Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlar» 145 
• 
bo'lyapti, o'zingni oyia, bir amallab kuningni ko'rsang 
boldi, deyishga sabab bo'lmadimikin! 
Barjada xayolga tolgancha yosh-yosh yigitlar-
ni shu ahvolga tushganlari, qamoqlarda o'tayotgan 
umrlariga achinardim. Hatto ayrimlarining yoniga 
yaqinlashib suhbatlashgim ham kelardi. Axir, bular 
ham odam-ku! 
Bizning jamiyatimizda o'g'rilarning bunchalik 
ko'payib ketishiga balki qonunimiz, uning bo'shlig'i 
sababdir? Axir ikki og'iz to'g'ri gapni aytganlar xalq 
dushmani sanalib 25 - 30 yil ozodlikdan mahrum qi-
linadi, ammo, o'g'rilik, hatto odam o'ldirganlarga esa 
bunchalik jazo yo'q. Ularga munosabat qamoq sharo-
itida ham boshqacha. 
Lagerlarda o'g'rilar siyosiy mahbuslarni «xalq 
dushmanlari, fashistlar», desa, siyosiylar esa o'g'irlik, 
odam o'ldirib, qamalganlarni kesatib «xalq do'stlari» 
deb atashardi. Dindorlar, yozuvchilarning bu yerda 
bezorilarcha ham qadri yo'q edi. Ular lagerlarda si-
yosiy mahbuslardek 12 - 15 soatlab 50 daraja, is-
siq, sovuqda ishlashmaydi. Ularning bir kunlik ishini 
uch kunga hisoblash imkoni bor. Balki mana shun-
day munosabat ham o'g'rilarning ko'payishiga olib 
kelmaganmikan? Axir, bizlarda qadimda o'g'rilarni 
ushlashsa qo'llarini kesishardi, olomon qilishardi. 
Vaholanki, jinoyatchilikka qarshi jamoatchilik ta-
labi bilan chora ko'rilmaydi. Axir, yaqin-yaqinlarga-
cha ham Xitoyda o'g'rilik qilganlarni xalq o'rtasida 
maydonlarga olib chiqib osishdi. Hozirda esa o'g'ri-
lik bilan qo'lga tushgan odamning to'pig'idagi tomi-
ri kesib tashlanadi, yomon cho'loq bo'lib, qiytonglab 
yuradi. Balki shuning uchun ularda o'g'rilik yo'qdir. 
Nega bizlar shunday qilmaymiz? 
O'g'rilik, bezorilikning dunyo bo'yicha bizlarda 
bunchalik ko'pligiga sabab balki dinning yo'q qilinga-
ni yoki Xudodan qo'rqmay, bandadan uyalmasligimi? 


146 
Shukrullo 
Bunday xayollardan tashqari, meni kechadan beri 
yonimda qayt qilib, uxlamay ingrab yotgan odamning 
bugun yana isitmasi ko'tarilib, qornidagi og'riq zo'ra-
yib tortgan azobi, uning qilgan arzi-dodiga soqchilar-
ning bizlar vrach emas, degan beparvo javobi, o'g'ri-
larcha ham qadr-qiymatimizning yo'qligi qiynardi. 
Shu orada barjamiz to'xtab, kimdir Turxanskka 
keldik desa, boshqasi bu yer Igarka dedi. Qayerli-
gi hammamizni kemadan tushirishgandan keyin 
m a l u m bo'ldi. Bizlarning barjamiz to'xtagan bu yer 
Shimoliy muz okeaniga tutashgan Taymir yarim oro-
lining Dudinka degan joyi bo'lib, buni port deb ham 
atab bo'lmasdi. Bir-ikki yog'och butka qaqqayib tu-
rardi. Atrofda na bir inson sharpasi va na bir odam 
yashaydigan xonadon bor! Bu yerlarda yilning o'n oyi 
qahraton qish bo'lib, bir oy, bir yarim oylik iliq-issiq 
kunlarda yuk paroxodlari konlardan mahbuslar qa-
zigan ma'danlarni olib ketib, unga kerakli narsalarni 
yetkazib berarkan. Avgust oyining o'n beshlarida bu 
yerda qor bo'ronlari boshlanib, daryo muzlab qatnov 
ham to'xtardi. Bir oz kechikkan kemalar kelasi yilga-
cha muzlab qolib ketardi. 
Men kelgan payt iyul oyining oxiri, avgustning 
boshlari bolib, qop-qora bulutlar orasidan quyosh 
goho ko'rinib qolishiga qaramasdan, shimoldan es-
gan izg'irin badanlarni junjiktirardi, qishdagidek 
yuzlarni o'ymalardi. Shimol botqoqzorlarida besh-
o'n kunlik issiqda tirilgan och chivinlar ochiq joyga 
yopirilib talardi. Atrofda odam zoti yo'q. Butun atrof 
jim-jit, bir tomon pastak-pastak daraxtlardan iborat 
tundra. Bir tomon okeanga tutashgan daryo, butun 
atrof dunyodan ajralgan moxovdek vahimali. Nahotki 
kimsasiz yerga meni olib kelishgan bo'lsa! 
Biz siyosiy mahbuslarni kayutadan tushirgach, 
yana familiyamiz, jinoiy moddamiz, necha yilga hukm 
qilinganimizni so'rab sanay boshlagan nazoratchilar, 


