«Kafansiz ko'milganlar» 59
radan arimagan edi. Nazoratchiga ahvolni aytib, tu-
vakni to'kib kelish kerak, degan iltimosimga, «faqat
kechki hojat vaqtidan boshqa payt mumkin emas»,
degan javobni oldim. Qo'lingdan nima keladi!
Oradan ko'p o'tmay temir eshiklardan birining
ochilib yopilgan xunuk ovozi eshitildi. Bu yon-verim-
dagi emas, ovozining uzoqdan kelishiga qaraganda,
yerto'laning eshigi edi. Kishi yillab qamoqda o'tira-
bergandan keyin eshikning ochilib-yopilgan ovozidan
ham nechanchi kamera ekanini taxminan sezadigan
bo'lib qolasan.
Men yotgan kameraning yonida nazoratchining
kimgadir «to'xta» degan ovozi eshitildi. Temir eshik
sharaqlab ochilib, mening kameramga sochlari op-
poq oqargan o'rta bo^li, nihoyatda xushro'y 50 yosh-
lar atrofidagi mahbus yelkasida yuki bilan kirib keldi.
Bu odam 1919-yildan kommunistik partiya a'zosi,
toshkentlik Nasriddin Xo'jayev edi. Inqilobning birin-
chi yillaridayoq otilib chiqib partiyaga kirganlardan,
Endi haqiqiy ozodlikka erishdik, butun orzu-umidlari-
miz endi ro"yobga chiqadi, deb, yigirmanchi, ottizinchi
yillarda joni-jahdi bilan jonbozlik ko'rsatganlardan.
Mana endi yelkasida ko'rpa-yostiq bilan kirib kelib,
men bilan zixi pachoq mis toboqda bo'tqa yemoqda.
Bu sodiq kommunistning gunohi nima?
Nasriddin Xo'jayev mening savolimga g'azab ara-
lash: «Seni qaysi gunohingga qamashdi?» - deb savol
bilan javob berdi.
Shu javobni eshitdim-u boshqa bir narsa haqida
so'rashga tilim bormadi. Tog'amning o'g'li sodiq kom-
munist Bahovuddin akaning fojiali taqdiri ko'z oldim-
dan o'ta boshladi. U ham 1918 - 1919-yillarda shu