uKafansiz ko'milganlarn 177
san, o'tmish madaniyati oldida sajda qilgansan, o'z-
bek xalqini qashshoq, omi-savodsiz, johil, gado qilib
ko'rsatish o'rniga tarixiy boy, yuksak san'at adabi-
yotga ega demoqchi bo'lgansan, deb kosmopolitizm,
millatchilikda ayblashmadimi! Shularni oyiadim-u,
bizlardan keyin, Oybek akani omon qo'yishganmi-
kan, qamashganmikan degan tashvishga ham tushib
qoldim. Chunki o'zimiz qamalganimizdan keyin O'z-
bekistonda, yozuvchilar orasida nima gaplar, nima
o'zgarishlar bo'ldi, hech narsadan xabarim yo'q edi.
Tashqi dunyodan butunlay mahrum edim axir!
Tashqi dunyodan bahra olishga haqqim bo'lgan
birdan-bir narsalar u ham bo'lsa, uchib o'tgan qush-
larga qarash, ko'kdagi oyu yulduzlarga tikilib o'y
surish, qoru yomg'irlar borligini sezish edi, xolos!
Ammo, ming-ming nadomatlar bo'lsinkim, bu bepo-
yon zaminga istagancha oyoq bosish ham mening er-
kimda emas edi.
Ammo inson bolasi tirik ekan, tabiat yaratgan
go'zalliklardan bahra olish, unga boqmoqdan hech
kim uni benasib qilolmaydi. U daxlsiz!
Tabiat yaratgan mo'jizalarga boqib dardlarim bir
nafas bo'lsa ham tarqardi, ko'kragimga shamol tek-
kaniga ham ming-ming shukrlar qilardim. Bir dam-
gina lagerdaligimni unutib, go'yo uyimizning tomida
lolalar ochilgan faslda varrak uchirgandek shirin xa-
yolga cho'mardim.
Mana bir necha kunki, ustaxona bo'g'otidan hali
uchirma bo'lmagan chumchuq palaponlarining
chirq-chirqlashlari umrimdagi eng baxtiyor onlarim
- bolaligimni xotiramda tiklab, qalbimni erkalamoq-
da. Unga quloq solib bir dam bo'lsa ham tutqunlikda
ekanimni unutaman. O'zimni qamoq lagerida emas,
yong'oq, oshiq o'y nab o'sgan ko'cham bag'rida bo'l-
gandek his qilaman. Bir damgina o'zimni lager us-
taxonasining bo'g'oti emas, hovlimiz ortidagi katta-
178 Shukrullo
^ ^ " "
kon hovuz atrofidagi qator teraklar ustiga in qo'yib,
tinmay chirqirab, og'izlarini ochayotgan qarqunoq
bolasini ushlayotgandek sezardim. Va shu daqiqa
beixtiyor ko'zlarim tikonli sim devorlarga tushardi-yu
nazarimda qarqunog'u chumchuq palaponlari terak-
dagi inida emas, kattakon tikonli simlardan yasalgan
qafas ichida tutqunlikda qolib, onasidan, o'z erkin-
ligidan ayrilib nola chekib, chirqirayotgandek tuyi-
lardi. O'sha fursatda, bordi-yu kimdir menga yana
ijod qilish nasib etsa, endi nima haqida yozasan, deb
so'ragudek bolsa, nimaiki yozmay, butun umrimni
zulmga qarshi insonlarda mehr-shafqat, yaxshilik,
mehribonlik hissini uyg'otishga baxsh etardim deb
javob qilgan bolardim.
Shulardan o'zga muqaddasroq dunyoda nima
bor! Faqat inson emas, mehr-shafqatga tutqunlikda-
gi parranda ham zor emasmi! Xo'sh, shu bir chum-
chuqning uyasini buzish, hali uchirma bo'lmagan
palaponni chirqiratib onasidan ajratishmi, yoki uni
himoya qilib mehr-shafqat qilish, erkinlikdagi sevin-
chini ko'rish lazzatliroqmi! Bir parranda, bir dar-
randa emas, lak-lak tutqunlar inson mehr-shafqa-
tiga zor emasmi! Hayotda mehr-shafqatli, mehribon
insonlarni uchratish o'zi odamlar uchun quvonarli
emasmi? Men uchunchi? Men o'zim mehr-shafqatga
zor emasmanmi? Zulm, adolatsizlik, qahri qattiqlik
menda nafrat uyg'otmadimi?
Menga mabodo qayta ijod qilish, qo'lga qalam olish
nasib etsa, faqat yaxshilik, faqat mehribonlik, faqat
insonga vafodorlikni kuylardim.
Bag'ringga tekkan bir nafaslik shamol, o'rmon-
larning shovullashi, irmoqlarning chuldirashi kimga
orom bag'ishlamaydi? Xudo yarlaqab menga qayta-
dan ijod qilish nasib etgudek bo'lsa faqat va faqat
go'zalliklarni madh etardim. Ammo visolsiz, muhab-
batsiz go'zallik bo'larmidi! Hayotda visol, muhabbat-
|