Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

• K c i f a n s i z ko'milganlar» 175 
gaplar eshitila boshladi. Haqiqatan ham, 10 - 15 
yilga kesilib, ozodlikka chiqishiga bir-ikki yil qolgan 
ayrimlarni 1954-yilda muddatidan oldinroq chiqara 
boshladilar. Albatta, sovet qamoqxonalariga bir tush-
dingmi, tamom, adoyi tamom bo'lmasdan bu sirt-
moqda qutulib bo'lmaydi, deb o^laganlar uchun bu 
yangilik ham kutilmagan hodisa edi. Ammo mendek 
25 yilga hukm qilinganlarning taqdiri haqida turli 
mish-mishlardan tashqari biror aniq gap hozircha 
yo'q edi. Ammo, olmay qachondir ozodlikka chiqish-
ga ozmi-ko'pmi umid uyg'ongan edi. 
Stalinning o'limi, bir-ikki yil qamoq muddati qolgan-
larning ozodlikka chiqarilishi va o'zim ko'rgan tushlar 
hamma-hammasi menda endi ozodlikka muqarrar 
chiqishimga ishonch, so'na boshlagan ijodiy tafakkur-
ga qaytadan jon ato bo'lishiga turtki bo'lgan edi. Ijod 
ishtiyoqi, tevarakka ijod nazari bilan qarash uyg'on-
gandek boldi. Ammo bir muammo qiynardi. 
Xo'sh, nima haqida yozasan? 
Ko'r hassasini bir marta yo'qotadi! Yana baxtiyor-
lik haqida, baxtiyorman, deb yozasanmi? Baxtiyor-
lik haqida yozib, baxt topdingmi? Topgan baxting, 
mana shu lager bo'ldimi? Shu vaqtgacha o'z xalqing-
ga manfaati tegadigan nima yozding? Shoir sifatida 
nima yaratding? Xo'sh, darhaqiqat, javob berarlik 
nima qilding? Haqiqiy ijod o'zi nima? 
Shu haqda o'z-o'zimga savol berib, o^lar ekanman, 
kutilmagan bir tasodif fikrimga yorqinlik kiritdi. 
Lagerlarda o'zlarini ilg'or madaniyatli hisoblab kel-
gan ayrim ovro'paliklar biz O'rta osiyoliklarni «orqasi 
qoralar», deb chaqirib, madaniyat, san'atdan bexabar, 
ilm-ma'rifatdan uzoq xalqlar deb bilishardi. Hatto, mil-
latini aniq aytolmayman-ku, Boltiq bo^ilikmi, polyak-
mi, rusmi, bilmadim, Panteleyev degan injener, men 
o'zbekman deganimda, qozoq, tojikdan farq qilolmay, 


176 Shukrullo 
o'zbeklar yonida doim pichoq taqib yuradigan, savod-
siz, vahshiy, degan tushunchada ekanini aytgan edi. 
Kunlardan bir kun shu odamning qo'lida kitob 
ko'tarib yurganini ko'rib, qanday kitob, deb so'ra-
sam, kutilmaganda, Oybekning ruschaga tarjima qi-
lingan «Navoiy» romani bo'lib chiqdi. Bu tasodifdan 
qalbimda quvonch va g'urur paydo bo'lib, taassuroti-
ni bilmoqchi bo'lgan edim u: 
- Bu roman menga juda yoqdi. Qadimiy madaniy 
xalqlar tarixi haqida. Alisher Navoiy degan buyuk yo-
zuvchi haqida, haqiqatan ham u juda ibratli, buyuk 
shoir bo'lgan ekan, - dedi. 
Kechagina o'zbeklarning kimligini bilmagan, qo-
loq, «orqasi qora» bir xalq deb oylagani uchun undan: 
- Mening millatim kim? Navoiyning millati-chi? -
deb so'rasam: 
- Navoiy?.. Navoiy samarqandlik o'zbek, - degan 
javobni qildi. 
Men unga, kechagina meni sen «qoravoy, badaviy» 
degan eding, o'sha Navoiyning avlodi, o'zbek men 
bo'laman, deganimda, meni kechir, O'rta Osiyo xalq-
larini bilmas ekanman, bilsam ham noto'g'ri tasawur-
da ekanman, o'zbek xalqi haqiqatan ham juda qadi-
miy madaniyatli buyuk xalq ekan deb tan olib, uzrini 
aytdi. 
Mana shu tasodif va Oybekning ijodi haqidagi gap-
lar haqiqiy asar qanday bo'lishi, o'z xalqiga xizmat ni-
madan iboratligi haqida jiddiyroq o'ylashimga sabab 
bo'ldi. 
Haqiqatan ham Oybekning bu asari o'z xalqiga 
xizmatining yorqin namunasi edi. Xo'sh, men o'zim 
ham bir ijodkor sifatida xalqimga shunday xizmat 
qilaolishim, uning nomini ulug'lashim uchun nima 
qilishim kerak? Tarixiy asar yozishim kerakmi? Yo'q! 
Axir, tarixiy haqiqatni ozmi-ko'pmi to'g'ri yozgan bu 
asari uchun Oybekni ham o'tmishni ilohiylashtirgan-



Download 1,31 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish