«Kafansiz ko'milganlar» 94
Tangrim, o'zing, o'zing yarlaqa,
O'zing dan hech o'zga madad yo'q,
Na do'stim bor, na dard tinglouchim,
O'zingdan hech o'zgaga had yo'q!
Bu to'rtlikda qanday xato bor?
Ammo bu to'rtlikni pessimizm, dinni targ'ib qilish-
dan iborat deb ayb topishlaridan qo'rqib, biror odam-
ga o'qib bermasdan, hatto qog'ozga tushirmasdan,
shu vaqtgacha yodimda saqlab kelaman-u! Nega? Bu
qo'rqoqlik, ijod erki yo'qligi emasmi? Yoki:
O, tasodif! Tasodif goh baxt,
Goh keltirar o'lim va xatar.
Tasodifan xursandman behad,
Duchor qildi, baxtga bu safar.
Tasodifan ko'rdim bazmi kech,
O'g'irlading, sevgimni darhol,
Yurak dardin aytolmadi hech,
Boqishlaring qildi maftun, lol.
Aylanmadi til o'sha onda,
Xayrlashdik bebo'sa va jim.
Sen ketding, u qoldim armonda,
Uchrashishni so'roqlolmadim.
Tasodifning men uchun bu gal
Keltirgani baxtmi, yo hijron?
Hali-hali etolmayman hal,
Firoqingda o'rtama, jahon!
Tasodifan shodman, ammoki,
Afsus bilan qolganligim rost!
Qaydasan yor, topguncha toki
Tasodifga yig'layman, xolos!
1944-yilda yozilgan shu she'rda sovet xalqi, sovet
siyosatiga qarshi aytilgan qanday maqsad bor? Bu
she'rim ham, biz tasodifga ishonmaymiz, bu g'oyaviy
sayoz degan sabablar bilan hech qayerda bosilma-
gan, mana bu ham ijod erkinligiga kiradimi?
O'z-o'zimcha oyiardim! Men sud oldidan shular
haqida o*ylarkanman, o'z haqligim, vijdonim oldida bir
oz taskin topib, qamoq azoblari unutilgandek bo'lardi.
Tergovchilarning begunoh odamlarni gunohkor
qilishlari, adolat hakamlari - prokurorlarning mah-
buslarning arz-dodini eshitib amal qilmasliklarini
garchand bilsam ham, so'nggi umidim suddan edi.
Nima bolsa ham axir, sud degan nomi bor-ku! Nega
ishonmay!
Tergovchi yoki chalasavod nazoratchilar ilmli
odamlarning qadriga yetmagan, arz-dodini fahm et-
magan bolsa, har holda sud xodimlari oliy malumot-
li kishilar - ularga nisbatan xolis hakam-ku! Bundan
tashqari, axir, advokat degan gaplar ham bor-ku,
deb o'zimni o'zim ovutardim.
Qassobdan chiqqan jalloddan olimdan chiqqan jal-
lod xatarli. Chunki qassobdan chiqqan jallod ilmsiz,
omi, u dovdir-sovdir ish qilishi mumkin. Ammo olim-
dan chiqqan jallodning qolidan qutulish qiyin. Negaki,
u aql bilan ish qiladi va o'zining haqligiga uncha-mun-
cha odamlarni ishontira oladi. Sudga insof bersin!
Men shular haqida xayol qilarkanman, tabiatimda
bir ravshanlik paydo bo'lardi. Tezroq sud bo'la qol-
sa-yu bu qamoq azoblaridan qutula qolsam deb o*y-
lardim. Haqiqatan ham meni sud qilib bir yilmi, o'n
yilmi muddatga hukm qiladigan nima gunohim bor?
Nima? Tergovchilarning yozganlari hammasi yasa-
ma, axir o'zlari to'qigan yolg'on-ku!
Yelpig'ich haqidagi aqlga to'g'ri kelmaydigan latifa-
namo gapim uchun xalq dushmani bo'lib qolamanmi?
Nahot sud shunga ishonsa! Yoki sifatsiz mol ishlab
chiqarilayotgani yolg'onmi? Hammaga ayon-ku! Bitta
yelpig'ich emas, hamma sohada sifatsizlik bor-ku!
«Kafansiz ko'milganlarn _ 95
Stalinning gapini kesatib aytgan deb gunohkor qi-
lish ham asossiz. A w a l o kesatiqmi, to'g'ri ko'ngilda
aytganmanmi, buni eshitgan odam bilan yuzma-yuz
qil desam, buni qilmadi. Demak, asossiz. Bordi-yu
kesatib aytgan taqdirimda ham bu yerda tuhmatdan
iborat nima bor? Hayotimiz jannat emas-ku, yetish-
movchiliklar, qiyinchiliklar yo'qmi? Urush tamom
bo'lgan bo'lsa ham hali qornimiz to^guncha yo'q-ku!
Buni suddagilar tushunar!
Meni millatchilikda ayblashlari ham butunlay
asossiz. Millatchiligim Usmon Nosir she'rlarini maq-
taganimmi, uni iste'dodli shoir deganimmi? Axir ada-
biyotdan ozmi-ko'pmi xabari bor, uning she'rlarini
o'qigan odam uni hech mahalda yomon, qalbaki sho-
ir ekan, deydimi? Demaydi! Agarda millatchi bo'lib
biror millatini masxaralagan yoki o'rislarni bosqin-
chi, hamma huquq ularda desam, shunga o'xshash
bir gap aytgan bo'lsam, millatchilikda ayblasa. Sud-
dagilarda adolat bordir, axir!
Shunday fikrlar bir necha kundan beri eshiklari
ochilmay sasib ketgan kamerada yolg'iz o'tirib xayo-
limdan o'tar ekan, tezroq sud bo'la qolsa-yu o'zimni
butunlay begunoh ekanimni ayta qolsam, deb sho-
shilardim. Axir, sovet davlati bu faqat O'zbekistonda-
gi johil tergovchilar, prokurorlardan iborat emas-ku.
Axir dunyoda haqni haq, nohaqni nohaq qiladigan
Moskva, Stalin kabi «suyanchiqlar» borligini o'ylab,
umidim bardam bo'lardi.
Gunohim yo'qligidan umidvor bo'lishimga yana bir
sabab - keyingi vaqtlarda uydan yuborilgan narsalar-
ni ola boshladim. Chunki, gunohi og'ir mahbuslarga
oilasi bilan ko'rishishga, narsalar olishga ham ruxsat
etilmaydi. Bundan tashqari prokurorga aytgan gap-
larim amalga oshib, o'qish uchun kitoblar ham berila
boshladi. Bu ham menga endi odamdek qarashayot-
gandek, aybim yo'qligidan darak berayotgandek tuyi-
lib, sudda oqlanib chiqishimga ishonch bag'ishlardi.
Bugun men uchun xuddi dardkash, yaqin do'stim
bilan topishgandek quvonchli kun bo'ldi. Bugun
menga mistik rus shoiri Aleksandr Vostokov bilan,
keyinchalik bilishimcha, xalq dushmani bo'lib qa-
malgan gruzin yozuvchisi Javaxishvilining qissa va
hikoyalar to'plamini berishdi. Ayniqsa, xalq dushma-
ni deb nohaq qamalib, keyinchalik haq bo'lib oqlagan
«Begunoh Abdullo» va Sibir sovuqlarida qo'l-oyoqla-
ridan ayrilib, hatto jinsiy aloqa qilishdan mahrum
bo'lib qolgan, shunda ham umidsizlikka tushmay,
o'z ijodiy mehnati bilan kimyo ilmida yangilik ijod qi-
lib mahbuslikdan qutulgan, irodali odamlar haqidagi
qissalar dardimni yengillashtirardi. Bu kitoblar bir
oz bo'lsa ham yolg'izlik azobi, turli vahimali xayollar
sirtmog'idan qutqarardi.
Ayniqsa, yodimda yo'q, Aleksandr Vostokovmi yoki
boshqa rus shoirimi, Gyotening «Umid» she'rining
tarjimasi sud oldidan menga shu qadar dalda bo'l-
diki, kitobni qaytarib yig'ishtirib olguncha bu she'rni
o'zbek tiliga tarjima qilib, yodlab oldim.
|