Uchratmadim ne go'zallarni,
«Kafansiz ko'milganlar»
_ _ 187
Nozik badan, kelishgan ko'z, qosh,
Bezak qilgan brilliant zarni,
U ne go'zal! - bo'lmasa otash!
U ne go'zal! Joziba, iliq,
Yoqimlilik bo'lmasa agar.
Go'zallar bor nozik va silliq,
Tuyiladi sovuq bir haykal!..
Senga teng kelarlik go'zal ham, vafodor ham topil-
maydi, deb ishqida o'rtanganing seni unutsa! Undan
ajralish...
Haqiqat, visol qadri - nimaligini judolikdagi inson-
gina tola his qiladi. Judolik azobi!.. Visol shodligi!..
Buning biri do'zax, biri jannat demakdir!
Qamalganimning mana beshinchi yili. Stalin o'li-
mi. 1954-yildan boshlab yuzlab mahbuslarning ish-
lari qayta ko'rilib ozodlikka chiqaboshladi. Albatta
dastawal qamoq muddatining tugashiga bir-ikki yil
qolganlar, qisqa muddatlilar chiqariladi. Mendek 25
yilga hukm qilinganlar haqida hali aniq gap bo'lma-
sa ham, lekin hatto vatan xoini deb ayblanganlarni
endi begunoh qamalgan deb ozodlikka chiqarish-
lari, albatta, bu menda ham erkinlikka chiqishim-
ga ishonch, g'azab va alamlardan tug'ilgan musht-
ga yana qalam ushlab, ijod xayoli bilan yashashga
kuch, quwat bag'ishlagandi.
Qanday kuch-quwat?
Odatda mahbuslar o'n soat ishlab toliqib keladi-
lar-da, tappa tashlab chilparchin bo'lib uxlaydilar.
Ammo kelajakka umid va endigina esa boshlagan er-
kinlik nafasi menda hamma uyquga ketganda, uyqu-
ni tark etib, hatto, ba'zan tongotargacha ijod dardi
bilan yashashga bardosh paydo qildi. Ijodxonam
santexmontajning stadiondek keladigan ustaxonasi.
Tuni bo^i bitta mening ixtiyorimda.
188
Shukrullo
Odatda men tunda navbatchilikka chiqaman. Qi-
ladigan ishim santexmontajchilarning ertangi ishlari
uchun kerakli ayrim narsalarni tayyorlash. Nima ish
qilishimni kunduzgi smenadagi boshliq yozib qoldi-
radi. Eng yengil ish salkam stadiondek ustaxonani
supurib-sidirish, 200 - 300 tunukani aliflab, quri-
tishga qo'yish, temirchilar yasagan ayrim asboblar-
ni boyash, hatto qog'ozlarni qisishga simdan qisqich
(skrepka)lar yasash hisoblanadi. Qo'lim ishda, xayo-
lim ijodda bo'lardi. Imkon boricha topshiriqni tezroq
tugatib, yozishga vaqt qoldirishga harakat qilardim.
Ba'zan kelgan fikrlarning qochib ketmasligi uchun
bo'yoqli qo'llarim bilan qog'ozga tushirardim va na-
zoratchilar nogoh kirib qolmasliklari va eshikdan
kirganlari bilinishi uchun eshikning orqasiga yerga
tushganda ovoz beradigan temir suyanchiq (lom) ti-
rab, sal sharpa sezsam yozganlarimni ular ko'zi tush-
maydigan yerga yashirardim. Ular sezgudek bo'lsa
jazolanishim aniq edi.
Stalin olimidan keyin, garchand mahbuslarga mu-
nosabat birmuncha o'zgargan bolsa ham, ilmiy ish
yoki o'zingcha nimalar ijod qilishga mutlaqo y o l qoyil-
masdi, hatto qalam, qog'oz topish imkoni ham yo'q
edi. Men butun boshli dostonlar, she'rlarimni idora-
dagilar foydalanib, bir tomoni oq qolgan qog'ozlarga
yozib, shubha bolmasligi uchun maxorka o'rashga qi-
lingandek buklab kolcrak cho'ntagimda asrardim.
Oylar, kunlar o'tyapti, shikoyatni na oldik, na ol-
madik degan biror xabar yo'q. Yozgan shikoyatim jo-
yiga yetganmikan? Yoki o'zbek tilida yozilgani uchun
tushunmay tashlab yuborgan bolsa-chi!
Shikoyatimning natijasini surishtiringlar deb
uyimdagilarga xat yozdim. Ulardan ham biror sado
yo'q! Nahotki, ular ham mening yaqin orada chiqi-
shimdan umidvor bo'lmasalar?!
«Kafansiz ko'milganlar»
_ _ 189
Mana yana kuz yaqinlashyapti. Bu yerda sentyabr-
dan 20 - 30 darajali sovuq, qor bo'ronlari boshlanadi.
Daiyolar muzlaydi. Bir oy iliq-issiq kunlarda kelib ke-
tadigan kemalar qatnovi ham to'xtaydi. Yollar yopiladi.
Bu yerlarni Katta yer bilan bog'laydigan temir
yo'llar yotqizilmagan. Buning iloji ham yo'q. Abadiy
muzlik, botqoqzorlar. Samolyotlar qatnamaydi. Kuz-
da ozod bo'lgan mahbus sho'rliklar ba'zan bir necha
oylab uylariga ketolmay qolib ketadilar.
Yillar boyi begunohdan begunoh qamoqda yotgan
odam, kutilmaganda ozod bo'lding, xohlagan yering-
ga ketishing mumkin, degan xabarni eshitsa-da, ke-
tolmasa, bundan yomoni yo'q.
Ba'zan mahbuslar, qamoq azobi suyakka yetgan
chog'larda bir-birlariga, hozir senga uyingga ketish-
ga javob berishsa, lekin mana shu 50 daraja sovuq,
qor bo'ronda yayov ketarmiding? - deyishganda, «Ke~
tardim», der, yoki uyingga hozir javob berib, 25 yil
bola-chaqang bilan birga yashaysan, ammo faqat
suv bilan nondan boshqa narsa yemaysan, deb shart
qoysa shunga rozi bo'larmiding? - desa, «jonim bi~
lan», deganlar ham topilardi.
Ozodlik, erkinlik uchun odamlar nimalarga rozi
bo'lmaydi! Menga shunday savol bersalar men nima
javob qilgan bo'lardim?
1954-yil, aniq esimda yo'q, taxminan sentyabr-
ning oxirlari bo'lsa kerak, lagerning maxsus bo'limiga
chaqirib, kimligimni so'radi. Ismi sharifimni aytdim.
Moskvaga yozuv-chizuvlaringni yuborganmiding?
Ya'ni arizalaringni, demoqchi edi. Ha, degan javobni
qildim. Shundan keyin oldimga bir qog'ozni qoyib,
qo'l qoyishim kerakligini aytdi. Unda:
«SSSR Oliy sudi kollegiyasining qaroriga bino-
an jinoiy ishingiz bekor qilindi», deb yozilgan ekan.
Ammo men zada bo'lib qolgan odam «bekor qilindi»
so'zini o'qib, odatda hammaga qilinadigan javob, mi-
190 Shukrullo
yamga singib qolgan fikr bo^yicha, «shikoyating bekor
qilindi», degan ma'noda tushunib, ichimda padariga
la'nat, qachon adolat bo'ladi, deb qo'l qo^ishga ham
holim kelmay, xayolga tolganimni ko'rgan maxsus
bo'lim boshlig'i:
- Nega qaqqayib turibsan, qo'l qoymaysanmi, yuk-
laringni tayyorla, Toshkentga ketasan, - degandan
keyin o'zimga kelibman.
Yuklaringni tayyorla!.. Toshkentga ketasan!.. Yo
tavba!.. Jinoiy ishing bekor qilindi!.. Gunohsizsan!..
Bu so'zlarni eshitgan zamoni unga qo'l qo^dimmi,
qo'ymadimmi, bilmayman, telbalardek, go'yo meni
poyezd kutib turgandek, barakka chopdim. Ammo
yana o'sha damda qachon ketaman hamda qachonga
tayyorlanishimni bilish uchun orqaga qaytdim. Tay-
yorgarlik!?
Qanday tayyorgarlik? Tayyorlaydigan nimam bor?
Tayyorgarligim shuki, yamoq-yamoq ichki kiyimla-
rimni eski bo'lsa ham yirtig'i yo'g'iga (lagerda yoqalik
koyiak degan narsa bo'lmaydi. Faqat ichki ko^lak),
ustimga qavat-qavat kiyadigan ichki-tashqi paxtalik-
larni, eskirib taglariga yamoq tushgan kigiz etigim-
ni irkiti chiqib ketmaganroqlariga almashtirish edi.
Bundan bo'lak yo'lga oladigan biror narsam yo'q. Bor
ko'taradigan bisotim uydan olingan, adyolga o'ralgan
bitta yostiq, yozgan qo'lyozmalarim xolos! Yozgan
narsalarimning bir nusxasini ko'rpamning yamoq jo-
yiga yashirib qo'ydim.
Bo'ronli qish kuni yo'lga chiqdim...
Ko'rgan tushlarimda qanday hikmat bor, bilma-
dim-u, bu har bir kishining sezgisi, ixlosiga aloqa-
dormi, bu men niyat qilganimdek to'g'ri bo'lib chiqdi.
To'g'ri bolib chiqqani shuki, lagerdan chiqqanimdan
keyin, uyimga emas, qolimda kishan bilan yana Tosh-
kent KGBsining ichki qamoqxonasiga olib kelishdi.
«Kafansiz ko'milganlar»
_ _ 191
SSSR Oliy sudidan oqlanganim haqidagi javob ol-
ganimdan keyin ham nohaq shuncha yil yotganim
yetmagandek, yana bir-ikki oy KGB qamoqxonasida
tutib turishdi. Bu - tushimda qizil ot minib lagerning
temir darvozasidan erkinlikka chiqib ketganimdan
keyin qo'lqopimning bittasi qolibdi deb, yarim yo'lda
otimni to'xtatishim edi!
Erkinlikka chiqqanimdan keyin ham bir narsa
hamon tushimga kiradi. Tushimda uyimning oldiga
yaqinlashganmishman-u, ammo ortimda tikonli sim
devorlar paydo bo'lib yelkamdagi qopimga ilashmoq-
chi bolarmish. Men qadamimni tezlatib uyg'onaman.
Mana o'shandan beri necha yillar otdi, ammo qa-
yerga bormay, Moskvagami, Farg'onaga, yoki dam olga-
ni Sochigami, hamon, hali-hali tushlarimga etagimga
ilashmoqchi bolgan o'sha tikonli sim devorlar, xuddi
ot tushib derazalari olinib, tomlarini tundra bo'ronlari
uchirib, faqat devorlari qorayib qolgan binolar kiradi.
Hamisha men qadamimni tezlatib, oldinga yu-
gurganimcha quyosh chiqib turgan bepoyon yashil
o'tloqlarda paydo bolaman-u, tabiatim ravshan tor-
tib uyg'onaman.
Yollarimizning nurli bolgani hamisha rost bolsin,
ilohi omin!
Karlom-Vari - Toshkent.
21-oktyabr 1989, 23-iyul 1990-yil.
AcLabiy-badiiy nashr
SHUKRULLO
|