«Kafansiz ko'milganlar» 137
1
-W.4.
vagonga chiqqanda ham qiyofasidan qamalgan odam-
ning tashvishi aks etmagandek ko'rindi. Kundalik
hayotdagidek men bilan mu >malada boldi. Hatto u
o'zinigina emas, boshqalarning ham, shu jumladan,
mening ham dushmanligim, yigirma besh yil qamoqda
yotishim mumkinligiga ishonmasdi. U:
- Yigirma besh yil! Bo'lmag'ur gap! Yigirma besh
yilda yo eshak o'ladi, yoki podsho, deganlaridek ha-
yot ham, siyosat ham bir xilda turmaydi-ku, oqsoqol!
Ayniqsa, bizda nima ko'p, rahbarlarning almashuvi
ko'p. Bugun Yagoda rahbar bo'lsa, ertaga u dushman,
o'rniga yejov bo'ladi. Mana yejov dushman bo'lib fosh
etilgandan keyin, u qamagan odamlar oqlanib, o'rni-
ga Beriya boldi. Kim biladi, buning o'rniga boshqasi
kelsa, oldingisini o'zini qamab siz bilan bizni noto'g'ri
ayblangan deb chiqarib yuborishi hech gap emas. Siz
bilan men - shoirlarmiz. Men Qozog'iston respublika-
si gimnining muallifiman. Siz bilan mening sovet hu-
kumatiga qarshi asarimiz yo'q! Nimamiz dushman!
Bundan tashqari, yaqinda eshitgan gapim shu bol-
diki, kodeks ham o'zgararkan, amnistiya bo'larkan,
juda bo'lmaganda qamoqdan bir kunni uch kunga
hisoblab chiqarishi, bu aniq, - derdi.
Meni nimaga qamaganlarini surishtirib bilgach,
xuddi qonunshunosdek:
- Bular hammasi bo'lmag'ur gaplar, lagerga ye-
tib olgach, Moskva - generalniy prokuror, SSSR Oliy
Sudi, Oliy Sovetga shikoyat yozsak, o'shalarga yetib
borsa boldi, ishimizni qaytadan ko'rib, chiqarib yu-
borishadi, - deb meni ishontirardi.
Bu gaplarni u menga taskin berish uchunmi, yoki
o'zi ishongani uchun aytarmidi, bilmadimku, yaxshi
ishlasang, qamoq rejimini buzmasang bir kunni uch
kunga hisoblashlari mumkin deganida, boshqalar-
dan ham bu haqda eshitganim uchun ishongim kel-
^ ^ ^ ^ Mnskvaea, bosh prokuror, Oliy sudga
138 Shukrullo
^
"
"
yozsak, shikoyatimiz yetib borsa bas, chiqarib yubo-
radi, yoki qamoq muddatini qisqartiradi, degan gapi-
ga mutlaqo ishonib bolmasdi. Bular bari tagi puch,
oyianmay aytilgan gaplar edi.
Chunki qamalganimning dastlabki kunlarida men
ham xuddi shunday umidda, shunday fikrda edim.
Ammo suddan keyin, ayniqsa, yuzlab, minglab qay-
ta-qayta qamalganlar bilan uchrashib, ularning hiko-
yalaridan keyin bu fikrim butunlay xato ekanini anglay
boshladim. Axir, bitta bizlar emas, shuncha-shuncha
qamalib, otilib, yigirma besh yilga qamalib ketayot-
ganlarni nahotki, Moskvadagilar bilmayotgan bo'lsa,
bexabar bo'lsa! Nahotki, respublikadagilar Moskvada-
gilardan bemaslahat, o'z erklaricha odamlarni qama-
yotgan, bu ishlarni qilayotgan bolsalar!
Muhammadxonov bilan bir necha kun yo'lda bir-
ga bolgan kunlarimizdagi gaplarni eslab, oyiarim-
ni oxiriga yetkazmasimdanoq, birdaniga peresilniy
punktning hovlisidan o'nlab odamlarning baqiriq-
chaqiriqlari, ur-sur, to'polon ovozi eshitilib qoldi.
Men yonimdagi Mamadga bu nima gap, eshityapsan-
mi, degandek qaradim. Ammo u esa eshitgan bolsa
ham hech narsa bolmagandek, to'palonlar, qirg'inlar
bunday sharoitda tabiiy bir hoi degandek yastig'iga
yonboshlab tasbehini beparvo o'giraberdi.
A m m o men ahvolni bilmoq bo lib asta tashqariga
chiqdim. Tashqarida o'ttiz, qirqqa yaqin odam o'zaro
qirg'in qilishardi. Bir tomonda yaxshi kiyingan, oyoq-
larida xirom etik, harbiy kiyim kiygan 1 0 - 1 5 polyak
ofitserlari, ikkinchisi tomonda ularni talamoqchi b o l -
gan bir to'da o'g'rilar qollariga tushgan narsa bilan,
tayoqmi, toshmi, hovlidagi vitrinalar, hatto barakda-
gi narsalar borms (karavotlarni) buzib, bir-birlarini
urardilar. Birovlarning ko'zi chiqqan, birovlarning
boshi yorilgan. Yiqilganlarni ayamay holdan ketgun-
cha tepaverdilar.
|