«Kafansiz ko'milganlarn _ 111
ihaqa, oiladan ayrilib, erkinlikdan mahrum bo'ldim,
degan afsus-armondan nishon ham yo'q edi. Bular
uchun ozodlikdan mahrum bo'lib qamoqqa tushish,
goyo bir shahardan ikkinchi shahargayoki bir uydan
ikkinchi hovliga o'tgandek gap. Ozodlikda ular meh-
nat qilmay, kishilarni talab qanday kun kechirgan
bo'lsalar bu yerda ham, lagerlarda ham o'zgalarning
uyidan kelgan narsalarini talash, o'g'irlash, qarta-
dan orttirgani hisobiga yashardi. O'z nafslari uchun
bir-birini g'ajish, o'ldirish bu yerdagilar uchun odatiy
holat, yashash qonuni edi.
Nahotki, mening yigirma besh yillik umrim endi
shular bilan o'tsa?!
Yigirma besh yil ichida kim bor, kim yo'q, zamon u
zaminda ne-ne o'zgarishlar bo'ladi, bundan qat'i na-
zar, endigi umrim qayerlarda, qanday kechishini o y -
larkanman, jiyanim Badriddinning 1937-yilda xalq
dushmani bo'lib qamalgan otasi Shukur Kolonov va
o'zlarining hayoti va azoblari haqida qanday maq-
sadda yozib q o y g a n xotirasi xayolimga quyilib kela
boshlardi. Bular bir-biridan dahshatli, bir-biridan
fojialiroq edi. Bu insonning naqadar xo'rligi, uning
bardoshi metinligining ham timsoli edi.