«Kafansiz ko'milganlar» _ _ 147 
qandaydir shubha bilan har birimizga tikilib o'zaro 
nimalarnidir gaplashishdi. Ularning shubhali qa-
i ashlarida jon bor edi. Chunki biz siyosiy mahbus-
lar hammamiz tanib bolmas darajada o'zgarib qol-
gan edik. Kemadan tushgan vaqtimizda bizlarni faqat 
boshqalar emas, hatto o'zlarimiz ham bir-birlarimiz-
ni tanimay qolgan edik. Chunki bizlarning hamma 
yaxshi kiyimlarimizni o'g'rilar egallab, o'g'rilarning 
butun uvada, eski kiyimlari - botinka, telegreykala-
ri, yirtiq kepkalari bormi, bizlarga o'tib qolgandi. Ob-
kom sekretarining qishda kiyish uchun uyidan olgan 
yangi etigi o'rnida eskirib ketgan tufli, issiq qalpoq 
o'rnida jiyagidagi kartoni chipir qaynatishga yoqilgan 
yirtiq kepka, ayrimlari esa ko*ylaksiz mayka ustidan 
telegreyka kiyib olgan edi. 
Siyosiy mahbuslarning o'g'rilarga talanib bu ah-
volga chidab, indamay turishlari qo'rqqanlikdanmi-
di? Yo'q. Ularning bunga befarq qarashlari besabab 
emas edi. 
Yigirma besh yilmi, o'n besh yilmi, shular bilan 
birga yashash, bundan buyongi hayot hamon shular 
bilan bo'lishini oy lagan odam shikoyat qilishni o'ziga 
lozim ko'rmasdi. 
Bundan tashqari, xo'sh, qaytarib olding deylik, 
tutqunlikda, xor-u zorlikda o'tgan umringda besh 
kun yaxshi kiyding-u kiymading nima! Shuni oyiab 
ko'pchilik qaytarib olishni talab qilmadi. Bizlarning 
bunday xayolimizni sezgandek etap soqchilarining 
insoflilaridan biri: 
- Kimki nimalaringni olgan bo'lsa, qo'rqmasdan 
ayta beringlar, olib beramiz, ular bilan ikki dunyoda 
ham bir bo'lmaysizlar, ko'rishmaysizlar, - degan gap-
ni aytib, bizlar bilan birga bo'lgan o'g'rilarning ham-
masini kayutadan olib chiqib, birma-bir oldimizdan 
o'tkazdi. Birov, ana meni etigim desa, biri anovining 
boshidagi qalpoq meniki, deb unga eski kepkasini 


149 
Shukrullo 
qaytarardi. Xullas, o'g'rilarning qollariga kishan so-
lib bir tomonga haydab, bizlarni esa yelkada qopla-
rimiz bilan yayov, qizil vagonlar oldiga olib kelishdi. 
Yomg'ir yog'a boshladi. «0'tiringlar», deb buyruc 
berganlaricha sovuq shamol bilan chelaklab quyg 
boshlagan yomg'ir badan-badanimizga singib, o'g'ri-
lardan qaytarib olgan kiyimlarimiz jiqqa ho'l bo'li-
shiga qaramay, ochiq yerda soatlab tutib turdilar. 
Shular ham inson farzandlari-ku deb achinish, na 
rahm-shafqat bor edi! Biror panaroq joyga olishni xa-
yollariga ham keltirmasdilar. Men ularning qiyofala-
riga tikilib, bunday bag'ri toshliklariga hayron qolar-
dim. Tasawur qilolmasdi. Ular olasanmi-qolasanmi. 
sendan o'tgan azobni xayollariga ham keltirmasdilar. 
Chunki ular seni har qanday qiynoqqa loyiq, xalq-
ning ashaddiy dushmanlari deb qarardilar. 
Ertasi kuni bizlarni lagerga olib keldilar. Kechadan 
beri yog'ayotgan yomg'ir iyulning oxiri bolishiga qa-
ramay birdaniga qorga aylandi. Sovuq. Kiyimlarimiz 
jiqqa ho'l. Men kelgan lagerni bu yerdagilar «Tirik-
lar qabristoni" deb atasharkan. Bu vahimali, xunuk 
nomning negaligi menga keyin m a l u m boldi. 

Download 1,31 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish