«Kafansiz ko'milganlar» 48
Xayolimdan:
Tangrim, o'zing, o'zing yarlaqa,
O'zingdan hech o'zga madad yo'q,
Na do'stim bor, na dard tinglouchim,
O'zingdan hech o'zgaga had yo'q! -
1939-yilda yozganim shu to'rtlik o'tdi.
Bu to'rtlikni o'sha vaqtda yozganimdan keyin yod
olib, o'zini yirtib tashlaganman. Chunki, bu to'rtlik,
yoki shu ruhda yozilgan she'rlar o'sha vaqtda pessimis-
tik, diniy sanalib, so'zsiz qoralanardi, qamash uchun
ashyoviy dalil bo'lardi. Vaholanki, bu she'r o'sha davr-
da demokratiya, so'z erkinligi yo'qligiga, oqni oq, qorani
qora deb aytish imkoni bo'g'ilganiga qarshi yozilgan edi.
Ammo bunday nuqson, kamchiliklar - adolatsizlikka
qarshi kurash, xalqning dardini yengillashtirish uchun
jon kuydirib tanqid qilish dushmanlik sanalardi. Mana
bunday xatolar, kamchiliklar bolyapti, degudek bol-
sang, buning g'amini yeydigan, to'g'rilaydigan huku-
mat, rahbarlar bor, degan javobni eshitardim.
O'sha rahbarlar xatoga yo'l qo^yapti, deb ko'ring-
chi, seni rahbarlarga suiqasdda ayblashadi. Sening va-
zifang kamchiliklarni ko'rsatish emas. Agar sen chin-
dan ham sovet davlatining do'sti bolsang, har qanday
holatda ham, dushmanlarga sir bermaslik uchun ha-
yotimiz farovon, baxtiyormiz, deyishimiz kerak. Aksin-
cha, hayotdan norozi, dushman sanalib, sengaishonch
yo'qoladi: shubhali odam bo'lib qolasan:
1 8 - 1 9 yoshlarimda «Sonet» she'rim bosilgan: