yo'q.
Mahbus bechoralarning mehnatidan yurtlar obod
qilinganligi to'g'ri. Ammo bu misralarda mahbusning
dardi qani? Shu gaplar mahbus aytadigan gaplarmi?
Tutqunlikda boladimi, erkinlikda boladimi, so-
vet shoiri bundan o'zgacha fikr qilishi, yozishi ham
mumkin emas. Sovet matbuotida hayotdan noligan,
pessimistik she'rlar bosilmaydi.
Ijodim kitobxonga yetsin, nashr qilinsin desang o'z
ko'rgan-bilganlaring, o'z ko'nglingdagi gaplarni emas,
|