Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

•'Kafansiz ko 'milganlar» 117 
• ^ - ^^f^SSSx 
dan qaysi biri bu gapni tegishli joylarga malum qilib, 
KGB qoshidagi maxsus komissiyaning qarori bilan 
xalqlar dohiysini masxaralash, unga tuhmatda ayb-
lanib o'n yil ozodlikdan mahrum etilibdi. Bu voqea 
yuz berganda u hali balog'atga yetganmi, yetmagan-
midi? Nahotki, bu bola sho'rlikning Stalinda qasdi 
bo'lgan bolsa! Adolat yuzasidan aytganda, haqiqatan 
ham ko'pincha byustlarning ichi hovol, bo'sh bo'ladi. 
Kimdir bu sho'rlikning to'g'ri gapini g'araz bilan 
noto'g'ri tushungan bo'lsa, axir, hukumat tepasida 
o'tirganlarda, sudda aql-farosat yo'qmidi? Axir o'sha 
byustni tekshirdik, haqiqatan ham ichi bo'sh ekan, 
bu yerda hech qanday yomon niyat yo'q deyilsa, olam 
guliston emasmidi? To'g'ri gapni aytgani uchun bu 
yigitning umriga achinmay, rahm-shafqat qilmay xa-
zon qilinsa, dodingni kimga aytasan. 
Bu yigitning ko'zyoshlari tinmasdi. Alami oldida 
o'limiga ham rozi edi. Axir, uylanganiga endi besh-olti 
oygina bo'lgan ekan. Uning birdan-bir dard tashvishi 
olti oylik kelin qolgan sevikli xotini edi. Uning bag'rini 
birdan ezgan alam endi meni o'n yil kutadimi, yo'qmi, 
degan ayriliq, rashk azobi edi. Bechora dardini ay-
tib yig'lardi. Bu alam faqat uning emas, mening ham 
dardim edi. Bu azob meni ham qiynardi. 
Axir, buning qamoq muddati o'n yil, sevgida vafo bol-
sa, omonlik bolsa, diydor ko'rishmoq mumkin. Ammo 
mening diydor ko'rishmog'im uchun yigirma besh yil 
emas, besh yillik surgunni ham hisoblaganda o'ttiz yil 
kerak-ku! O'ttiz yil ayriliq! Ottiz yil kutish!.. Yigirma 
besh, yigirma olti yoshda eridan tirik ayrilib qolgan xo-
tinim o'ttiz yil ersiz yashab, kutishga sabr-bardoshi ye-
tarmikan? Dunyoga inson bir marta keladi, desa-chi? 
Bordi-yu shu xayol bilan uch bolani yetim qilsa-chi! 
Mening xotinimga mehrimdan bolak nimam bor o'zi? 
Axir unga na boylik, na oltin bisot qoldirdim! Axir bo-
la-chaqamni ota-onamdan qolgan uydan, mol-u mul-


118 Shukrullo 
ki m dan ham mahrum qilishdi-ku! Uy-joydan ajralib 
hayot kechirish osonmi?! Bunga irodasi yetarmikan? 
Nahot o'rtadagi muhabbatimiz chin bolmasa! 
Qarshimdagi yigitning ko'z yoshlarini ko'rib, sevgi 
haqidagi armonu nolalarini eshitib, vafo, fidoyi ayol-
lar borligi haqida gapirdim. Bu bilan unga taskin be-
rib, umid bag'ishlab emas, o'zimni ham ovutardim. 
Axir, pochcham xalq dushmani bo'lib 1937-yilda 
qamalib ketganda opam 22 yoshida uch bola bilan 
beva qolgan edi-ku! Salkam 17 yil erini kutdi. Diy-
dor ko'rishdi. Bir necha yilgina birga yashadi. Ayriliq, 
urush yillarining ocharchiligiga chidadi-ku! Sevgisi-
ga riyo qilmadi-ku! Umid bilan yashadi-ku! 
Nuriddin tog'amning xotini-chi? Ichagi buralib 
navqiron yoshida vafot qilganda xotini - kelinoyim 
ham 22 - 23 yoshlarida uch qiz bilan beva qolgan edi-
ku! Tog'am qayta tirilib kelmaydi, er qilsa hech kim 
ayb qilmasdi. Erga tegsa bo'lardi. U bolalarini o'gay 
otaning qosh-qovog'iga qaratmaslik, ehtimol, erining 
arvohini norozi qilmaslik uchunmi yoki buni bevafo-
lik deb bildimi, o'z mehnati bilan bolalarini martabali 
odamlar qilib tarbiyaladi. Shu bilan faxrlanadi. 
Shular haqida qarshimdagi yigitchaga hikoya qi-
lardimda o'zim ham bir oz taskin topardim, rashk 
azobidan bir oz yengil tortardim. Nahot xotinim uch 
bolasi bilan mening qamoqdan chiqishimdan umid 
uzib, ajralishni ko'ngliga keltirsa! Shunday ayollar-
ning sevgiga sadoqatlari xotinimga ibrat bo'lmasmi-
kin? Balki, u ham meni kutar. 
Ammo meni o'zga bir tashvish umidsizlikka ham 
solardi. Xudo ko'rsatmasin, yigirma besh yil ichida 
axir men kim bolaman. Mendan nima qoladi? Bu 
sharoitda ne mashaqqatlar bor, o'zim bu xo'rliklarga 
bardosh berib, omon yashay olarmikinman? 
Xotinim sevgisiga vafo qilib, ayriliqqa bardosh berib 
meni kutar, ammo uning yosh umrini, hali kelajagim 



Download 1,31 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish