Mo'jiza
Fotihaga qol ochib duo qilinganda: «Xudoyo Xudo-
vando, quruq tuhmatdan, bevaqt olimdan hamisha
o'zing asra, do'zax azoblarini hech bandangga ko'r-
satma», deb niyat qilinardi. Gunohkori osiy bandalar-
ni u dunyoda muz do'zaxdan olov do'zaxga, goh olov
do'zaxdan muz do'zaxga tashlab, yolg'onchi-yu, tuh-
mat qilganlarning tilini ilon-chayonlarga chaqtirib,
vujudini kanalarga talatarkansan, Parvardigor, ammo
men yashayotgan bu lagerning undan farqi bormi!
Men senga nima gunoh qilaqoluvdim, Parvardigor!
Qirq, ellik daraja kun issig'ida yonib yotgan temir
vagonda 100 - 150 odam tiqilib, uning ustiga o'zi
o'tirgan tuvakning sassig'ida, haftalab qultum suvga
zor bo'lib yashasang, bu qaysi do'zax azobidan kam!
«Kafansiz ko'milganlar»
_ _ 165
Bunga noshukrchilik qilsang, dunyoning bir chekka-
sidagi o'n bir oy qish, 50 - 60 darajali sovuq, bo'ron
bo'ladigan, olti oy tun, quyosh ko'rmaydigan joyga
tashlasalar, yil boyi kana-yu qandala, burgalar uyqu
bermay talasa, bundan boshqa yana qanday do'zax
bo'ladi? Do'zax azobining o'zi shu emasmi?
O'zing qilmagan ishlarni qilding, rostni yolg'on
deb, tuhmat qilgan tergovchi-yu sudlarni jazolamay,
nega begunoh, haqiqatni aytgan mehnatkash, halol
bandalaringni bu kunga solding, Parvardigor!
KGB qamoqxonasidagi qandala, burgalar chaqi-
shidan qutuldim desam, mana endi undan battariga
mubtalo bo'ldim. U yerda qaynoq suv quyib qandala-
larni yo'qotardik, bu yerda uch qavatli narlarga suv
quyib bo'ladimi? Bu yerda kana, qandalalarga qar-
shi kurashning birdan bir chorasi faqatgina deraza,
eshiklarning teshiklarini suvab, bir kecha-kunduz
oltin gugurt tutatish. Ammo, uning ko'rpa-yostiq-
larning mag'zi-mag'ziga singib ketgan, dimog'larni
achituvchi sassig'idan uxlab bolmasdi. Sassig'i ko'r-
palardan haftalab arimasdi. Derazalarni esa ochib,
barakni shamollatishning iloji yo'q, chunki tashqari
50 - 60 daraja sovuq, bo'ron. Umuman bu yerda yil
boyi derazalar ochilmaydi. Qish boyi qoningni kana
so'rsa bir necha haftalik iliq kunlarda esa torf bot-
qoqzorining chivinlari talab, ko'zingni ochirmaydi.
Bir tomondan kechagina tutatilgan oltingugurtning
sassig'i, bir yoqda xayol azoblari... Tuni boyi uxla-
may, tongga yaqin endigina ko'zim ilinganda, niho-
yat da vahimali tush ko'rib uyg'ondim.
Uyg'onganda ham ko'z yoshlarim bilan yiglab,
Qur'on o'qib uyg'ondim.
Tushimda Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasasi-
mish, kuppa-kunduz kuni. Birdaniga qibla tomon-
dan qop-qora bulut yopirilib, butun atrofni bir nafas-
da qorong'ulik bosib ketganmish. Bulut bilan birga
166 Shukrullo
shunday bir bo'ron turganmishki, oyog'imni yerdan
uzib meni uchirib ketibdi. Agar bir joyga olib borib
urgudek yoki tashlab yuborgudek bo'lsa bormi, par-
cha-parcha bo'lishim turgan gap. Men bor kuchim
bilan tepalikdagi «Tikonli mozor» degan qabriston-
ning bir burchagidagi Avaz devonaning g'origa kirib
jon saqlab qolish uchun uning yonidagi tolni ushlab
olishga intilarmishman. Bo'ron esa o'z holimga qo^-
may, osmonga uchirib ketarmish. G'or yonidagi tolga
zo'rg'a yaqinlashib, hali unga yopishib olgunimcha
ham bo'lmay, shu mahalda bulutlar orasidan, xuddi
tanasi buzoqdek, har bitta qanoti quchoqdek keladi-
gan qop-qora qush paydo bo'lib, changallarini yoyib
men tomon tashlanmoqchi bo'lib kelaboshladi. Uni
ko'rdim-u endi kunim bitibdi, olimim muqarrar ekan
deb, bu ofatdan asrashni so'rab emas, faqatgina bi-
lib-bilmas ota-onamga qilgan gunohlarim, bergan
ozorlarim bo'lsa shunga Xudoyi taolodan uzr so'rab,
ko'z yoshlarim bilan kalima keltira boshladim, chun-
ki ota-onam oldida qilgan gunohim bo'lmasa, undan
boshqa biror odam, yoki xalqim oldida uzr so'raydi-
gan gunohim yo'q edi. Bundan tashqari, men uchun
eng muqaddas narsa, bu ota-onamning rizoligi edi,
xolos! Tushimda ko'z yoshlarim bilan Xudoga yol-
borib, kalima keltirishim bilanoq, hozirgina butun
osmonni zim-ziyo qilib qoplab turgan qop-qora bu-
lut ham, qanotini yoyib menga tashlanmoqchi bo'lib
kelayotgan bahaybat yowoyi qora qush ham birda-
niga qayoqqadir g'oyib bo'lib, men esa peshin payti-
mish-da, quyosh chiqib, hovlisiga terilgan g'ishtlari
top-toza, yarqirab turgan Laylak maschitda paydo
bo'lib qolibman. Hamma yoq nur, men o'zim ozoda
kiyimlarda! Tushimning davomi nima bilan tugadi,
eslolmayman-u, shu vaqtda, baland ovoz bilan qilgan
tilovatimni eshitib uyg'onib ketgan yonimda yotgan
qo'shnim: «Hoy, nega baqirasan, uyqusirama, yigla-
|