Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

Shukrullo 
bir muncha tajriba orttirib qolganim uchun menga 
malum edi. Garchand ular qayerdan kelganimni 
so'rasalar ham bejo ko'zlari narsalarimda bo'lib, ni-
yatlari menda nima borligi, pullarim bo'lsa qayerdali-
gini bilish, uni boshqalar egallab ketmasdan oldinroq 
o'zlari egallash edi. 
Men Mamad ismli, qo'liga tasbeh ushlagan xush-
bichim mo"ylab q o l g a n , kiyim-boshi durustgina kav-
kazlik bilan qo'shni bo'lib qoldim. O'zimning kimli-
gimni aytdim. Menga yaxshi muomalada bo'ldi. 
Men uning kimligi bilan ortiqcha qiziqqanim yo'q. 
Bunday qilish ham xatar edi. Chunki «stukach» 
(mahbuslar orasidagi gap o'g'irlovchi josuslar)likda 
sendan shubhalanib qolsalar yoki uning raqiblari 
seni u bilan do'st deb oyiasalar, bu ham hayoting 
uchun xatarli bo'lishi mumkin edi. 
Mamadning kimligi, nimaga qamalganligini surish-
tirmagan bo'lsam ham, atrofdagi mahbuslarning 
unga munosabati, menga esa o'zining: «xotirjam bo'l, 
gardash», deyishidan uncha-munchasi bunga yaqin-
lasha olmasligi sezilib turardi. Ammo yaxshi gapirib, 
uning o'zi ham narsangni qoqib olishi hech gapmas. 
Chunki o'g'rilarning bir toifasi yashirib emas, olding-
ga kelib mana shu narsangni ber yoki arzimagan bir 
narsani ko'rsatib shunga almashaylik deb ochiqcha-
siga so'rab oladi. Bermay ilojing ham yo'q. Zo'r bo'l-
sang, kuching yetsa olishasan, bo'lmasa... 
Mamadning vajohatidan siyosiy mahbus emasligi 
aniq edi. Demak... Bu sharoitda eng to'g'ri yo'l, mu-
omalasiga qarab muomala qilmoq. Ehtiyot bo'lmoq! 
Krasnoyarsk peresilkasi ittifoqdagi eng yirik peresil-
kalardan. Bunda minglab odam joylashadigan o'nlab 
baraklar bor. Butun lagerlarga - Abakan, Narilsk, Ka-
lima, Varkuta, Tayshet - hammasiga, shimoldan tortib 
Uzoq Sharqqacha mahbuslar shu yerdan jo'natiladi. 
Men biror tanishni uchratarmikanman degan ni-
yatda ikki-uch kundan keyin baraklarga nazar sol-


«Kafansiz ko'milganlar» 
_ _ 135 
moqchi boldim. Axir, men bilan sudlangan Shuhrat, 
Mirzakalon, Hamid Sulaymon va boshqalarning bi-
rontasini sudda ko'rib, ajrashganimcha ko'rganim 
yo'q edi. Ko'rarmikanman degan umidda, ammo 
afsuslar bo'lsinki, bir barak ichiga qadam qo'ygan-
dim, inson bolasining xayoliga kelishi mumkin bo'l-
magan vahshiylik ustidan chiqib qoldim... Vahima-
dan orqaga qaytmoqchi bolib qadam qo*yishim bilan 
eshik oldida turgan ikkitasi yo'limni to'sib to'xtatdi. 
Bo'layotgan bu voqeaga qarab chidab turib bo'lmas-
di. Dodlashning esa iloji yo'q edi. Hattoki men emas, 
kattakon barakda, qancha odam bor edi, bilmadim, 
birortasi sado chiqarmasdi. 
Barakning o'rtasida ikki-uch odam bittasining 
qo'l-oyog'idan ushlab, ko'tarib tepaga otardi. Yerga 
tushgandan keyin, tipirchilashiga qaramay, yana 
ko'tarib otishardi. Tipirchilardi-yu, ammo ovozi chiq-
masdi. Og'ziga nimadir tiqilgan edi. Bu ahvol bir ne-
cha bor takrorlanib, uni yarim o'lik bo'lganiga ishon-
ganlaridan keyin barakdan chiqib ketdilar. 
Men umrimda xayolimga kelmagan bu dahshatdan 
bir nafas es-hushimni yo'qotgancha, nahotki yigir-
ma besh yil shular bilan yashayman, deb oyiardim. 
Nahotki!.. Yarim olik bo'lib yotgan bu bechora odam-
ning gunohi nima edi? Qimorda yutqazganmi, yoki 
sheriklarini sotganmi? Yoxud o'g'rilar bilan olishmoq-
chi bolgan qaysarroq siyosiy mahbusmidi? Bu sir edi. 
Mahbuslikning azoblaridan yana biri shuki, dard-
lashishga ishonarli dardkash topolmaysan. Qamoqda 
ham erkinlik yo'q. Ko'nglingdagi gapni aytolmaysan. 
Qamoqda ham seni kuzatadilar. Mahbuslar orasida 
ham gapingni maxsus bolimga yetkazguvchilar boladi. 
Yigirma besh yil berib qo^ibdi, bundan ortiq nima 
bo'lardi, demoqchi bo'lsang, xato qilasan. Sovetlarga 
qarshi gaplaring uchun yana ham og'irroq ishlarga 
qoyishlari, omon qolishing gumon bo'lgan lagerlarga 


136 Shukrullo 
yuborishlari, bola-chaqangga xat yozishlardan mah-
rum qilishlari mumkin boladi. Bir kunni uch kunga 
hisoblaydigan lagerlar ham bor degan gap agar rost 
bo'lsa, demak, 25 yilga hukm qilinganlar 7 - 8 yilda 
qutulib chiqishi mumkin. Ozodlikka chiqib, olmay, 
diydor ko'rishga birdan-bir umid qilsa bo'ladigan 
narsa, chin bo'lsa - shu! Eshitishimcha bu imtiyoz 
ham hamma lagerlarda, hamma mahbuslarga berila 
bermas ekan. 
Xo'sh, meni qayerga, qanday lagerga olib borisha-
di? Bir kunlik mehnatingni uch kunga hisoblaydi-
ganigami, yoki katerijnisigami? Bordi-yu bir kunlik 
mehnatingni uch kunga hisoblaganlarida ham qo'lim-
da biror hunarim yo'q, xo'sh, men nima ish qila ola-
man? Peresilkada qolgan kunlarim bu azoblardan 
qanday qilib qutulish haqida xayol surarkanman, Ol-
maotadan mening vagonimga chiqib, bir necha kun 
men bilan birga bolgan qozoq yozuvchisi Qayum Mu-
hammadxonovning asoslimi, asossizmi taskin beruv-
chi gaplarigina dalda berardi. Cho'kayotgan odam so-
mon parchasiga ham tirmashadi, deganlaridek, unga 
ishongim kelaberardi. Bundan boshqa nima iloj! Bu 
bezorilik, xunrezliklardan umidsizlikka tushmay, bir 
nafas bolsa ham senga darmon boladigan narsa, 
rostmi yolg'onmi mana shunday to'qilgan gaplar edi, 
xolos. Lekin bunday oldi-qochdi gaplarni ayrim mah-
buslar shu qadar asoslab, xuddi o'zlari bosh-qoshida 
bolgandek gapirardilarki, bir dam bolsa ham ishon-
may ilojing qolmasdi. Ayniqsa, mendek 25 yilga hukm 
qilingan Muhammadxonovning gaplariga hozirgi ho-
latda ishonmay ilojim yo'q edi. Chunki u o'z gaplari-
ni shunday ishonch bilan, dadil aytardiki, hatto har 
bir xatti-harakati, butun ko'rinishi ham buning asosli 
ekanini tasdiqlardi. Ko'rinishidan basavlat, oq yuz-
li bu odam mening nazarimda qamoqdan chiqqanga 
o'xshamasdi, hatto u ko'rpa-yostig'ini orqalab bizning 



Download 1,31 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish