Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlar» 155 
1
-W.4. 
qon qaqshatardi. Qishning qahraton bo'ronlari, sara-
ton jaziramalariga kishi chora topadi, ammo haqorat, 
xo'rliklar, ruhiy azoblar seni kemirib, beiloj qolasan. 
Yura bilan birga ishlash ham ortiqcha nasib etma-
di. Mening qornimdan past qismida og'riq paydo bo'lib 
sanitariya bo'limi bor lagerga olib ketishdi. Shu sabab 
bir-ikki kun lagerda qoldim. Vrachlar biror jiddiy kasal 
topolmadi. Qorindagi og'riq yog'sizlik, quwatsizlikdan 
bo'lib, buning birdan-bir chorasi yog'liq narsa yemak, 
yoki bandaj taqib ishlash edi. Yo'q yog'ni qayerdan to-
pasan! Bir oyda bergan pullari maxorka, yarim kilo 
mol yog'i, yarim kilo qand olishga bazo'r yetadi. Ikki 
chaqmoq qandni alyumin krushkaga solib, qotib ket-
gan mol yog'ini saiyog' o'rnida, shuni ham topilganiga 
shukr qilib bir mahal yeyar edim. 
So'qimga soyiladigan molni kerak bolgani uchun 
parvarish qilinganidek, mening ham mehnatim zarur 
bolgani uchun bandajni o'zlari topib berishdi. Ban-
daj bilan ham g'altak aravani kotarganimda oshqo-
zon-ichaklarim pastga sirg'alib tushgandek, qornim-
da sanchiq paydo bolardi. 
Men ishga chiqqanimda sherigim Yura yo'q edi. 
Uning isitmasi baland bo'lib, qayt qilishiga qaramas-
dan, sen yoshsan, o'lmaysan deb ishga chiqarishgan. 
Ko'r ichagi yorilib, o'zidan ketgach, ishning oxiriga-
cha bir chekkaga yotqizib qoyishgan, ammo o'ziga 
kelmagan. Vrachlar chopib kelardi, deysanmi, lager-
ga o'ligini olib kelishgan. 
Lagerda o'limning sababi surishtirilmaydi. Bilgan 
biladi, bilmagan yo'q, oyog'iga nomer bog'lab, qayer-
gadir olib borib yalang'och, kafan qayoqda, kiyim-
larini yechib olib ko'mib keladilar. Bu yerda o'lgan 
bebaxtlar ikki gaz kafanlik dokadan ham benasib 
bo'ladi. Bu yerdagi mahbuslarni o'limga loyiq odam-
lar deb qaralgani uchun, operatsiya qilinganda tuzal-
guncha oylab yotishi kerak bolsa ham bir haftagacha 


156 
Shukrullo 
yotqizmay, o'lsa ishda o'lsin deb ishga haydashardi. 
Ayniqsa, yovg'on ovqat, 1 0 - 1 2 soatli og'ir mehnat 
sababli dabba, churrasi tushish bilan operatsiya qili-
nadiganlar ko'p bo'lardi. Vaqtidan ilgari ishga chiqa-
rib, operatsiya qilingan joyi so'qilib, sochilib ketib, 
to o'lguncha qayta-qayta ochib, tikilaberardi. Ammo 
ishdan qolmasligi kerak. 
Men bunday bevaqt, xor-zor kafansiz ko'milganlar-
ni oyiar ekanman, yo'q bo'lib ketgan Abdulla Qodiriy, 
Akmal Ikromov, Usmon Nosir kabi qator-qator o'zbek 
xalqining aziz, buyuk farzandlari xayolimdan tinchlik 
bermay o'taberardi. Ularning o'lim oldida haqsizlik-
dan qilgan ohi-nolalari, qarg'ishlari eshitilaberardi. 
O'zimning alamlarim ham unutilib ketardi. Dunyo 
shu ekan, insof kutib bo'lmaydi, degan fikrga ham 
kelib qolardim. Shunday choqda bandaj taqib yuri-
shim ham, o'z ahvolim ham bir dam unutilardi. Bu 
yerda ertaga nima bo'lishingni bilmay umring omo-
natdek yashaysan. Har kuni, har soatda kutilmagan 
bir fojia, baxtsizlik ustiga bir baxtsizlik. Otilmay, osil-
may qolgan tirik murdalar deganlaridek, tirik qolgan-
lar bu yerda konvoylar tomonidan otilib ketardilar. 
Ertalab soat oltida turgancha kech soat sakkiz-
gacha tik oyoqda ishlaymiz. Ertalab nonushtaga bir 
cho'mich yog'siz so'k, yoki suli bo'tqani yegach, dar-
bozadan chiqish oldidan minglab mahbuslarni qor, 
yomg'ir ostida qayta-qayta brigadasi bilan birma-bir 
sanab chiqish oldidan: 
- Gapni to'xtatinglar, qatordan bir qadam orqada 
qolish yoki chetga chiqish qochish hisoblanib, ogoh-
lantirilmasdan o't ochiladi, qani, yurlaring, - degan 
har kungi buyruq bir necha marta takrorlanadi. 
Bular hammasi asabingni buzib, mahbusliging-
ni eslatib turish uchun qilinadi. Bizlar ishlaydigan 
qurilish maydoni lagerdan ikki-uch kilometr narida 
bo'lib, yomg'irli kunlarda ivib, sasib, u yorga yetgun-



Download 1,31 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish