«Kafansiz ko'milganlarn
_ 71
O'sha davrda xalqlar dohiysining so'zini masxara-
lagan odamga qanday jazo berish mumkin edi? Bu-
lling uchun otish ham kam edi.
Ayrimlar, shunga ham odamlarni qamashganmi,
ishonib bo'lmaydi-ku, deyishlari mumkin. Shoshil-
inang, bu ham holva, hali shundaylari borki...
Menga qoyilgan gunohlardan yana bittasi yelpi-
g'ich haqida aytilgan latifa edi. Buni eshitib, yo tavba
deb, ishonmay hazil bolsa kerak deb qotib-qotib ku-
lishingiz ham mumkin.
«Echkiga jon qayg'u, qassobga moy» degandek,
buni eshitganlar ichagi uzilguncha kuladi-yu, ammo
buni aytgan men uchun-chi, motam, fojia. Bu shun-
day bo'lgan edi:
Kunlardan bir kun yo'lim tushib, menga tanish
kolxoz raislaridan birinikiga kirib o'tmoqchi bo'ldim.
Odat boyicha biror joyga borganda, quruq borib bo'l-
maydi. Nima oldim? Meva-cheva olay desam, qishloq
joy, uning ustiga kolxoz raisi, hamma narsa o'zida
bor. Oyiab-o'ylab, rais anchagina semiz odam bo'l-
gani uchun issiq kunda yelpinib o'tirar degan xayol
bilan do'konga kirib ikkita yelpig'ich oldim.
Garchand bu arzimagan sovg'a bo'lsa ham rais
og'aynim xursand bo'ldi. Ammo uni ochib yelpinmoq-
chi bo'lgan ekan, ikkalasi ham sochilib ketib, uy ichi,
bola-chaqalarining oldida bir oz kulgi bo'pti. Go"yo
buni malomat qilish uchun ataylab qilgandek, rais
mendan ranjib gapirib qoldi. Ammo men buni atay-
lab yoki hazil uchun qilmagan edim.
Shuning uchun ertasiga yelpig'ich sotgan do'kon-
dorga uchrashib, voqeani aytdim. Gapimni eshitgan
do'kondor:
- Aka, yelpig'ich sochilib ketgan bolsa, bizda ayb
yo'q, yelpig'ichni tuta bilish kerak, qani, qanday qildin-
giz, ko'rsating-chi, - deb so'rab qoldi. Men yelpig'ichni
olib o'zimni qanday qilib yelpiganimni aytdim.
U esa:
- Mullaka, yelpig'ichni tutishni bilmapsiz, yelpi-
g'ichni bunday tutmaydi. Sizga o'xshab yelpig'ichni
ochib yelpisa, albatta, sochilib ketadi, bu ahvolda
sizga bir kunda o'nta yelpig'ich ham kamlik qiladi.
Yelpig'ich sochilib ketmasin desangiz, yelpig'ichni oc-
hib mana bunday qilib qo'lingizda tutib uni qimirlat-
masdan kallangizni o'zini ikki yoqqa qimirlatsangiz
yelpig'ich sochilib ketmasdi... Ha, akajon, yelpig'ich-
ni tuta bilish kerak, dedi jiddiy.
Awaliga gapiga jiddiy quloq solib, keyinchalik bu
andijonliklarning mehmonlarga qilgan hazili ekani-
ni anglagach, rosa kulishdik. Choy quyib, hol-ahvol
so'rashdik.
Yelpig'ich haqidagi bo'lgan bor gap shu: xo'sh,
bunda sovet hukumati, uning siyosatiga qarshi dush-
manlik degulik nima bor? Buni eshitgan tergovchi
o'zi ham awaliga kuldi. Ammo chiqargan xulosasi-
chi? Kurakda turmasdi. Aqlga sig'mas darajada dah-
shatli edi: u shunday deb yozgandi:
«Men bu latifani to'qib chiqarishimdan maqsad so-
vet davlati sifatsiz mol chiqarib, xalqni aldash bilan
shug'ullanadi, bu bilan men sovet savdo sistemasiga
tuhmat qilmoqchi bolganman». Bunga nima deysiz!
Sovet savdo sistemasiga tuhmat etish!
Awalo hech mahalda, hech kim yelpig'ichni bunday
qilib ishlatmaydi. Shunday bolgach, yo'q narsaning ni-
masi sovetlarga qarshi boladi! Buning nimasi tuhmat!
Xo'sh, bizda sifatsiz mol chiqarilmaganmi? Sifatsiz mol
chiqarilmasin, deb tanqid qilinsa, sifat uchun kura-
shilsa yomonmi? Shu tuhmat bo'ladimi? Sifatsiz mol
chiqarilayotganini tergovchilarning o'zi bilmaydimi?
Qaysi vijdon bilan meni ayblashmoqchi! Bu latifani so-
vetlarga qarshi qasddan aytganimni isbotlash uchun:
Xalq dardini joyladim dilga,
O'ldir, o'limdan ham qaytmayman.
«Kafansiz ko'milganlar» 73
She'rimni misolga keltirib, agarda sovet hukumati-
ning siyosatidan rozi bolganingda, sen bu she'rni yoz-
inagan bo'larding, norozi bo
r
ganing uchun shunday
luhmatdan iborat latifalarni sovetlarga qarshi hamfikr
(lo'stlaring S huh rat, Mirzakalon, Hamid Sulaymon, Ali-
muhamedov Abdurahmonlar bilan alohida yig'inlarda
aytib yurgansan, degan qo'shimchani yoza boshladi.
Men bu odamlarga yelpig'ich haqida aytmagan-
man-u?.. Nega ularga aytgan deb yozadi? Buning
tagida kuzatilgan dahshatli maqsad yotardi. Ya'ni
bu bilan menga bizlar hamisha yig'ilishib sovetlarga
qarshi dushmanlikdan iborat igVolar bilan shug'ul-
lanuvchi yashirin tashkilot a'zolarimiz, degan aybno-
mani qo^moqchi edi.
Endi yana qanday jinoyatlar oyiab topisharkin?
O'z-o'zimcha o^lab, o"yimning oxiriga yetolmay-
man. Nima qilish kerak!?
Shuni oyiarkanman onam rahmatlining «Ey, bolam,
achchiq haqiqatning oromi boladi», degan gapi xayo-
limdan otaverdi. Bu gapni onam ko'p gapirardi, yosh-
ligimdan qulog'imga quyardi. Bu gapni esladim-u, ru-
himda bir yengillik, qandaydir g'urur paydo bo'ldi.
Agar yanglishmasam, 32 - 33-yillar yurtda ochar-
chilik edi. U vaqtda nonni zaborniy chiptasi bilan
olardik. Talon bo'lishiga qaramay, ba'zan bir-ikki
kunlar do'konga non kelmasdan tegishli nonni ham
o'z vaqtida ololmasdik. Kelgani ham hammaga yet-
masdi. Xadradagi Tashtram do'koni ishchilarga qa-
rashli bo'lgani uchun bu yerga non boshqa do'kon-
larga qaraganda vaqtida kelardi.
Shunga qaramasdan non olish oson bo'lmasdi:
hamisha ur-to'polon, baqiriq-chaqiriq. Men yosh bola
bo'lganim uchun ba'zilar rahm qilib oldinga qoyib
yuborardi. Ko'pincha yarim kechadan navbat olishga
to'g'ri kelardi. Oladigan nonimiz shunaqangi qop-qo-
74 Shukrullo
" "
ra, jirish bo'lardiki, do'konchi pichoqni suv solingan
chelakka tiqib olmasdan buxankani kesa olmasdi.
Odamlar shu jirishga ham zor edi. Qo'limdagi nonni
Xadradagi ochlar yulib ketmasliklari uchun ehtiyot-
lab xaltaga solib olib kelardim.
O'sha yillari Xadradagi Tashtram devorlarining ta-
gida oyoq-qo'llari ochlikdan shishib, yuzlari qoq su-
yak, eski uvadalarga o'ralgan, bitlab ketgan erkak,
yosh bolali ayollar qahraton qish sovug'ida tizilishib,
tilanchilik qilib o'tirishardi.
Ertalab nonga chiqqan paytlarimda kecha kechqu-
run tilanchilarning ayrimlari ochlik va sovuqdan qo-
tib o'lgan bolib, jasadlarini xuddi sarjin ortgandek
aravalarga tashlab olib ketardilar. U mahalda shahar
aylanib, o'lik yig'adigan maxsus aravalar bo'lardi.
Shunday hayotdan odamlar, mamnun bo'lishi
mumkinmidi? Albatta, yo'q! Ularni dushman sanash
adolatdan bo'ladimi?
«Kishi o'ziga bir oz mashaqqatni olmasa, boshqa-
ning ko'nglini ololmaydi». Onamning shu gaplari
esimga tushardi-da, o'z nafsimdan qiyib och bolali
xotinlarga bir burda bo'lsa ham non tashlab o'tar-
dim. Ruhimda qandaydir g'amgin yengillik sezardim.
Ocharchilik nihoyatda avjga chiqqan, bahor kun-
laridan biri, hamma bir amallab tut pishig'iga yetib
olsak olmay qolardik, degan umid bilan yashayotgan
bir payt. Shu pallada uyimizdagi bir tup ertangi gilos
pishib qoldi. Bir yon ocharchilik, bir tomondan ma-
haila komissiyasi Mamanbeyning hovli solig'i, qorovul
pulini qistab kelishi sababi zarurati bilan 5-10 kilo
chamasi gilos terib sotgani bozorga olib bordim. So-
tib bo'lgach, tog'oramni dasturxonga o'rab ketmoqchi
edim tog'oramning yonidan ellik so'mlik pul chiqdi.
Yoshligimda halol bo'l, o'z nafsini qiymasa, bosh-
qani xursand qilib bo'lmaydi, degan onamning nasi-
hati qulog'imga quyilgani va o'rgatilgan odatga amal
«Kafansiz ko'milganlarn
_ 75
qilib, yonimdagilardan pul yo'qotmadinglarmi, deb
so'radim. Yo'q javobini olganimdan so'ng, qatorimda-
)-,i gilos sotayotgan mo'ysafid dehqonga kimdir ellik
so'mini qoldirganini, o'qish vaqtim yaqinlashib qolib,
kutish imkoni bolmagani uchun sizga tashlab ket-
sam, mabodo egasi izlab kelgudek bo'lsa berarsiz, de-
Kan iltimos bilan murojaat qildim. Mo'ysafid dehqon
esa mabodo pulning egasi chiqmasa, biror bechoraga
xayr qilish sharti bilan olib, menga esa umringdan
baraka top, tarbiya berganingga rahmat, deb duo qil-
ganini eslab hali-hali faxrlanaman. Atrofdagilarning
menga mehr bilan qaraganlarini eslab, halolligim bi-
lan maqtangan vaqtlarim ham bolgan.
Tergovchining savollariga javob qilishni oyiarkan-
man, o'sha voqealar xayolimdan o'tib, qanchalik ma-
shaqqatli bolmasin faqat bor gapni, haqiqatni, onam
aytgandek «achchiq haqiqat lazzati»ni tatib ko'rishga
jur'at uyg'onardi.
|