Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

E'tiqod jazosi 
Kecha kechqurun, yotar oldi soat lOlarda tergov-
ga chaqirilgancha tun bo^i uyqu bermay mana tong 
otdi, hatto kun yoyilib tushlikka yaqinlashayapti, 
hali so'roq tamom bo'lgani yo'q. Bir tergovchi bilan 
ikkinchisi almashib, mudrash u yoqda tursin, hat-
to seni ko'zingni yumib o^lashga qo'ymaydi. O'tirgan 
kursingda beijozat qimirlashga ham haqing yo'q. Tur 
deganda bir necha soatlab tik turishing, o'tir degan-
da esa tun bo^i qadalib o'tirishga majbursan. Bu ja-
zoning eng yengil yo'li. Bordi-yu o'tirgan kursingda 
uyqusizlikdan toliqib mudragudek bo'lsang, yapon-
cha massaj qo'llashlari ham hech gap emas. Bu 
shunday usulki, bo'yningga kaftining qirrasi bilan bir 
tushiradi, ag'darilganingcha bir necha vaqt hushing-
ga kelmay yotasan. O'zingga kelgach, do'q-devara, 
haqorat bilan yana so'roq boshlanadi. Bir o'limdan 
qolganingga shukr qilib, ko'zingni ochasan. Bu yerda 
bordi-yu, o'lganingda ham hech kim seni nega o'ldi, 
deb surishtirmaydi. Bu tashkilotning ustidan, ado-
latsizligidan dodlab shikoyat yozadigan azamat yo'q. 
Tergovchining xonasida u bergan so'roqlarni oyiab 
otirib, xayolimdan xalqimizning «suvdan holva yasash» 


«Kafansiz ko'milganlar» 38 
degan maqoli otaberdi. Suvdan holva yasab boladimi? 
Bolarkan! Shunday oson bo'laxkanki, tergov vaqtida 
bunday narsaning bo'lishiga yana bir bor iqror boldim. 
Odatda odam o'ldirgan yoki o'g'rilik qilgan gunohi-
ni tan olmasa, uni isbotlab, bo^niga qoyish uchun 
tanish-bilishlarini guvohlikka chaqiriladi. Ammo 
mana, meni qamoqqa olishibdiki, kelganimdan beri 
o'z gunohimdan ko'ra hali ota-onamning kimligi, 
hali qarindosh-urug'larim kim bo'lgan, tanish-bilish, 
yaqin kishilarim, ular bilan qanday aloqada bo'lga-
nim, avlodimda kim qamalgan, negaligini mendan 
surishtiradi. Bu nega kerak bo'lib qoldi? Bundan 
maqsad bitta: o'zimdan ayb topolmaganlaridan ke-
yin, ular bilan aloqada ayblab, ularning gunohlari-
ga meni ham sherik qilish! Ular nima gunoh qilgani 
menga m a l u m emas. Buning tergovchiga ham aha-
miyati yo'q, unga ularni tanishligimni aytsam bo'ldi! 
Haqiqatini aytadigan bolsak, bizning zamonamizda 
xalq dushmani bo lib biror odam qamalmagan xona-
donni topib boladimi? Axir 1920-yillardan boshlaboq 
jadidchilikda ayblab ziyolilarni qamash boshlangan 
edi. 1927 - 1928-yillardan dindorlar bormi, mulkdor-
lar bormi, quloq qilindi. Bir qismi yot unsur hisoblanib 
yana qamaldi, surgun qilindi. Bu tozalashlar kamlik 
qilgandek, 1937-yildan boshlab Markazkom sekretar-
lari, davlat arboblari, yozuvchilar xalq dushmaniga 
chiqarilib qirg'in qamash boshlandi, bu 1940-yilgacha 
davom etdi. Urush tugagandan keyin, frontdan qayt-
ganlarning bir qismi fashistga asir tushganlikda ayb-
lanib qamalgan bolsa, 1947-yildan boshlab yozuvchi, 
olim, san'at ahlini g'oyasizlik, kosmopolitizmda ayblab 
yangidan yana qama-qama boshlandi. Biror qarindoshi 
qamalmagan odam qolgan yo'q, hatto bitta odam emas, 
butun oilalari bilan otildi. Surgun qilindi. 
Axir mening o'zimni ham qamalgan tanish va qa-
rindoshlarim yo'qmidi! Bitta emas, bir necha... 


38 Shukrullo 
Xolamning o'gli Ubaydullo Xo'jayev 1900-yillarda 
Rossiya institutlarining adliya fakultetini bitiradi. U 
jahon qonunshunosligi, adabiyotidan boxabar, hat-
to Lev Tolstoylar bilan xat yozishib, bahslasha olish 
darajasidagi yuqori saviyali advokat bo'lgan, 1917-
yili Qo'qon muxtoriyatining Mahmudxo'ja Behbu-
diylar qatoridagi tashkilotchilaridan biri bolib, mil-
lat uchun nihoyatda jon kuydirgan siymo edi. 1927 
- 1928 yillarda siyosiy ayb bilan qamalib, 1936-yilda 
qamoqdan qaytadi. Ubaydullo akamda na bola-chaqa, 
na bisot-bag'al, na tayinli uy-joy bor edi. Qamoqdan 
qaytgach, singlisinikida turdi. Bor bisoti kitob edi. 
U odam qamalgandan keyin bu kitoblarni saqlashga 
qarindosh-uruglar ham xavotirlanib, birining uyidan 
ikkinchisinikiga ko'chirib, oxiri bizlarning boloxonaga 
kelib qolgan edi. Birinchi marotaba Lev Tolstoyning 
20 jildligi, Fitratning ko'k muqovali «Hind ixtilochilari» 
kitoblari, «E1», «Sadoyi Turkiston» kabi gazetalarning 
qavatlanganini ko'rib, tanishgan edim. 
Qamoqdan kelgandan keyin singlisinikida ya-
shab, O. Genrining «Maugli» asarining tarjimasi bilan 
shug'ullandi. Bu odamning bilim doirasi shu qadar 
keng ediki, 1930-yillardayoq hali o'zbek ziyolilariga 
uncha tanish bo'lmagan O. Genrining ijodi mohiyati-
ni tushunib yetgan edi. 
1937-yillarda yana qamaldi. Shu ketgancha beda-
rak yo'qolib ketdi. 
1937-yilda xalq dushmani bo'lib pochcham qamal-
di. U muallim bo'lib, bilim doirasi keng, dunyodan 
boxabar, adolatni fahm etgan odamlardan biri edi. 
Mendan tanish-bilishlarim, yaqin odamlarim kim-
ligini so'ragan tergovchi, xalq dushmani bo'lib qa-
malgan yuqoridagilarning menga qarindoshligidan 
xabardormikan, yo'qmi? Xo'sh, o'zim aytsam-chi!.. 
Axir, ular nima gunoh qilgan, nimaga qamalgan -
bilmasam, men u vaqtda yosh edim-ku! 



Download 1,31 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish