Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

• Kcifansiz ko'milganlar» 
141 
yoq qiliq ko'rsata boshladilar: ko'ngillari xushlagan 
joyni egalladilar. Siyosiylarni hojatga chiqish uchun 
qoyilgan bochkaning yonidagi joylarga, issiqdan na-
fas olib boTmaydigan burchaklarga tiqib qoydilar. 
Tepadan yog'och chelaklarda uzatilgan ovqatlarni 
taqsimlash ham o'shalarning qo'llariga o'tdi. Qamoq-
tiing ovqati malum. Ammo shuni ham xohlagancha 
taqsim qilish o'shalarning ixtiyorida: yog'lig'ini o'zi-
ga olib, yovg'onini boshqalarga beradi, agar shuyam 
qolsa... Qarshilik qilish befoyda. Kemaning pastki, 
qorong'i qavatida seni bo'g'ib, mollaringni talashla-
ri hech gap emas. Ular bilan sen teng bo'lolmaysan, 
o'rganmagansan, bundan tashqari siyosiylar 30 - 40 
kishi bo'lsa, ular ko'pchilik edi. Yigirma besh yil shu-
lar bilan birga umr kechiradigan bo'lganingdan keyin 
qaysinisi bilan olishaman! Axir, bular tasodifan jino-
yatga qo'l urib qamalgan odamlar bo'lmay, aksincha, 
ozodlikda ham, qamoqda ham mehnat qilmay qarta, 
qimor oynab, birovlarni talash hisobiga yashaydigan 
odamlar edilar. Erkinlikda odam o'ldirish, o'g'rilik qi-
lish xavfliroq; qolga tushsang qamashadi. Ammo bu 
yerda-chi, kim-kimni o'ldirganini surishtirishmaydi. 
Odam o'ldirish, bir-birlarini talash bu yerda bema-
lol. Savdo, xo'jalik sohasida ishlagan boyvachcharoq 
odamlar, yoki siyosiy mahbuslar, uylaridan tuzukroq 
kiyim-kechaklar, yemish olishlari mumkin. Ammo 
bular-chi?! Boshqalarda bo'lsa, demak, ularniki! 
Qanday qilib tortib olishni yaxshi bilishadi. 
Qamoq degan shunday bir joyki, bu yerda bir-ikki yil 
umr kechirgan, ayniqsa uzoq muddatga hukm qilingan 
siyosiy mahbuslarning ko'ngliga na kiyim-kechak, na 
yaxshi yeyish-ichish sig'ardi! Bu do'zaxdan, bu shay-
tonlardan qutulib omon qolishni oyiardi, xolos. 
Birinchi kechamiz tinch o'tdi. Boshliqlar aytgandek, 
birortasi bizlarga tegmadi. Bu tinchlikning sababi er-


142 Shukrullo 
tasiga malum boldi. Buning sababi kechasi bilan shi-
lishni kimdan, qanday boshlash rejasi tuzilgan ekan. 
Bular uzzukun uxlashardi, kechasi, hamma uyqu-
ga ketgandan keyin tunda mo'ljalga olganlari kim-
ningdir qopini, kimningdir chamadonini titishga 
boshlashardi. Hatto ehtiyot qilib shimolning sovug'i-
ga asqotar deb tagingga solib yotganing po'stin nim-
changni ham tortqilay boshlardi. Albatta sen, buni 
sezasan, lekin shu bilan qutulsam bosh-ko'zimdan 
sadaqa, deb yoningga ag'darilib bir ishora ham qi-
lasan, baribir u olmay qo^maydi. Agarda jur'ating 
yetib, ko'zingni ochib, nima qilyapsan, degan taq-
diringda ham, «mahnyom» (o'g'rilarning shevasida 
almashamiz), deydi-da qonuniy qilib o'zining biror 
uvadasini yechib berib, senikini olib ketaberardi. Bu 
bilan qutulmaysan, ertasiga kelib tuguningni titadi. 
Albatta, bir necha peresilkalarda bolib, undagi foji-
alarni ko'rgan odam, qarshilik ko'rsatishning befoy-
da ekanini bilib, bor narsasini berib qutulishga rozi 
boladi. Chunki bular bitta-ikkita bolsa boshqa gap 
edi. Kayutaning yarmidan ko'pini shular egallagan. 
Bularning dastidan na maxorkang, o'rab chakishga 
na qog'ozing qolardi. Albatta, senga qamoqda maxor-
ka o'rash uchun qog'oz bermaydi. 
KGB qamoqxonasidan olib ketishlaridan oldin uy-
dan kelgan yetti so'm pulimga kvitansiya berishgan 
edi. Maxorka o'rashga qog'ozim qolmagach, oz-moz 
bolsa ham xumordan chiqish uchun, o'sha kvitan-
siya qog'ozini bo'lib-bolib, bir necha marotaba che-
kishga yetkazdim, shuni ham ikki-uch chekimligini 
o'g'rilar olib qo^adi. 
Enasoy boylab Turxansk, Igarka orqali Dudinka-
ga yetgunimizcha qancha kun o'tdi, yodimda yo'q, bu 
orada boshliqlar aytgan «bezarar» do'stlarimiz, uydagi-
lar berib yuborgan boshdan-oyoq yangi etik, kiyimlari-
mizni bitta-bitta olib, o'zlari kuyovlardek kiyinib, eski 



Download 1,31 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish