• Kcifansiz ko'milganlar» 153
Gunohi bor odam vijdoni bo'lsa mehnati bilan
emas, o'limi bilan ham gunohini oqlashga rozi bo'la-
di. Har qanday mashaqqat, mehnatga chidaydi, bar-
dosh beradi. Buning huzuri bor. Mashaqqat chekkan
saring gunohing yuvilgandek yengil tortasan, bar-
damlashasan. Ammo bu yerda-chi, qilmagan qaysi
gunohingni mehnating bilan yuvishing kerak! Senga
qilgan tuhmatlari, nomingni aytishdan jirkanib qil-
gan malomatlari uchunmi? Peshona-yu yelkalaring-
ga bosilgan tamg'alar badaligami?
Lagerga kelganimning birinchi kunlaridanoq in-
soniy qiyofadan, ota-onam umid bilan q o l g a n is-
mimdan mahrum qilishib, mahbuslik tamg'asi bo-
sildi. Mahbuslik liboslarini berishdi. Oyoq kiyimi
sifatida o'likdanmi, tirikdanmi qolgan, teshiklaridan
sim o'tkazilgan, eskirib bujmayib ketgan botinka,
yomg'ir-qorda kiyish uchun ming yamoq paxtalik
shim, telegreyka, o'zimga mutlaqo loyiq bo'lmagan
(bu vaqtda vaznim 50 kilogramm atrofida edi), halpil-
lagan, pochalari uzun jomakor, bosh kiyim sifatida
lagerning mashinalari tikkan qalpoq, uning ustidan
kiyish uchun boshlik (buni birinchi eshitishim), bre-
zentdan qilingan qolqoplardan iborat edi. Bu yerning
qoidasi shu: sening ixtiyoringda hech narsa yo'q, ber-
ganinikiyib, berganiniyeysan. Qor-yomg'ir joningdan
o'tsa, yamab-yasqab olish bu sening o'zingga bog'liq.
Kiyimlarni olganingdan keyin qor, yomg'irda ham
ketmaydigan bo'yoq bilan ichki kiyimingdan tortib
ustki kiyiminggacha, hatto bosh kiyim, shimlaringni
ko'rinadigan old qismiga, yelkalaringga noming o'rni-
ga o'zingga qo^ilgan raqamni yozishadi, shu bugun-
dan boshlab ota-onang q o l g a n nom bilan xayrlasha-
san. Seni kimliging shu bugundan boshlab yelkangga
yozilgan raqam bilan yuritiladi, bu seni inson nomi bi-
lan atashga ham munosib ko'rmaslik, odam qatoridan
c.hiqarilganingga ishora edi. Kiyim-kechaklar yamog'i-
154
Shukrullo
ga chidash mumkin, chidaysan, ammo sening inson-
liging, sening qalbingga bosilgan haqorat tamg'asini
kotarish, unga chidash!.. Qaysi gunohimga, qaysi yo-
zuv qilmishimga axir bu haqoratlar!.. Qaysi axir!!!
Sen har qanday jismoniy mashaqqat, har qanday
ruhiy haqoratlarga chidashga mahkumsan!
Otilmay qolgan tirik murdalar deyilishining ma'no-
si ham axir shunda emasmi?! Bu lagerdagi mahbus-
lar posilka olish, uydagilar bilan ko'rishish u yoqda
tursin, bir enlik xat yozish nima degan narsa - shun-
dan ham mahrum qilingan-ku! Sening o'lik-tirikli-
ging, qayerda ekaningni birov bilmasa, shuning o'zi
tirik murdalik emasmi? Til-zaboning bo'lsa-yu di-
lingdagini gapirolmasang, biron dardkashing bo'lma-
sa, imkoniyatlaringning hammasidan birvarakayiga
mahrum bo'lsang, tirikliging, inson bo'lib yurganing
qayoqda qoldi. Tiriklar qabristoni deyilishining saba-
bi shunda emasmi?
Agar bordi-yu nohaq qamaganlarini biror tashkilot-
ga yozgudek bo'lsang u mahalda oilang, yor-birodar-
laring, qarindosh-urug'laringga xat yozishdan mah-
rum bo'lasan. Chunki senga bir, ikki yilda bir marta
xat yozish huquqi berilgan. Nega? Nima uchun?..
Maqsad nima? Bu qiynoq nega? Qarindosh-urug',
bola-chaqang sendan umidini uzsin uchunmi? Jis-
moniy azob yetmagandek ruhiy azoblash uchunmi?
Bu yerda avgustning o'rtalaridan kunlar sovub,
qor yog'ib, qish boshlanadi. Shimolning kishini uchi-
rib ketgudek bo'ronlari boshlanadi. Bir necha oydan
beri botmasdan ufqlarda aylanib yurgan quyosh, endi
butunlay ko'rinmay, olti oylik qutb tuni boshlana-
di. Garchand hozircha quyosh qor bo'ronlari orasida
miltillab ko'rinib qo"ysa ham, ammo butun zulumot,
butun qorong'ulik mening qalbimga, mening o'yla-
rimga cho'kkandi, bir men emas, menga o'xshash ba-
raklarda yotgan ming-minglab tutqunlarning qalbini
|