«Kafansiz ko'milganlar» 167
—
" " " " " "
ma...» deb turtib meni uyg'qtib yubordi. Tushimda
o'qigan duoyim hamon qulog'imda jaranglab turar-
di. Uyg'ondim-u shu zahoti xayolimga: «Ohim endi
Xudoga yetibdi, menga yopirilgan balolar daf bo'lib,
falokatlarim aribdi. Endi uyga ketarkanman», degan
fikr keldi. Bunday oyiashimga ishonarli sabab ham
bor edi. Maschit - muqaddas, gunohlar ariydigan joy,
Quyosh - yorug'lik, bulut bilan qora qushning g'o-
yib bo'lishi esa boshimdan falokatlarning arishi edi.
Bundan tashqari yaqin orada bir mo'jiza r o ^ beri-
shi, yaxshilik bo'lishi haqidagi gaplar keyingi vaqt-
larda mahbuslar og'zidan tushmay qolgan edi, bu
bejiz emas edi, jon bor edi. Bir necha kun xayolim
shu tush quvonchi bilan band bo'ldi. Bu tushimning
taTairini Moskvaga yozgan shikoyatimning ijobiy ja-
vobiga yo^dim. Faqatgina bu emas, bu tush menda
qandaydir yangidan kuch paydo qildi. Mening ru-
himni ko'targan narsa yana shunda ediki, bu tush
o'zimning kimligimni o'zimga tanitdi. E'tiqodimning
sinovi bo'ldi. Har qanday dahshat, hattoki o'lim ol-
dida ham o'z jonimni o'ylamay, qo'rquv bilmay, qil-
gan gunohlarimni dadil tan olishga yetishganimning
timsoli edi. Bu peshonaga nima yozilgan bolsa, shu-
ni ko'rish, faqat imonu haqiqatga suyanib qolganim,
poklanganimning nishonasi edi.
Ozodlikka chiqqunimcha bu tushimni hech kimga
aytmayman deb irim qildim. Tushimning ta'biri to'g'ri
chiqdi, yaxshilikka boldi. Oradan ko'p o'tmay, yana
bir ko'rgan tushim buni tasdiqladi.
Tushimdamish, lagerning temir darbozalari ochilib,
men bolsam qizil ot minganimcha yop-yorug' bepo-
yon kenglikka chiqib qolganmishman. Lekin taxmi-
nan yuz-ikki yuz qadam yurmasimdan junli qolqo-
pimning bir poyi lagerda qolgani esimga tushib, ortga
qaytaymi deb oyianib, otimni to'xtatgancha uyg'onib
qoldim.
168 Shukrullo
Uyg'ondim-u nihoyatda quvonch bilan o^lana
boshladim. Chunki bu tushim ta^biri oldingisidan ham
xayrli edi. Bu oldingi ko'rgan tushimni tasdiqlardi.
Axir, tushda ot ko'rinsa murod, deyilgan. Demak,
ot minib tikonli sim devorlardan tashqariga chiqib ke-
tishim, bu qamoqdan qutulib, murodimga yetishim-
ning belgisi edi! Ammo bir poy qolqopning qolishiga
qanday taTair berish mumkin? Bu nimaning alomati!
Bu ko'nglimni bir oz g'ash qildi. Bundan qat'i nazar,
yaqin orada qandaydir mo'jiza ro'y berib, ozodlikka
chiqib ketishimga zarracha shubham qolmagan edi.
Shunday ishonch bilan yashay boshladim, tutqun-
likda yaxshi tushdan boshqa quvontiradigan, umid
qiladigan nimang bor!
Ko'rgan tushlarimning ta'birini biror odam no-
to'g'ri yo*yib taTaimni xira qilib, birdan-bir umid, bir-
dan-bir topgan shodligimdan ham mahrum qilmasin
degan oy bilan qamoqdan qutulib chiqqunimga qadar
hech kimga aytmay, ichimda saqladim. Bundan tas-
hqari lagerdagilarning deyarli ko'pchiligida shunday
e'tiqod, shunday bir xususiyat shakllanib qolgan edi-
ki, bu sho'rliklar hayotlarida yolg'on-yashiq, aldovlar-
ni boshdan kechiraberib, eshitaberib faqat tush emas,
hatto uncha-muncha gaplarga ham, o'qiganlari, yozil-
ganlarga ham ishonchlari qolmagandi. O'zimda-chi?!
Lagerdagi qaysi bir mahbusdan qaysi qilgan guno-
hingga, necha yilga qamalgansan? - deb so'rasang,
hammasidan bir xilda - o'g'rilik qilibmanmi, odam
o'ldiribmanmi? - degan javobni eshitasan. Faqat ular
emas, mendan so'rasalar ham shu javobni qilgan
bo'lardim. Lekin bulardan farqim shu ediki, ular-
ning deyarli hammasi adolat borligiga, bu tuzoqdan
eson-omon qutulib chiqishga ishonmay qoyishgandi.
Bularning birdan-bir aytadigan gaplari, qamoq mud-
dati tugagach, yana qandaydir yasama gunoh top-
may uylarimizga qaytarsa bo'ldi, deyish edi. Ular qo-
|