186 ___
Shukrullo
Uning birdan-bir yo'li bunday gaplarni nasriy yoki
dramatik asarda salbiy obrazlar orqaligina, ularning
tilidan aytdirish mumkin. Boshqa iloj yo'q.
Shular xayolimdan kecharkan, o'z ichida (albatta,
tilga chiqarib bo'lmaydi) nahotki, o'zing ko'rib turgan
haqiqatni haq deb aytolmay, yasama yo'llar izlasang,
bu qanday zamon deb oyiardim. G'azabimni ichimga
yutardim. Axir, bu odamlarni yolg'onga o'rgatish-ku!
Bu odamlarni ham, jamiyatni ham buzish-ku! Lekin
shunday deb aytaolasanmi? Aytib ko'r-chi, tuhmat-
chi deb qarashadi. Nima chora?..
Bugungi tasodif sabab bolib, lekin nima haqida
o'ylamay, adolat, dunyo tashvishlarimi, baribir sev-
gi, rashk, vafo bir nafas mening xayolimni tark et-
mas edi. Dramaturgiya haqida, dramatik asar yozish
haqida jiddiy o^lay boshladim. Chunki, faqat dra-
mada salbiy, ijobiy ishtirok etuvchilar orqaligina o'z
dardlarimni aytish imkoni bo'lardi.
Drama haqida oyiash bir necha vaqt ikir-chikir
xayollar azobidan meni holi qilib, xuddi aytadigan
gaplarimni aytib, xumorim tarqagandek, dardim yen-
gillashgandek bo'lardi.
Axir, inson uchun sevgi-muhabbat, mehr-shafqat,
visol, erkinlik, hayot go'zalligi haqida oyiashdan
muqaddasroq nima bor! Inson qalbiga ayniqsa, men-
dek tutqunlikdagi odam uchun sog'inish, visol, sevgi
azobida o'rtanishdan yaqinroq dard bolarmidi. Sev-
gisiz erkinlik nega kerak! Sevikli xotinimning jamo-
lini o'ylashdan o'zga menga quvonch ham, shundan
o'zga azob ham yo'q edi.
Ko'rmaganman ne go'zallarni,
Qaddi raso, husnda bekam.
Bo'lmaganman ne go'zallarning
Kuyin tinglab, suhbatida ham.