Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlarn 
_ 99 
mashinaga chiqarishdi. Qayerga olib ketyapti - sen 
hech narsani bilmaysan. Butun ixtiyoring shular-
ning qo'lida. Bu yerdagi hamma narsa sirli. KGB bu-
tun xalq, butun davlatdan ajralgan sirli bir dunyo. 
Hozir seni biror yerga olib borib otib tashlasalar ham 
hech kim bilmaydi. 
Mashina bir-ikki daqiqalik y o l yurmasdanoq, qan-
daydir temir darbozaning taraqlab ochilib-yopilgani 
eshitildi. Avtomat tutgan soqchi mashina eshigini 
ochib tushishga buyurishi bilanoq qo'lni orqaga qilib 
tushdim. Bu bir yarim yil, yarim yil qamoqda yashay-
verib odat bo'lib qolgani uchun emas, aslo, aslo! Bu 
avtomat tutgan soqchining qolingni orqaga qil deb 
kishini xo'rlovchi ovozini yana eshitmaslik va uning 
nihoyatda jonga tekkanligidan edi. 
Bu yer qamalganimning birinchi kuni kelganim qa-
moqxonaning hovlisi bolib, meni yer ostidagi qamoq 
kamerasiga emas, kichikroq xonaga olib kirishdi. 
Bu - sud zali ekan. 
Bizlar bir oy davomida sud qilindik. Mendan bosh-
qa yana yetti-sakkiz kishi. 
Sud zalida men bilan birga sud qilinishi emas, 
hatto qamalishi xayolimga kelmagan odamlar bilan 
uchrashdim. Masalan, professor Hamid Sulaymon. 
Bu odam 1939 - 40-yillarda menga dars bergan. 
O'shandan beri deyarli endi uchrashishim, shaxsiy 
bordi-keldim mutlaqo bo'lmagan. Tarjimon, tanqid-
chi aka-uka Abdurahmon, Abdunabi Alimuhame-
dovlar, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliylarni hamma 
qatori yozuvchi, tanqidchi sifatida tanigan bolsam 
ham yosh jihatdan, bordi-keldi jihatidan yaqinligim 
bolmagan. Ammo bular orasida meni hayratga sol-
ganlardan yana biri Meli Jo'ra edi. Buning menga 
qanday aloqasi bor? To'g'ri, qamalishimdan bir-ik-
ki oy ilgari Yozuvchilar uyushmasining safari bilan 
Qashqadaryo viloyatiga borganimda muharririyatda 


100 
Shukrullo 
ko'rganman, shu kezlarda Meli Jo'ra viloyat gazetasi-
ning bosh muharriri bo'lib ishlardi. Bor tanishligimiz 
shu. Uni yozuvchilar bilan birga sud qilinishining sa-
babi Mirzakalon bilan bo'lgan tanishligi ekan. 
Garchand bizlar bir-birimiz bilan shaxsan tanish, 
bordi-keldi qilmagan, masalan Meli Jo'rani tanima-
gan bo'lsam ham, yozuvchi sifatida menga tanish 
bo'lgan Mirzakalon orqali u bilan sovetlarga qarshi 
niyatli, bir maslakdosh sifatida yashirin boglanishda 
bolganmishman. 
Professor Hamid Sulaymon, Abdurahmon Alimu-
hamedov esa garchand yozuvchi bo'lmasalar ham, 
men, Shuhrat, Mahmud Murodovlarga dars ber-
gan chog'larida sovetlarga qarshi millatchilik ruhida 
shakllanishimizga ta'sir o'tkazganlari uchun bosh 
aybdorlar sifatida bizlar bilan sud qilinayotgan ekan. 
Tergovchining aytishicha, hech qanday gunohim 
bolmaganda ham mening birdan bir aybim, shular 
bilan yaqin bo'lganim va ularni millatchilik, sovetlar-
ga qarshi qarashlari ta'siriga berilishim emish. Ammo 
ularning sovetlarga qarshi qarashlari, millatchiligi 
nimadan iborat, buni men bilishim shart bo'lmay, bu 
KGBga ma'lummish. Xullas, shunday qilib sovetlar-
ga qarshi xavfli bir tashkilot, katta bir guruh tayyor. 
Bir guruh bo'lib, bitta zanjirga tizildingmi, tamom, 
men haqman deb ming arz-dod qilganing bilan bu 
halqadan yakka ajrab chiqolmaysan. Taqdiring bir. 
Bularning hammasi bilan qamalgandan buyon 
sudning birinchi kuni, sud paytida uchrashdim. Men 
o'zim qay ahvolda, ularning nazarida qanday ko'rinish-
daman, bilmadim-u, ammo jamiyatning eng mada-
niyatli, bilimdoni sanalgan bu odamlarning butun-
lay o'zgargan kiyim-boshlari, aft-angorlariga ko'zim 
tushganda o'z alam, dardlarim, hatto taqdirim haqida 
qayg'urish ham bir daqiqa unutilib, esankirab qoldim. 


«Kafansiz ko'milganlarn 
Ayniqsa, Hamid Sulaymon o'zbek ziyolilari ichida 
kiyim-kechak, bilim, muomalada nihoyatda mada-
niyatli, ilg'or fikrlovchi, sharq va g'arb adabiyotini te-
ran egallaganlardan biri edi. Ayniqsa, bu odam chala 
dazmollangan shim, galstuksiz koyiak kiymagan, har 
bir xatti-harakatida salobat va qat'iyat aks etib tur-
guvchi odam edi. Shunday bir odamni bugun sochlari 
olingan, soqollari o'sgan, qovoq, yuzlari salqi, rangpar, 
ustida telegreyka, galstuksiz, yoqavayron bir ahvolda 
ko'rdim-u naqadar xo'rlanganimizga yig'lagim keldi. 
Demak, shu ahvolgacha olib kelingan ekanmi, endi 
suddan ham, davlatdan ham rahm, insof kutish bekor 
ekaniga ishona boshladim. Bu orada: 
- Sud kelyapti, turlaring, - degan buyruq eshitilib, 
sud hay'ati kirib keldi. 
Sud boshlandi!.. 
Afsus, ming afsus! Ha, bu sud emas, qo'g'irchoq 
oyini edi. KGBning qo'lidagi tuban qo'g'irchoq! Bun-
dan madad, adolat, shafqat emas, hatto, zarracha 
insofdan umid qilish ham ko'rlik edi, o'ta nodonlik 
edi. Chunki sud raisining o'zi zalning u yer, bu yeri-
da turgan, vaholanki, qonun boyicha ishtirok etish-
ga haqlari bo'lmagan KGB xodimlari, tergovchilardan 
ko'zlarini uzmay, xato qilib qoyayotganim yo'qmi, 
to'g'ri ish olib boryapmanmi, degandek har bir so'zla-
rini qandaydir xavf-u xatar, hadik bilan aytayotgan-
lari ochiqdan-ochiq sezilib turardi. 
Sud har kuni ertadan kechgacha cho'zilishiga qara-
masdan bir oyga yaqin davom etdi. Vaholanki, bir kun-
da tamomlab, hukm o'qilsa ham bemalol bolaberadi. 
Chunki, qoyilgan gunohlarning haqiqatga to'g'ri kel-
masligi, bular hammasi tergovchilarning uydirmalari, 
dalil, guvohsiz, isbotlanmagan ayblovlar ekanligini bir 
og'iz aytishga sudlanuvchilarga imkon berilmagan edi. 
Imkon emas, yo'l qoyilmasdi. Sudlanuvchilarga ter-
govchilar qanday gunoh qoyib yozgan bo'lsa, sudlar 
ham aynan o'qib, aytadigan gaplari esa «Shu jinoyat-
_ 101 


102 
TASKS' 
Shukrullo 
larni boyningga olasanmi, yoki yo'qmidan iborat edi. 
Sening aytadigan gaping esa ha yoki yo'qdan iborat, 
xolos! Ortiqcha so'zlashga ruxsat bermasdi. Og'zing-
ga urib to'xtatardi. Sudni oylab cho'zishlaridan maq-
sad esa go yo hamma jinoyatlarini sinchiklab o'rganib, 
haqiqat qilingan deb hujjatlashtirishdan iborat edi. 
Sirtdan qaraganda bu yerdagi ishlar hammasi 
qat'iy qonuniydek, hatto advokatlargacha ham bor. 
Ammo ular kimlar? Vazifalari nimadan iborat degan 
savolga to'g'ri javob aytadigan bo'lsang, sharman-
dalikdan o'zga narsa emas. Bunday ko'zboyama-
chilik, nayranglarga qaysi inson chidaydi. Aytishga 
aytdim-u, ammo vijdonsiz degan so'zni shu yerda, 
bularga nisbatan ishlatishning o'zi ham joiz emas. 
Chunki vijdonsiz deb vijdoni bolganu, ammo qanday 
sabablar bilan xato qilib yo'qotganlarga nisbatan ay-
tiladi. Bu yerda qilinayotgan hangomalar esa vijdoni 
bo'lgan odamlarning ishi emas edi. 
Ba'zi kunlari sud zalida bir-ikki advokatlar paydo 
bo'lib qolardi. Ular kimlarni himoya qilgani kelgan, 
vazifasi nima, bilib bo'lmasdi. Chunki ularga ham 
istagan vaqtda so'z berilmasdi. Bular hammasi ras-
miyat, qonuniy ish yuritishmoqda deyish uchun qi-
lingan xiyla bo'lib, aslida advokatlarda hech qanday 
huquq ham, qiladigan ish ham yo'q edi. 
Keyinchalik bilsam, mening ham Toshqorayev Yol-
dosh aka degan advokatim bolgan ekan. Tavba, qa-
chonki, men bilan sud davrida gaplashish u yoqda tur-
sin, hatto yuzma-yuz kelib bir marta ham ko'rishmagan 
bolsa, qanday qilib menga advokat bolishi mumkin? 
Bu qanday bolganini xotinim hikoya qilib berdi. 

Download 1,31 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish