Do'zaxning ikkinchi qopqasi




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

Do'zaxning ikkinchi qopqasi 
Saratonning avji jazirama issig'ida qizib yotgan qi-
zil vagonlarda Toshkentdan jo'nab, Krasnoyarsk pe-
resilniy punktiga borgunimizcha bir haftami, o'n kun 
yo'l yurdikmi, bilmadim, bu orada yana qaysi pere-


132 Shukrullo 
p ^ P -
silniy punktlariga tushdik, kimlar bilan uchrashib, 
kimlar bilan xayrlashdik, birortasi esimda qolmadi. 
Negaki, poyezd jilishi bilan butun dunyo ko'zimga qo-
rong\i ko'rinib, ko'ngilga Toshkentda qolganlar-u ke-
lajak taqdirimni o'ylashdan o'zga hech narsa sig'may 
qolgandi. Endi qachon yana ona yurtim, bola-chaqa, 
qarindosh-urug'larim bilan diydor ko'rishaman! Qay-
ta ko'rishish nasib boladimi, yo'qmi, butun xayo-
lim o'shanda edi. Hattoki qizil vagonga urib tiqilgan 
odamlarning saraton issig'ida sasib-bijg'ib ketishlari, 
suvsizlik, oyoq uzatadigan joy yo'qligi, istagan vaq-
tingda hojatga chiqish imkonidan mahrumliklar ham 
bu ayriliq azobi oldida hech gapdek tuyilib qolgan edi. 
Taxminan Toshkentdan chiqqanimning ikkinchi 
haftasi bo'lsa kerak, Krasnoyarsk pereselniy punkti-
ga olib keldi. Bu yerga kelganimdayol-yo'lakay bosh-
dan kechirgan azob-uqubatlarimu, hatto, Toshkent 
peresilniy punktida ko'rgan fojialarim ham - hamma-
si unutilib ketdi. U kunlarga ham shukr qilib qoldim. 
Krasnoyarsk peresilniy punktida ko'rganim 
qirg'in-urushlar, kuppa-kunduz kuni bir-birlarini 
ko'z oldingda oldirishlar, ayniqsa undan keyingi Shi-
moliy muz dengiziga tutashgan Taymir yarim oroli-
ning Dudinka portiga borgunimcha barjadagi o'n-o'n 
besh kun ichida boshdan kechirganim vahshiyliklar 
aslo aqlga sig'dirib bo'lmasdi. 
Krasnoyarsk peresilniy punktini KGB ichki qa-
moqxonasidan keyingi do'zaxning ikkinchi, haqiqiy 
qopqasi desa boladi. Xudo qarg'agan bandalarigina 
bu yerga keladi. Ajalingdan besh kun ilgari olib ke-
tish hech gapmas! 
KGB qamoqxonasida tergovchilar qiynasalar ham, 
nazoratchilar xo'rlab, bir nafas ko'zingni yumishga 
qoymasalar ham, ammo, hukm qilingunicha o'zini 
o'zi o'ldirib qo^masin deb sening hayotingni qo'riqlab 
har daqiqa nazorat qilishardi. Bordi-yu o'lim jazosi-


«Kafansiz ko'milganlar» _ _ 133 
ga hukm qilinishingni bilganlarida ham, seni otishga 
o'zlari xumordek ehtiyot qilardilar. Hatto sen o'zing 
ham har holda hukm qilgunlariga qadar qandaydir 
umid bilan o'lmasligingga ishonib yasharding. En-
di-chi! Peresilniy yoki barjada bitta kiyiming, yoki 
o'g'rilarga yoqqan biror narsang uchun ular seni tala-
salar, o'ldirsalar hech kim surishtirmaydi. Bu yerda-
gilarning hammasi bir-biriga begona. Hatto o'g'rilar 
ham bir necha toifaga bo'linadilar, ular ham o'zaro 
bir-birlariga yov. 
1952-yilning iyul oyi boshlarida meni Krasnoyarsk 
o'lkasiga olib kelishdi. Bu yerga tushda yetib kelishi-
mizga qaramay, kun issig'ida vagonlardan ne uchun-
dir tushirmay ovqat ham, suv ham bermay kechgacha 
qamab o'tirdilar. Peresilniy punktga olib kelganlarida 
yarim kechaga yaqin edi. Shunda ham ichkariga kiri-
tish oldidan hammamizni odat bo'yicha mol sanagan-
dek birma-bir sanab, kimligimiz, jinoyat moddalarni 
so'radi. O'rnimizdan turib, yurishga ijozat berib, zo-
naga kirish oldidan bir-birimiz bilan gaplashmaslik, 
shovqinlamasligimizni tayinlab, buguncha hammom 
binosiga yotishimizni, aksincha, o'g'rilar narsalari-
mizni talashliklari mumkinligini ochiq aytib o'tishdi. 
Bizlarni hammom binosiga joylab, ustimizdan qulf-
lab ketishlariga qaramasdan, oradan ko'p o'tmay, 
aytganlaridek, eshiklarni ochib kirish, tuynuklardan 
tushishga urinishlar bo'la boshladi. Yo'l azobi, cha-
la-chulpa uyqu, ming xil qiynoq xayollar bilan tong 
ottirdik. Ertasi kuni bo'lib-bo'lib baraklarga kirgizish-
di. Hali yuklarimni joylashtirishga ulgurmasimdanoq 
atrofimda Toshkent peresilkasidagi kabi «mehribon-
lar» paydo bo'lib, nimaga qamalganim, etap qayerdan 
kelganini so'ray boshladilar. Albatta, bu tabiiy bir 
hoi. Kimdir o'z tanish bilishini, kimdir biror yangilik-
lar borligini bilishga qiziqadi. Ammo mening atrofim-
dagilarning maqsadi nima ekanligi, keyingi vaqtlarda 


134 

Download 1,31 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish