«Kafansiz ko'milganlar» 169
• - " W l x
nunga ishonchlarini yo'qotgan edilar. Adolat, haqiqat
haqida gap ochilgudek bo'lsa, faqat zaharxanda, kul
gi, kesatiq bilan gapirardilai. Adolat so'zini kinoya-
siz, asabiylashmasdan aytmasdilar. Haqiqat haqida
gapirsang, portlagudek bolardilar! Bu odamlar no-
haqliklarni ko'raberib, to'lib ketgandi. Na chora! Qa-
moqning azoblaridan biri ham mana shu chorasizlik!
Nahot shunday bir mamlakatda dodingga yetguv-
chi, haqni haq qilguvchi inson, biror rahbar topilma-
sa! Nahot!.. Nahot, ayrimlar aytgandek qilingan shiko-
yatlar Stalinga yetib bormay, yollarda tutib qolinsa!
Nahotki, xalqning oh-zori, ming-ming tirik yetim bolib
qolgan go'daklarning ko'z yoshlari, yoshligida beva qol-
gan kelinlarning nolishlari-yu yolg'iz farzandlaridan
tirik ayrilgan onalarning faiyodlaridan Stalin bexabar
bolsa! Sudlarda, prokurorlarda insof qani?
Qamalibmanki, o'shandan beri ertadan kechga-
cha xayolimda shu savol.
Dunyoda besh qol barobar bolmagandek, hamma-
ga qo'yilgan gunoh ham bir xil emas-ku! Ba'zan shun-
day xayollar bilan shikoyat yozmoqchi bolaman-da,
butunlay gunohsiz deb oqlamasalar ham, har holda
o'n yilga tushirsalar, diydor ko'rishish mumkin deb
quvonaman. Bir dam tirik odamga o'xshayman.
Yuqorida ko'rgan tushlarimning haqiqatga ayla-
nishiga, o'ng kelishiga men bilan bitta brigadada ish-
laydigan 50 yoshlar chamasidagi chechenning gaplari
yana ham ishonchli dalil bo'ldi. Bugun uning yozgan
shikoyatiga katta yerdan (bizlar yashaydigan lager
shimoliy muz dengiziga tutashgan yarim orol bolga-
ni uchun undan tashqari shunday deb ataladi) javob
keldi. Aytishicha, butunlay oqlab yuborisharmish.
Bunga uning ishonchi shu qadar komil ediki, ayrim
narsalarini yaqin ko'rganlariga, hatto yuz grammcha
qolgan pishirilmagan sur dumbasini menga qoldirdi.
170 Shukrullo
"
Ikki yilning ichida og'zimga birinchi mazali narsa
tegishi. Xayrlashar oldidan, yaqin orada biror yaxshi
o'zgarish bo'lishini, aniq odamdan eshitganiga meni
ham ishontirib, albatta noumidlikka tushmay, Mos-
kvaga shikoyat ustiga shikoyat yozishimni tayinladi.
U bu gaplarni aytganda nimani nazarda tutgan edi
bilmadim-u, ammo oradan ko'p o'tmay, ayrimlarning
eshitgani boyicha, yaqin orada davlat rahbarlari ora-
sida o'zgarish bo'larmish degan mish-mish, parasha
gaplar og'izdan og'izga o'tib qoldi. Yaqin orada «mo"y-
lovdan» qutulamiz, degan gap ham chiqib qoldi. Bu
ham tushimning o'ng kelishidan dalolat edi.
Stalin haqida bunday gaplarni, hatto lager sharoiti-
da aytish ham qanchalik xavfli bolmasin, ammo ko'p-
chilikda qandaydir yaxshilikka umid uyg'ongandek
edi. Odamlarga bu gap qayerdan eshitilgan, bilma-
dim-u, lekin bu mish-mishlar bejiz emas edi: oradan
uch-to'rt oy otmay, go^o mahbuslar bu gaplarni karo-
mat qilgandek, radiodan Stalinning kasalligi haqidagi
axborotni eshitib qoldim. Butun lagerlardagi mahbus-
lar orasida ichki bir g'alayon boshlandi. Butun adolat,
butun erkinlik, butun o'zgarishlar Stalin nomi bilan
aloqador bo'lgandek, odamlar orasida kutilmagan bir
holat paydo boldi. Ochiq aytmasalar ham yaxshilikka,
bo'lajak o'zgarishga umid uyg'ongan edi. Go^o yo'lov-
chilar uchun xatarli, ammo qachondir qulashi lozim
bo'lib qolgan qoya qulagandek, atrofidagi aholi xatar-
dan endi qutulgandek kayfiyatda edi.
Stalinning kasalligi haqidagi axborot radio orqali
bir necha kun davomida soatma-soat berib borildi.
Eshitganlarning tashvishu bezovtaliklari Stalinning
olishi yoki qolishi emas, yo'q, aslo, birdan-bir nar-
sa, uning o'limidan keyingi o'zgarish, rahbarlikning
insofli bo'lishi, nohaq jabrlangan million-millionlar-
ning taqdiriga bo'ladigan adolatli munosabatida edi.
Bularning ko'pchiligi faqat o'z taqdirlari ustida emas,
|