%/iyanim Badriddinning hikoyasi




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

%/iyanim Badriddinning hikoyasi 
Otam 1937-yil yanvarda O'zbekiston jinoiy qo-
nunlarining 66-moddasi 1-qismiga binoan qamoqqa 
olindilar. 1937-yil 17-iyunda O'zbekiston Oliy Max-
sus kollegiyasining qaroriga binoan besh yil huquq-
dan mahrum qilinib, tarbiyaviy mehnat lagerlarida o'z 
muddatini o'tash sharti bilan Uzoq Sharqdagi Kalima 
shahriga jo'natilgan. Lagerdan 1945-yil avgust oyida 
ozod qilinganliklariga qaramasdan uyga kelishga rux-
sat bo'lmagan. Bu «jannat makon» shaharda 1946-yil-
gacha maxsus nazorat ostida, majburiy, inson bovar 
qilmaydigan mashaqqatli ishda ishlaganlar. 



112 Shukrullo 
Birinchi marta qamalganlarida men to'rt yashar 
bola edim. Go'dakligimga qaramasdan, o'sha kunlar-
dagi ba'zi voqealar xotiramda yaxshi saqlanib qolgan. 
Tergov tugab, sud hukmi el on qilingandan keyin 
otamni jo'natadigan kuni, onam «uzoqdan bo'lsa ham 
otasini ko'rib qolsin», degan maqsadda bo'lsa kerak, 
meni ham yetaklab borgan edilar. Kun nihoyatda is-
siq, temir yo'ldagi toshlarning qiziganligidan oyoqla-
rimning tagi qavarib ketgan edi. 
Otamni uzoqdan vagonga chiqarishlaridan oldin 
ko'rib qoldim. Oyoqlarimning jarohatlariga qaramas-
dan oldilariga yugurib bormoqchi bo'lganimda harbiy 
soqchilardan biri yetaklab yurgan itini qo'yib yubor-
di. Meni quvlagan itdan qochaman deb yerga yiqilib, 
yiglab, dumalaganim ham esimdan chiqmaydi. Hali 
esini tanimagan yosh bolaga itni qo'yib yuborish vah-
shiylik emasmi?.. O'sha kuni otamni olib ketishdi. 
Otam o'n yildan keyin, 1946-yil noyabr oyi-
da Kalimadan qaytib keldilar. Kelganlaridan keyin 
ham xotirjamlik bo'lmadi. O'sha davrda, qamoqdan 
chiqqanlarni o'z uylari u yoqda tursin, hatto tug'il-
gan shaharlarida yashashga ham huquqlari yo'q edi. 
Odatda ular o'zlari tug'ilgan yerlardan uzoqroq bir 
shaharda ishlab yashashlari shart edi. 
Otam shu qoidaga binoan Qo'yliqcla bir kolxozchi-
ning uyini ijaraga olib, kasbi muallim bolishiga qa-
ramay, o'sha yerdagi gurunch zavodida oddiy ishchi 
bolib ishga joylashdilar. Bu davrda ko'pgina xonadon-
larning qozonlari oylab go'sht ko'rmas, haftalab qozon 
osilmasdan issiq ovqatsiz hayot kechirar edi. Kunlar-
dan bir kun ovqatlanib otirganimizda onam ro'zg'orda 
kepakdan boshqa hech narsa qolmaganligini aytdilar. 
Shunda otam kepakdan ham qanchadan-qancha 
yaxshi taomlar tayyorlash mumkinligini aytib, shu 
ahvolda yashayotganimizga mingdan-ming shukr qil-
gan edilar. Negaki, ona yurtida, ozodlikda o'z uyida 


«Kafansiz ko'milganlarn 
_ 113 
kepakdan tayyorlangan ovqat ham otam uchun sho-
hona tuyilar edi. 
Qishda uylarni isitish va ovqat pishirishga ham 
ko'mir, o'tin o'rniga sholi qipig'ini ishlatardik. Ovqat 
pishirishga ko'proq yoqib qo'yilsa, pechkaga kam qo-
lib, uy yaxshi isimas edi. Shunda otam, Uzoq Sharq-
ning tabiatini, qish faslining uzoqligi va nihoyat so-
vuqligini eslab: 
«Ishga chiqqanimizda harbiy soqchilar bizlarni 
maxsus o'rgatilgan, sovuqqa nihoyatda chidamli, 
yirtqich hayvonlar bilan teng olishadigan itlar bilan 
qo'riqlardilar. Mehnatning nihoyatda og'irligidan Si-
bir sovuqlarini ham sezmas edik. Odatda mahbuslar-
ning ish vaqti ob-havoga qarab 1 2 - 1 4 soat davom 
etardi, ammo itlarni ish vaqti ikki soatdan ortmas, 
chunki ular bu sovuqqa bardosh berolmas edi. Mah-
buslarga itchalik ham rahm qilinmasdi», - derdilar. 
Otam bechoraga bizlar bilan hatto sovuq uyda 
yashab, kepak nonni baham ko'rish ham uzoq nasib 
etmadi. 
1949-yil oktyabr oyining o'rtalarida bo'lsa kerak, 
maktabga borish uchun ko'chaga chiqqanimda za-
vod tomondan otamni ikki notanish odam bilan, ran-
gi o'chgan holda kelayotganini ko'rdim, uni shunday 
holatda hecham ko'rmagan edim. U menga qarab 
uyga sekingina kirishimga ishora qildi. Uyga kirga-
nimdan keyin, kelgan odamlarning kimliklari m a l u m 
boldi. Ular Davlat xavfsizlik komitetidan edilar, uyga 
kirganlaridan keyin tintishga kirishdilar, biroq hech 
narsa topolmadilar. Nega deganda uyimizda tintiydi-
gan narsaning o'zi yo'q edi. Bir sidirg'a ro'zg'or as-
boblari, kiyim-kechak, stol ustidagi kitob va daftarla-
rimdan bo'lak hech vaqo yo'q edi. Shu sababli tintuv 
ham uzoqqa cho'zilmadi. 
Kelganlarning biri o'zbek bolib, otam va bizlar bilan 
o'zbekcha gaplashib nihoyatda madaniy muomalada 


114 

Download 1,31 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish