Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlar» 91 
lar tayinlangan joyda qo'llarini orqaga qilib turishlari 
shart. Kimdir ikkinchi yili qamoqda o'tirib hali ham 
sud qilmaganlaridan, kimdir shikoyat yozish uchun 
qog'oz va qalam bermaganlaridan zorlansa, boshqa 
biri nazoratchilardan, tergov ishi tamom bo'lishiga 
qaramay, bola-chaqasi bilan hali ham uchrashishga 
ruxsat etilmaganidan, kimdir bemorligi, uyidagilar 
olib kelgan narsalarni bermay qaytarib yuborilayot-
ganidan, qamoqqa yangi tushgan ba'zi birlar o'zlarini 
nohaq qamaganliklari, zarracha ham gunohlari yo'q-
ligidan shikoyat qilar, g o y o buni eshitgan adolatli 
prokuror ertagayoq uni chiqarib yuboradigandek far-
yod solib ko'z yoshlari bilan dardlarini aytardi. Faqat 
men indamasdim. Negaki, bir yildan ortiq qamoqda 
yotib, qamoq boshlig'i bormi, prokuror bormi, bir ne-
cha marotaba kameraga kirib, odamlarning arz-dod-
larini eshitib, ammo birortasi ham amalga oshmaga-
nining guvohi bolib, prokuror, tergovchi, nazoratchi 
- hammasining tili birligiga, arz qilishingning hech 
qanday foydasi yo'qligiga ishonib qolgan edim. 
Prokuror mahbuslarning arz-dodlari, tergovchilar-
ning jallodligi, nazoratchilarning xo'rlashlari haqida-
gi shikoyatlarini odatdagidek qo'lidagi daftarchasiga 
yozib olardi, bu safar ham shunday bo'ldi. Ammo na-
tija-chi! Prokurorning qo'lidan ham hech narsa kel-
masligiga ishonib qolgan edim. Bitta umid suddan! 
Agarda sudning ham bular bilan tili bir bo'lmasa, 
aniqrog'i KGBdan qo'rqmasa!.. 
Men, o'zim-chi? 
Men bularni nopoklikda ayblab, gunohkor sa-
nayapman. Ammo bordi-yu mendan so'rashsa, sen 
o'zingni pok vijdonli, haqiqatgoy deb sanasang, ijod-
kor, shoir odamsan, qani, ayt-chi, o'zing ko'rgan shu 
adolatsizlik, nohaqliklarni, iching to'la dardlaringni 
qo'rqmasdan she'rmi, doston aynan qilib o'zidek yoza 
olasanmi? KGBdan qo'rqmaysanmi? 


92 
Shukrullo 
Mana kechagida xotining sakkizta yogliq patir yo-
pib, bir oz mayiz va chaqilgan yong'oq, ikki-uch pachka 
«Saratov» maxorkasini kiritibdi. Albatta, senga patirni 
yeyishdan ham ko'ra sevikli xotiningning unga tekkan 
qollari, bolalaring ko'z oldingga kelib, yurak-bag'ring 
ezilgani rost. Har burdasi tomog'ingga tiqilib, ko'z yosh-
laring bilan zahar bo'lib yutilmoqda. Bu bevaqt ayriliq 
alami chidab bo'lmas darajada albatta og'ir. Axir, qa-
malganingda oilangga pul bosib ketmagan eding-ku! 
Bu qaysi pulga kelgan? Uch bolani boqish osonmi? 
Ijod qilaman, doston yozaman deb litfonddan ming 
so'm pul olib, hali tolaguningcha yo'q edi, rahm qilmay 
uni qistab kelsalar kim to'laydi! Sen sovet adabiyoti 
haqiqatni, kishilarning dard-alamlarini kuylaydigan 
adabiyot deyilishiga ishonsang, shu ayriliqlarni, shu 
sog'inchlarni, shu to'kilgan ko'z yoshlaringni she'r qilib 
yozaolasanmi? Matbuotda bosishlariga ishonasanmi? 
Kosmopolit, hayotidan norozi pessimist, hayotning 
faqat salbiy jihatlarini ko'radigan shoir deb ayblashla-
ridan qo'rqmaysanmi? Bu jamiyatda ijod erkinligi yo'q 
deb, ayta olasanmi? Aslo, aytolmaysan! 
1946-yilda partiyaning kosmopolitizm va g'oya-
sizlikka qarshi deb chiqargan qarori, Jdanovning 
«Leningrad» va «Zvezda» jurnallarini qoralab qilgan 
ma'ruzasi sening aqlingga mixdek qoqilib, yuraging-
ni olib qo^ganki, hozir qamoqda yotib ham, qo'ling-
ga qog'oz, qalam berib, mana, sovet hayoti haqida 
bilganlaringni, dilingdagi gaplarni ochiq yozib ber, 
desalar, imonim komilki, qamoqda yotib ham men 
baxtiyor sovet kishisi hayotimiz farovon, bu baxtli 
kunlarni bergan Stalin yashasin, deb she'r yozasan. 
Qani, ayt-chi, yoki noto'g'ri gapirdimmi? Ijod erkinligi 
yo'q, haqiqatni yozib bo'lmaydi, dermiding, yoki... 
Bu savollarga o'zimcha javob izlab xayol surib o'tirib, 
1939-yilda yozgan to'rt yol she'rim yodimga tushdi: 



Download 1,31 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish