Shukrullo
Ikki ko'zdan boshqa hamma yoq o'ralgan bolib,
ochiq qolgan yeringni bir damda sovuq urib ketar-
di. Dahshatli bo'ron esa ko'z ochirmasdi. Sovuqdan
yoshlangan ko'zlarda kipriklar yong'oqning yarim
pallasidek muzlab qolardi. Bir qadam oldinni ko'rish
ham og'ir edi. Shunday vaqtlarda yanglishib, saf-
dan bir oz tashqariga chiqdingmi, hayoting tamom,
qochgan hisoblanib ogohlantirmasdan otib tashlay-
di. O'lib ketish hech gap emas. Sen uchun hech kim
javob bermaydi. Meni mana shu bevaqt o'lim xavfi
tashvishga solardi. Umr bersa 25 yilda ham qamoq-
dan qutulasan, bunday tasodiflardan olib ketishni
har daqiqa kutish mumkin edi.
Juda quwatim ketib qolgandi. Kuchim boricha,
qorbo'ron va sovuq bilan olishib, safdagilarga yetib
yurishga harakat qilardim. Bir kuni sovuqdan ikki
ko'zim yumulib, muzlab qoldi. Muzni olsam, kiprikla-
rim uzilib chiqadi. Noilojlikdan yonimdagi sherigimga
«meni ushlab bor», dedim. Bizning o'zaro gaplashga-
nimizga ko'zi tushgan kolonna boshlig'i nimadandir
shubhalanib, tikonli sim darvoza oldiga yaqinlashga-
nimizda bizni to'xtatib: «Hammang o'tir, tursang oti-
lasan», deb yubordi. Nachora, hamma o'tirdi. Kimlar-
ning oyoqlari, ba'zilarning yuzlarini sovuq oldi. Men
esa ustaxonaga eson-omon, o'lmay tirik kelganimga
shukr qilardim. Chunki, qamoq muddati tugab, endi
ozodlikka chiqish paytida bekordan-bekor qancha
mahbuslarning o'lib ketganiga guvoh bolganman.
Ular kimlar edi? Bular 10 - 15 yil lagerning og'ir
mehnatini qilib holdan toyib yiqilgan armiyaning kek-
sa generallari. Bular butun Krasnoyarsk olkasidagi
shaharlar, katta-katta qurilishning butun loyihalari-
ni tayyorlab beruvchi yigirma besh yilga hukm qilinib
lagerning bo'tqasini yeb yashovchi mashhur me'mor-
lar, injener sho'rliklar edi. Norilsk posyolkasi deb
ataluvchi shaharni poydevoridan tortib to tornigacba
«Kafansiz ko'milganlar» 161
1
-W.4.
yopib, bitirib beradiganlar ham, eng xarob, xo'rlik va
azoblarda yashaydiganlar ham shular edi. Bular ta-
biatan mehnat azobini birov zo'rlamasa ham o'zlari-
ga o'zlari sotib oladigan odamlar. Bular chala-chulpa
qo'l uchida xo'jako'rsinga ish qilishga o'rganmagan
vijdonli odamlar. Xom xatala ishga ko'ngillari to'l-
may, bo'lgancha bo'lar, menga nima deyish xayollari-
ga kelmaydigan, hatto ish vaqtida mahbus ekanlikla-
rini ham esdan chiqarib, o'zaro janjallashishga ham
boradigan fidoyi kishilar edi. Chunki ular halollikka
o'rgangan odamlar. Shunday odamlarni qo'shni la-
gerdagi ishlasa ishlab, ishlamasa bir-birining narsa-
sini o'g'irlab, qimor o^nab yashaydigan muttaham-
lar xalq dushmanlari, fashistlar, deb devor orqasidan
haqorat qilib, o'zlarini esa bizlar o'g'ri bo'lsak ham
xalqning do'stimiz deyishardi.
Bu o'g'ri muttahamlarning haqoratlari yetmagan-
dek siyosiy mahbuslar qurgan shaharlarni radio, mar-
kaziy gazetalarda sharmandalarcha komsomollar otr-
yadi, deb atashar, komsomollar o'zlariga topshirilgan
obyektlarni muddatidan ilgari sharaf bilan topshirdi
deb hamma yoqqa jar ham solishardi. Bundan boxa-
bar odamlar bunga ishonsalar ham, ammo bu ishlar-
ni kim qilganini o'z ko'zlari bilan ko'rib guvohi bolgan
shu yerlik aholi, komsomollarning o'zlari gazeta, radio-
dagi bu axborotlarni o'qib nima deb o'ylardi? Garchi
mahbuslarning xizmatlari aytishga munosib ko'rilmay,
sir tutilsa, komsomollar qilmagan ishni ular qildi, deb
yolg'on ishlatishning nima zarurati bor edi! Bu yosh-
larni yolg'onga o'rgatib, rostgo'y odamlarni g'azablan-
tirmaydimi? Ana shu fidoyilar esa bu yolg'onlarga ta-
biiy bir hoi deb qaraganlaridanmi, yoki bunday yolg'on
axborotlarga o'rganib qolganlaridanmi, tabiatan pishiq
ish qilish qonlariga singib ketganidanmi, g'azablanish
o'rniga hatto ish vaqtida bir-birlari bilan bunday qilma,
bunday qil, deb yoqa bo'g'ishgudek bolardilar. Chunki
162
Shukrullo
dushman sanalgan bu odamlar aslida halol, vijdonli,
e'tiqodi butun odamlar edilar.
Qor bo'ronlarida yurolmay, beixtiyor safdan chet-
ga chiqib, konvoylar otib tashlagan odamlar ham
shunday halol, vijdonli odamlardan edilar.
Men Perituladan qamalganiga qancha bo'lgani,
shunday mehnatkash halol odam bo'la turib shikoyat
yozganmi, yozmaganini so'raganimda, u zaharxanda
bilan:
- Kimga? Nima deb yozaman? Meni nohaq qama-
dilaring debmi? Nohaq qamaganlarini o'zlari bilish-
maydimi? Yoki mo'vlovga arz qilsammi, a? (Stalin-
ni lagerdagilar nomini aytmay, mo'ylov laqabi bilan
atardik) - dedi-da, nima uchundir qah-qah urib kula
boshladi. - Mana, mo'ylovga arz yozganlarning bitta-
si shumi? - deb yonidagi baland bo^li moldaviyalik
Mishani ko'rsatdi.
Men bu haqda oglz ochganimga ming afsus qildim.
Mishaning unutilgan dardlarini yangiladim. Es-
kirgan yarasini tirnadim. Faqat unga emas, o'zimga
ham ortiqcha dilsiyohlik orttirdim.
- Bizlarga arz-dod qilish, hukm xato deb shikoyat
yozish mumkin emas. Bizlar umrbod qamoqqa mah-
kum odamlarmiz, shuni bilasanmi? Bizlarni hukumat
dushman deb qamagandan keyin dushmanning ga-
piga, ming haq bo'lsang ham, ming dod desang ham,
ishonadimi? Ishonmaydi! Ishonmaydi... - Bu gaplarni
u shunday g'azab bilan aytdiki, nazarimda bu gapni
qo'zg'aganim uchun qo'lidagi miska bilan meni urgu-
dek edi. Chunki, Mishkaning qamalgandan keyingi
hayotidagi baxtsizliklariga Moskvaga, yuqori tashki-
lotlarga yozgan shikoyati sabab bolgan ekan.
«Bizga shikoyat yozish mumkin emas», deganining
sababi odatda 8 - 10 yil muddatga qamalganlarning
deyarli hammasi haqmi, nohaqmi, norozilik bildirib
shikoyat yozishmas ekan, chunki yozganing bilan
«Kafansiz ko'milganlar» 163
1
-W.4.
hech mahal biror ijobiy natija chiqmagan. Hatto shi-
koyat yozish ular uchun xavfli sanalarkan. Negaki,
yozgan shikoyating rahbarlarning nafsoniyatiga te-
gib, senga nisbatan yana ham nafratini qo'zg'atar-
kan. Sening shikoyatingni ular dushmanlarning
sovet qonuniga bolgan ishonchsizligining yana bir
belgisi, deb qabul qilib qamoq muddatini kamaytirish
o'rniga ustiga-ustak qo'shib qoyarkan. Mana shun-
day insofsizlik Mishaning boshidan ham kechibdi.
Misha lagerda 6 yil otirgandan keyin, o'zining ha-
lolligi, mehnatkashligi, awalo begunohligiga ishonib,
qolgan 4 yilini olib tashlashni so'rab, davlat ham insof-
ga kelib qolgandir degan niyatda SSSR bosh prokuro-
riga shikoyat yozibdi. Shikoyatni olgach, qaytadan ter-
gov boshlab, shikoyat yozadigan hali senmi deb, yo'q
gunohlarini zo'rlab botyniga ilib, lagerda o'tkazgan olti
yilini ham bekor qilib, yozgan shikoyatiga qaytadan
o'n yil qamoqqa hukm qilindi deb javob berishibdi.
Mana senga arz qilishning oqibati. Mana adolat!
Katta umid bilan, bir marhamat kutib arz yozgan
Misha bu javobni olgandan keyin, dunyoda haqiqat
borligidan umid uzib bundan buyoq diydor ko'rishish
yo'q deb, o'sha kundan boshlab oilasi bilan aloqasini
butunlay uzgan ekan. Qanday dahshat! Axir, bu o'zi-
ni o'zi tirik ko'mish-ku!
Mening yuzimga tepgan cheksiz qayg'u va umid-
sizlikni sezgan Peritula:
- Sen Mishaning gapidan cho'chima, sening mud-
dating 25 yil ekan, arz-dod yozasanmi, shikoyat qila-
sanmi, insof berib kamaytirsa kamaytiradi-yu ustiga
qo'shib qoymaydi, nimani qo'shadi. Yozsang, hech
narsa yo'qotmaysan, - deb taskin berib, lagerda ya-
salgan qo'lbola kostryulkadagi ovqatning qolganini
miskaga solib icha boshladi.
Bu gaplarni eshitib men o'zimcha, o'n yil hukm qi-
linganlar qayta diydor ko'rishishdan umid uzib, o'z-
164
Shukrullo
larini o'ldiga chiqarsalar, 25 yilga hukm qilingan men
xotinim, bola-chaqalarim bilan qayta ko'rishishdan
qandoq umid qilay?
Mening dunyoyim bu - to'rt tomoni tikonli sim bi-
lan o'ralgan devor, uvada kiyim, yemishim arpa-yu
so'k. Xayolimda birdan bir narsa xotin, bolalarim,
erkinlik. Ammo ozodlikda yeb-ichib, toy-u tomos-
halarda bezanib yurganlarning oy-xayollari-chi!..
Xonanda-yu sozandalarning dilni qitiqlovchi kuylari
yangraganda nozu-ne'matlarga to'la dasturxon atro-
fida o'tirib, raqslarga tort-tort bo'lib, qiyqiriq avjga
chiqqanda, nahot bizlarni birov esga olsa!
Noumid shayton! Peritula aytgandek, karnaychi-
dan puv, shikoyat yozsam, nima yo'qotaman? Bordi-yu
shikoyatimga gunohi yo'q, ozod qilinsin yoki qamoq
muddati qisqartirilsin degan javob kelib qolsa-ya! Axir,
hayotda ne-ne mo'jizalar roy bermaydi!!! Shikoyat yo-
zishdan o'zga nima chora! 25 yil qayoqda-yu, 10 yil qa-
yoqda! Oh banda, nimalarga ko'nikmaydi!
Noumid - shayton.
|