«Kafansiz ko'milganlar» 139
" ~ ~ " "
Polyak ofitserlari alamzadalik hamda harbiy kishi-
lar bo'lganlaridan o'g'rilar bilan jon achchig'ida oli-
shardilar. Ofitserlarda yaxshi usti-bosh, ortiqcha ki-
yim-kechak, soat, qimmatli narsalar borligining isini
bilgan o'g'rilar ularni talamoqchi bo'lganlar. Albatta,
o'z vatanidan ayrilish alami, alamzadalik, uning us-
tiga jangda chiniqqan odamlar bulardan qo'rqib o'z
mollarini bir to'da bezorilarga indamay berib qo^ar-
midi! Bir-birlarini quvib urardilar. Bir-birlariga bego-
na bo'lgan mahbuslar esa ikki tomonga ham aralash-
masdi. Ayrimlari hatto bu to'palonlardan xabardor
bo'lsalar ham bir-birining go'shtini yesin, degandek
baraklardan chiqishni ham istamasdilar. Bunday
paytda faqat mahbuslar emas, qamoq nazoratchi-
larining o'zlari ham olomonni bostirish uchun o'r-
taga tushmasdilar, qo'rqardilar. Ur-yiqitni bostirish
uchun peresilka hovlisining to'rt burchagidagi meza-
nalarda turgan soqchilar ogohlantirish uchun avto-
matlardan yuqoriga bir necha marotaba o't ochdilar.
Polyak ofitserlari yaralangan sheriklarini sudragan-
cha o'zlariga ajratilgan maxsus barakka kirib eshik-
larni yopib oldilar.
O'g'rilar kechasi ham ularning baraklariga bosib
kirishmoqchi boldilar. Ancha vaqtgacha g'alva tin-
chimadi. Ertasiga ofitserlarni qayergadir olib ketish-
di. Ular ketdi-yu baribir bu yer tinchigani yo'q, chun-
ki o'g'ri, muttahamlar hukmron edilar.
Bu qadar shafqatsizlik, bu qadar vahshiyliklar chu-
moliga ozor bermagan, bir umr xalqimga ilm-ma'rifat
beray deb boshini kitobdan ko'tarmagan, ko'zoynak-
da yo'lini zo'rg'a topadigan, umr bo'yi odob va axloq-
dan dars bergan tolibi ilmlar uchun bu bezorilarning
qilmishlarini ko'rish, unga bardosh berish o'limdan
ham og'ir edi! Inson xayoliga keltirolmagan bunday
xo'rliklarga chidash!.. Insonlarni bu qadar xo'rlash,
oyoq osti qilish!.. Ilm-fan, bu tabarruk siymolarning
140 Shukrullo
, J t ^
uvoli, qarg'ishlari bir kun yoqalaridan tutmasmikan,
deb o'ylardim.
Ammo yonimdagi odam befoyda o*ylarimdan af-
suslangandek xurrak otardi. Kim biladi, balki bu
kechasi kimnidir talash uchun kunduz uyqusini
olmoqchi bo'lgan o'g'ridir. Hammasiga chidaysan.
Xurraklarga ham, qirg'inlarga ham, tungi tuvakning
sassig'iga ham... Chunki kechasi baraklarning eshigi
qulflab qoyiladi. Hojatga tunda shu yerda chiqiladi.
Hammasiga chidaysan... Choy qayoqda! Ichishga suv
topilmaydi. Yuz-qo'lingni yuvmaslikka ham chiday-
san, o'rganasan...
Oradan uch-to'rt kun o'tgandan keyin yuklarimiz
bilan yo'lga tayyorlanishni aytishdi, endi qayerga
haydashadi? Endi olib boradigan joylari qanday, bal-
ki bundan ming battardir, lekin hozircha bu yerdan
qutulganingga shukr qilasan. Enasoy daryosi porti-
dagi barjaga chiqarish uchun haydab borishdi. Bar-
jaga chiqish oldidan o'g'rilar bilan birga bo'lish azobi-
dan joni halqumiga kelgan siyosiy mahbuslar, ularni
alohida kayutalarga qo^ishni, o'g'rilarga qo'shmas-
liklarini talab qila boshladilar. Ko'pchilik bo'lib noro-
zilik bildirdilar. Etap boshliqlari awaliga bunga ro-
zilik bildirgan bo'lsalar ham, kemaga chiqar oldidan
joy yetishmasligini bahona qilib, o'g'rilarning yaxshi
toifasi, ularning o'z nazarlarida shikast yetkazmaydi-
gan toifasi bilan birga bo'lishimizni aytdilar.
Jallodning yaxshisi qaysi-yu yomoni qanday bo'la-
di, nima qilganda ham jallod jallod-da! O'g'rilarning
qandayligi, ularning fellarini etapma-etap bir necha
marotaba birga bo'lib, juda yaxshi bilib qolgan siyo-
siy mahbuslarning bu noroziliklari foyda bermadi.
Soqchilar avtomat va itlar bilan qushxonaga kelgan
moldek hammamizni haydab kayutalarga tiqa bosh-
ladi. Qayerga qochasan. Senda nima ixtiyor!
Bizlarni kemaning pastki xonasiga tiqishdi. Bosh-
liqlar bezarar, deb maqtagan o'g'rilar birinchi kunda-
|