«Kafansiz ko'milganlar» 127
— - - • — - - - - ^ ^
«Urush chiqaradigan rostdan murosaga keltiradi-
gan yolg'on afzal», deganlaridek, bu gaplar bir nafas
bo'lsa ham senga umid bag'ishlaydi.
Toshturmadan jo'natishlari oldidan oilam, qarin-
dosh-urug'lar bilan ko'rishadigan kunimda mana
shunday gaplar borligini xotinim, bolalarimga aytib,
yaqin orada diydor ko'rishishga umid uyg'otmoqchi
bo'lardim.
Nihoyat Toshturmadan jo'nab ketar oldidan uyim-
dagilar bilan diydor ko'rishib, xayrlashishga ruxsat
bo'ldi. Ko'rishishga ko'rishdigu, ammo ming afsus
ham yedim, dilimga achchiq alam ham soldi. Buni as-
lida ko'rishish emas, abadiy vidolashuv, desa to'g'ri-
roq bo'lardi. Xayrlashuvga kelganlar orasida xotinim-
dan tashqari eri xalq dushmani bo'lib qamalib ketgan
opam bechora ham bor edi. Eridan ayrilish azobini
tortib, adoyi tamom bo'lgan opam, o'zining g'ami
yetmagandek, mening g'amimga ham sherik bo'lib,
endi men bilan xayrlashishga kelgan edi. Balki bu
so'nggi ko'rishishdir, shunga qaramay, seni ko'rgani
kelganlar bilan bag'ringga bosib, xayrlashish imkoni
ham yo'q edi. Oraliqda bir metrcha ochiq joy qoldirib
ikki tomoni to'r simdan qilingan devorlar ortidangina
bir-biring bilan bor-yo'g'i 1 0 - 1 5 daqiqagina gapla-
shib olishing mumkin edi. Nimani ham gaplashasan?
O'ttiz yilga hukm qilingan odam sen nima derdingki,
ular nima deya olardi.
Erining hijronida ado bo'lgan, endi Xudodan ti-
lab-tilab olgan yolg'iz ukasidan ajralish dardida ku-
yib ketgan, alamzada opamning jovdiragan ko'zla-
riga, za'faron yuzlariga boqqanimcha umid va yoki
darmon bo'lguvchi so'z aytishga tilim aylanmay qol-
gan edi. Opam esa:
- Opang o'rgulsin. Xudoning rahmi kelsin, ota-bo-
bomning arvohi yor bo'lsin, - deyishdan boshqa gap
aytolmasdi. Butun istaklari, butun vujudi ko'z yosh-
f
128 Shukrullo
lari bo'lib oqardi, Xudoyo Xudovando, tuhmat qilgan-
lar, niyatiga yetmasin, derdi. Opam takror-takror duo
qilardi, takror-takror kimlarnidir qarg'ardi. Uning yo-
nida turgan xotinim esa ko'zlarida yosh, xuddi be-
hushdek jim edi. Go^o uning butun dardlarni opam
aytgandek, faqatgina u:
- O'zingizni o'ylang, bizlardan tashvish qilmang,
bolalarni xor qilib qoVmayman, xat yozib turing, ah-
volingizni m a l u m qilib tursangiz bas!..
Yana nimalar dedi, qulog'imga kirmadi. Chunki,
uning mehr bilan aytgan bu so'zlari, yoki judolik ol-
dida menda uyg'ongan rashk sabab bo'lib ko'zlarim-
ga har galgidan ham go'zal ko'rinib, qalbimga kutil-
magan qiynoq ham solib q o l g a n edi.
Bu ko'rishuv cheksiz dard, xotiramda eng og'ir
daqiqa bo'lib qoldi. Uni hayotimdan ham ortiq sev-
ganligim shu ayriliq oldida yana bilindi. Bilindi-yu
yuragimga o't solib qo'ydi. Shu fursatda menda sevgi,
vafo, sadoqat, riyo, xiyonat - hamma-hammasi dah-
shat va quvonchlari bilan yopirilib kelib, bo' so'zlarni
goyo endi eshitayotgandek, haqiqiy mohiyatini endi
his etayotgandek holat paydo bo'lgan edi.
Men ularga taskin berish uchun, mahbuslar ora-
sida yurgan 25 yil muddat besh yilga kamayarmish,
yaqin orada siyosiy mahbuslarga avf umumiy elon
qilinarmish, yangi jinoiy kodeks qabul qilinarmish
kabi gaplarni aytib, tez orada diydor ko'rishishga
umid uyg'otgunimcha bo'lmay, nazoratchining mud-
dat tugadi, ketinglar, tugatinglar, degan beshafqat
do'qi bilan ajralishdik. Ko'z yoshlar, faryod bilan aj-
ralishdik.
Alvido, ona yurt, alvido Vatan,
Bolaligim kechgan yerlar alvido!
Qaysi gunohimga bit kuyga soldirig,
Qaysi qilrnishimga, ey qodir Xudo!
|