Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

Yolboraman umid parisi, 
Ish chog'lari menga bo'lgil yor. 
Tugatmasdan ishning barisin, 
Toliqishga erk berma zinhor! 
Ishonaman, ro'yobga chiqar, 
Taskinlaring ketmay behuda, 
Umid bilan suqilgan tayoq. 
Mehnat, chidam natijasida 
Bir kun berar meva ua yaproq. 
Qamoq muhitida bu she'r eng yaqin do'stning menga 
taskinidek bo'lib qoldi. Bu she'r azobimni yengillashtir-
di, darmon boldi. Shaytoniy xayollar bosib kelganda, 
yotgan-turganimda o'qidim. Qamoqda shirin xayoldan 
boshqa senga kim taskin beradi, kim dardkash bo'ladi! 


«Kafansiz ko'milganlarn _ 97 
Kitobning qaciri, uning odamga eng yaqin dard-
kash, sirdosh do'stdek madadkor bo'lishini qamoqda 
juda yaxshi his qilarkansan. 
«Boshingga mushkul ish tushsa, 
Degaysan, yo Rasulalloh!» 
Biror dardkashsiz, yolg'iz qolgan chog'ingda, oy~ 
lab-oyiab tagiga yetolmagan, seni qiynagan xayollar 
yechimiga kitob madadkor bo'larkan. Boshingga ma-
lomat toshlariyog'ilib, qamoqda yotganingda, haqiqat 
uchun bukilmay kurashgan qahramonlar senga ib-
rat bo'lib, g'amlaringni yengillashtirarkan. Tuhmat-
chilarning mag'lubiyati, ularning fosh bo'lishlari sen-
da ham haqiqatning g'olib chiqishiga kuch-quwat, 
chidam va umid uyg'otarkan. Sevikli yoringdan judo 
bo'lib, rashk o'ti qalbingni o'rtab, chirkin xayolot-
lar seni qurshaganda, har qanday mashaqqat, har 
qanday azob, ayriliq damlarida ham sevgisiga riyo 
qilmay, bardosh bergan oshiqlar hayoti haqidagi ri-
voyatlar ortingda qolgan xotiningga ham ibrat bo'la-
yotgandek, dunyoda sevgiga vafo, sadoqat borligiga 
ishonasan, bir dam taskin topasan. 
Mana bugun bir yildan ortiq nohaq chekkanim qa-
moq va tergov azoblaridan qutuladigan kun ham keldi. 
Sud boladigan boldi. Qaysi gunohimga sud qilishadi! 
Tergovchilar sen qilmagan ishlaringni qildi, aytma-
gan gaplaringni aytdi, deb zo'rlashlariga boysunmaga-
ningda, seni qol qoydirishga undash uchun ularning 
birdan-bir aytadigan gaplari, agar bizlar seni nohaq 
ayblagan bolsak, sen, hozir bizni ham, o'zingni ham 
qiynamay, qolingni qoyaber, adolatli sud bor, prokuror 
bor, arzingni o'shalarga aytasan, deyish bolar edi. 
Tergovchining bu gaplari garchand bir damgina 
ko'nglimga dalda bo'lsa ham, ammo, avlodlarimiz 
shu kungacha boshidan kechirgan fojialar xotiram-


98 Shukrullo 
da tirilib, ko'nglimni yana qora bulut qoplab olardi. 
Axir, ularni ham shu yerda tergov qilishgan, shu yer-
da sud qilishgan-ku! Shularni o'ylasam umidlarim 
chil-chil bo'lardi. Ayriliq alamlari o'rtay boshlardi. 
Adolatli sud, adolatli prokuror!.. Axir qancha-qan-
cha yozuvchilar, davlat arboblari qamoqqa olinib, er-
tasigayoq Toshkentning yaqinidagi jarlikka olib bo-
rib yoki qamoqning o'zidayoq otib tashlanmaganmi? 
Ularning qabri qayerda ekanini hech kim, hatto ho-
zirgi hukumatning o'zi ham bilmaydi-ku! 
Shu vaqtgacha bizlar adolatli sud, adolatli qonun 
degan gaplarni eshitaberib qonimizga singib, bunga 
ishonch hosil qilib kelganmiz. Ammo adolat qanday 
boladi, u nimadan iborat, negiziga zehn solganmiz-
mi? Yo'q! Negaki, fikr bildirish, xatolarni aytishni qo-
nun ga zid deb kelganmiz. Qonun buzulishlarini ko'ra 
turib ham qonuniy bo'lsa kerak, deb qabul qilishga 
o'rgatib qo^ilganmiz. 
Axir, shu vaqtgacha, qancha-qancha odamlar be-
gunohdan begunoh qamalib ketganligini xalq bilmay-
dimi? Biladi! Hatto o'ziga eng yaqin, sirdosh kishila-
ri, do'stlari qamalganda ham men buni yoshligidan 
bilaman, bundan dushman chiqmaydi, deb aytishga 
jur'at etolganmizmi? 
Bizda hamma narsa qonuniy, adolatli deymiz-u, 
ammo ko'ngildagi gapni aytish imkoni bo'lmasa, yoki 
aytishga kelganda nimadandir cho'chib tursang, shu 
adolatdanmi? Adolat borligidanmi? Axir shuning o'zi 
ham qonun buzulishiga qo'shilmaydimi! Axir, deyarli 
sudlar yopiq eshiklar orqasida o'tkazilib, unga faqat 
sud hay'ati, prokuror va KGB xodimlaridan bo'lak 
biror odam tashqaridan kirishiga ijozat bo'lmay, bu-
tunlay xalqdan yashirincha o'tkazilsa, bu ham ado-
latdanmi? Bunday sudlarning adolati nimada? 
Sud bo'ladigan kuni ertalab meni mahbuslarga 
mo'ljallangan maxsus «qora qarg'a» deb ataladigan 



Download 1,31 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish