partiya qaroriga mos keladigan qilib, hayotning nuq-




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020


partiya qaroriga mos keladigan qilib, hayotning nuq-
sonlarini emas, ijobiy tomonlarini yozishing kerak. 
Hali kommunizmga yetganimiz yo'q-ku! Hayotimiz-
da kamchiliklar, haqsizlik, adolatsizliklar, poraxo'rlik, 
o'g'irliklar yo'qmi? - desang, bu tipik holat emas, biz-
ning jamiyatga xos emas, deb seni aybdor qilishadi. 
Men turgan lagerning o'n ikki oyida faqat besh yoki 
olti kungina badaningga oftob tegadigan 1 6 - 1 8 da-
rajali ilimiliq, quyoshli kunlar bo'ladi. Shunday payt-


«Kafansiz ko'milganlar» 
_ _ 183 
larda abadiy muzlab yotgan yerning ustki torf qatla-
migina bir oz yumshab, bosh ko'targan ko'katlar bir 
oy, yarim oy umr kechiradi. Hayot uyg'onadi. Muz-
liklarda kun kechiradigan qurt-qumursqalar qayta 
tiriladi. Ayniqsa, botqoqzor va ko'lmaklardan iborat 
tundrani chivinlar bosib ketadi. Ko'z ochirmaydi. Ke-
chalari bilan baraklarga to'lib, talab chiqadi. 
Xudo uraman desa, qo'sh qollab uradi deganlari-
dek, nimaiki azob, mashaqqat bolsa, hammasi mah-
buslarning peshonasiga yozilgan. Lagerning odam 
chidab bolmas xo'rlik, azoblaridan tashqari, seni 
shunday bir yerga olib kelib tashlaganki, hatto, ta-
biatdan orom olish imkonidan mahrumsan. Tabiat 
ham sendan shafqatini ayaydi. O'n bir oylik qahraton 
ham, yil bo"yi zulmat ham, ko'z ochirmas bo'ronlar 
ham, badaningga oftob tegishiga qo^maydigan chi-
vinlar ham shu dargohda. Ammo yetti-sakkiz yillab 
nur tushmagan qamoqlarda, shimol lagerlarida umr 
kechirganlar uchun besh-olti kunlik iliq-issiq kunlar-
da badaniga oftob tegishi ham bayram edi. Shunday 
kunlarda ayrim mahbuslar yalang'och bo'lib oftobda 
yotardilar. Qanaqa oftob!? Bizlar o^lagandek koyia-
gingni yechishing bilan jaz oladigan oftob qayoqda! 
Soatlab yotsang, badaningga issiq o'tmaydi. Taging-
dan muz uradi. Bu yerlarda yerga issiq o'tmaydi. Of-
tobda yotmoqchi bo'lganlar stadiondagi taxtalarga 
cho'zilishadi. Shimoldan salgina g'ir etib esgan sha-
mol, badaningni o'ymalab, junjitadi. Bu yerlarning 
yoz degani shundayki, ustingdan paxtalik tushmay-
di, yozligi - faqat qor yog'maydi. Shamol salgina tin-
dimi - boldi, botqoqzorning och chivinlari ustingga 
duv yopiriladi. 
Men ham atrofdagilarga havas qilib yechina bosh-
ladim-u juda zaiflashib qolgan ekanmanmi, chivinlar 
talamasdanoq, g'ir etgan shamolning sovug'iga bar-


184 Shukrullo 
dosh berolmadim. Chivinlar talasa ham parvo qilmay 
yotgan sherigimdan: 
- Badaningga chivin chaqmaydigan biror narsa 
surganmisan. Qanday chidayapsan? - desam, u: 
- Hech narsadan hadik bilmas, qo'rqmas odamni 
chivin emas, o'q ham, hatto o'lim ham ololmaydi, -
dedi-da, nimalardir esiga tushib, g'azab bilan: 
- Jangda bo'ldim, nemisga asir tushdim, kansla-
gerda bo'lib o'lmagan, chivin chaqishidan qo'rqaman-
mi? Zax qamoqxonada yoki qamoq boshlig'ining tep-
kisini yeb o'lgandan ko'ra chivin emas, ilon chaqsa 
ham, chayon chaqsa ham bir nafas yorug'likda oftob 
ko'rib o'lganim yaxshi-ku, og'ayni! 
Shu gapni eshitdim-u, undan keyin nimalar dedi, 
qulog'imga kirgani ham yo'q. Butun xayolim yarqirab 
quyosh chiqib, qovun, uzumlar g'arq pishib yotgan 
ona yurtimga ketdi. Bu yerdagi odamlarga, bizlarda 
yozda bodringni hech kim yemaydi, molga beriladi, 
desam afsona, deb ishonmasdi. Chunki ular qovun, 
tarvuz, mening yurtimda yozda yetiladigan anjir, 
shaftolini yeb ko'rish u yoqda tursin, nimaligini ta~ 
sawur ham qilolmasdilar. 
Mening oyiarimni uning yonida yotganning: 
- Sen qachon asirga tushgansan, Germaniya-
ning qaysi shahrida bo'lgansan, - degan so'roviga, 
palon shaharning palon lagerida, keyinchalik palon 
yerida bo'lganman, degan javobi bo'lib yubordi-da, 
ikkovi bir yerda bo'lgani, bir-biri bilan uchrashma-
gani, Germaniyada asirlarga munosabat, nemis qa-
moqxonasi, lagerlarida tortmagan azob uqubatlarini 
bizda ko'rganlarini, yana biri KGBning Toshkent qa-
moqxonasida bo'lgan vaqtida qamoq boshlig'i Kras-
nogolovov urib qulog'ini kar qilib qo'yganlarini o'zaro 
gaplasha boshladi. 
Krasnogolovovni men ham tanirdim. U bir oyog'i-
ni urushda oldirib, hassada yurardi. Nihoyatda qah-



Download 1,31 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiya qaroriga mos keladigan qilib, hayotning nuq-

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish