Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlar» 
129 
faftfSc 
Bugun men nuri diydalarim, bola-chaqalarim, se-
vikli yorim, mushfiq-u mushtipar, jabrdiyda opam-
dangina emas, yoshlik xotiralarim, quvonchlarim, 
ona yurtim bilan, qayta ko'rish nasib etadimi, yo'qmi, 
butun baxt-u sevinchim bilan ziyoratgohim bo'lgan 
ota-onam xoki yotgan muqaddas tuprog'imdan man-
guga judo bo'lib, xayrlashar edim. 
Oradan bir kun o'tgach, yuzga yaqin mahbuslarni 
yuklari bilan toshturmaning hovlisiga yig'ib, o'tirish-
ni, ijozat bo'lmaguncha qimirlamaslik, o'rindan tur-
maslikni buyurdi. Jazirama, saraton oftobida kuydi-
rib soatlab o'tkazib qo*ydi. Ikki yilga yaqin qamoqda 
o'tirib oftob issig'iga o'rganmagan, bequwatlikdan 
qonsiz, oqi-sarig' bolib qolgan yuzimga xuddi cho'g' 
bosgandek achishar, ko'ngil behuzur edi. Tomoqlaring 
qaqrab tashnalikdan sulaysang ham, hojatga chiqish 
zarurati tug'ilgudek bo'lsa ham avtomat ushlab atro-
fingni qo'riqlab turgan soqchilar, sendan ko'z uzmay 
tashlangudek bolib akillab turgan ovcharka itlar o'r-
ningdan qimirlashga qo^masdi. Ruxsatsiz bir qadam 
tashlashga, og'iz ochib biror talab qo'yishga haqqing 
yo'q. Sen jazoga, ha, sud hukmi bilan jazolanishga 
hukm qilingansan. Agarda sen saraton oftobimi, och-
lik, yoki 50 - 60 darajali qahraton qishning sovug'iga 
bardosh berolmay olsang, buning uchun hech kim 
javobgar emas, chunki sen berilgan jazoga chida-
shing kerak edi. 25 yillik jazoga bardosh berolsang, 
ozodlikka erishasan, sudning hukmi shu! Yaxshiki, 
toshturma hovlisida saraton oftobida ko'ngling behu-
zur bo'lib holsizlanyapsan, Bu sening baxting! Agar-
da shunday ahvol 50 darajali sovuq, bo'ronda yoki 
50 darajali jazirama, 15 kilometrlik joyga transport 
bo'lmay piyoda haydagan vaqtida ro'y berib orqada 
qolsang, eng oson chora, buni qochish hisoblab, otib 
tashlaydilar. Chunki sen jazoga mahkum, huquqdan 
mahrum odamsan. Agar sen o'lmay, tirik qolib, bir 


130 _____ ___ _ _ _ Shukrullo 
kunmas bir kun yorug' kunlar kelib ozodlikka umid 
bog'lasang, har qanday jazoga chidashing kerak. 
Bu gaplarni go*yo men emas, menga hamroh bo lib 
toshturma hovlisida jaziramada men bilan yon-
ma-yon o'tirib, yillab qamoq azoblarini tortib chiniqib 
ketgan andijonlik Yorqin aka aytgandek edi. 
Shu orada qandaydir papkalar kotargan turma 
boshliqlari bittama-bitta ismi sharifimiz, jinoiy hukm 
moddamiz, necha yilga hukm qilinganimizni turg'izib 
so'rab, lagerga olib ketuvchilarning ixtiyoriga sanab 
topshira boshladi. Bizlarga qoyilgan jinoiy modda 58 
ekanini aytganimizda, odam oldirib, o'g'rilik bilan qa-
malganlar o'zaro bizlarni ko'rsatib, bir-birlariga bular 
siyosiylar, fashistlar, degani qulog'ingga chalinib qolar-
di. GoVo ular xalq do'stlari-yu bizlar xalq dushmanlari. 
«Tashkent-tovarniy» stansiyasiga olib kelib «Chyor-
niy voron» («Qora qarg'a»)dan tushirgach, hammamiz-
ni yerga o'tirishga buyruq berib, yana otamiz, o'zimiz-
ning ismimiz, qoyilgan jinoiy moddamiz, necha yilga 
hukm qilinganimizni so'rab, xuddi mol sanagandek 
birma-bir hisobdan o'tkazardi. Ayrim joylarda ba'zan 
soatlab turib qolsak, ba'zan, yov quvgandek, qani, 
qani, tez-tez b o l , - deb yurishga shoshirib, - bir qa-
dam safdan chetga chiqish, qochish hisoblanib ogoh-
lantirmasdan o't ochiladi, - deb talcidlashardi. 
Bu gapni birinchi eshitayotgan bemorlar, keksa-
lar yelkalarida yuki bilan kunning issig'ida tomoqlari 
qaqrashiga qaramay vahimada oyoqlarini zo'r bilan 
sudrab kilometrlab y o l bosishardi. 
Yuzlab mahbuslarni oftobda qizib yotgan qizil va-
gonlar oldida to'xtatishdi. Shu fursatda bizlar chiqa-
riladigan vagonlar tomonga «ana ular, xuddi o'shalar» 
deb temir y o l shpallari ustida yugurib kelayotgan 
odamlar paydo bo'la boshladi. Bular toshturmada 
diydor ko'risholmagan, qayoqqadir bugun jo'natili-
shidan xabar topib otasi bilan, farzandi, yoki eri bi-


«Kafansiz ko'milganlar» 131 
lan gaplashish imkoni bolmasa ham uzoqdan diydor 
ko'rib qolish uchun kelgan odamlar edi. Konvoylar 
esa bularni itlar bilan qo'rqitib, so'nggi marta bir og'iz 
so'zini aytishga ham yaqinlashtirmasdi. 
Bu vagonlarga qancha odam sig'ishiga qarab 
emas, mahbuslarning soniga qarab, bir odam sig'a-
digan joyga o'n, o'nta odam joylashadigan joyga yuz 
odamni urib-tiqib chiqarardi. Joy topib joylashishi u 
sening o'zingga bogliq. O'tirib ketasanmi, yotib keta-
sanmi, konvoylar bunga emas, sanab qancha mah-
bus olgan bo'lsa tayinlagan joyga shuncha mahbusni 
yetkazishga javob berardi. 
Kuzatuvchilarning dod-faryodlarining o'rnini va-
gonlarning zarb bilan siljishi, chinqirib uzoqlashishi 
egallay boshlagan edi. Go"yo bu ona yurtidan ayril-
gan bizlarning chinqiriq, faiyodlarimiz edi. 
O'z yurtimizda ko'rgan bu azob-u ko'rgiliklar ham 
halovat ekan. Do'sti-yorlaring, ona yurting, senga joni 
achigan qarindosh-uruglaringning nafasi sezilardi. 
Ularning yoningda borligini sezish ham darmon 
bolarkan. Doding ularga eshitilib turgandek taskin 
toparkansan kishi. Haqiqiy tutqunligimiz, butun erk-
sizligimiz, haqiqiy do'zaxning eshigi hali bizlar olib bo-
riladigan lagerimizga yetmasdanoq Krasnoyarsk pere-
silniy punktlaridan boshlandi. Bu yerdagi bolayotgan 
vahshiyliklarni birinchi bor ko'rgan odam 25 yilni o l -
may tugatish emas, ayniqsa, bizdek ziyoli mahbuslar 
bir yil, ikki yil omon yashashga ham ishonchini yo'qo-
tardi. Bu yer do'zaxning ikkinchi qopqasi edi. 

Download 1,31 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish