Rivoyat
Bir bechora kambag'al dehqon bola-chaqa, mol-jo-
ni ko'payib, uy-joyi torlik qilganidan doimo nolir ekan.
Buning nolasini eshitganlardan biri, uyim kengaysin
desang chorasi oson: shu bugunoq kechqurun bo-
la-chaqang bilan yotadigan uyingni bir chekkasiga
sigir, buzog'ingni bog'lab, Xudoga nola qilasan. Erta
lab qarabsanki, keng uyning egasi bo'lasan qo*yasan,
debdi. Dehqon aytganni qilibdi-yu, ammo hech narsa
o'zgarmabdi.
26 Shukrullo
' • — •
Dehqonning uyini kengaytirmoqchi bo'lgan odam
buni eshitib, endi sigiringni yoniga echking bilan
qo^ingni olib kirib boglab, Xudoga munojot qilasan,
ana shunda, maqsadga erishasan, debdi. Dehqon
buni ham qilibdi. Ammo hech narsa o'zgarmabdi.
Dehqonga va'da bergan odam, buni eshitib, endi
hovlingdagi tovuqlarni ham uyingning bir chekkasi-
ga olib kirib yot, debdi. Umid bilan sigir-buzoq, qo'y
echkining ustiga tovuqlarni ham olib kirib, azonga-
cha bu tor tanqislikdan qachon qutulaman, deb nola
qilibdi. Ammo tong otib, kun yorishibdi hamki, hech
narsa o'zgarmabdi.
Bundan g'azablangan dehqon sho'rlik boyagi va'da
qilgan odamni topib, voqeani bayon qilgan ekan, u esa:
- Endi bugundan boshlab birma-bir sigir bilan bu-
zog'ingni, ertasiga echki bilan qoyingni, undan keyin
tovug'ingni olib chiqib Xudoga yolborasan, shundan
keyin qarabsanki, eski tor uyingning oldida katta sa-
roy paydo boladi, debdi. Dehqon uning aytganini qilib,
bir kun sigir bilan buzog'ini, ertasiga qoy bilan echki-
sini, undan keyin tovuqlarini olib chiqib qarasa, uyida
o'nlab odam yashasa boladigan joy qolibdi. Buni ko'r-
gan dehqon hayvonlar bilan yotishdan qutulganimga
shukr, boldi, boshqa uy kerakmas, shu uyimning o'zi
ham yetadi, endi nolimayman, degan ekan.
Xuddi shunga o'xshash men ham eni bir gazlik
yakkaxonadan qutulib, ikki-uch odam turadigan xo-
naga kirganimdan keyin, bu ko'zimga keng hovlidek
ko'rinib ketdi.
Kamerada mahbuslarning biri 70 - 80 yoshlardagi
sersoqol yahudiy domlasi, biri 1937-yilda xalq dush-
mani bo'lib o'n yillik qamoq va besh yillik surgun
muddatini Kalimada tugatib qaytgach, qaytadan qa-
malgan 40 - 50 yoshlardagi Raim ismli sobiq partiya
xodimi ekan. Bularning kimliklarini bilgach, awaliga
men o'zimni butunlay begunoh, ularni esa dushman
«Kafansiz ko'milganlar»
27
sanab, ishonchsizlik bilan jirkanib qaray boshladim.
Chunki, kimki, xalq dushmani bo'lib qamalgan bo'l-
sa, surishtirmay uni dushman deb sanash bizlarning
qonimizga singib ketgandi. Ammo suhbat davomida
esa ularning birortasi ham o'zlarini sovet davlatiga
dushman deb sanamasdilar. Xuddi mendek ular
ham o'zlarini butunlay begunoh deb bilardilar.
Men o'zim kimligim, qachon qamoqqa kelganli-
gim haqida ular bergan savollarga javob bergunim-
cha bo'lmay, eshik ochilib nihoyatda baland boyii
bir mahbus kirib keldi. Bu Gitler armiyasiga asirga
tushgan Loran ismli sovet nemisi edi. U kirib kelib o'z
temir karovatiga o'tirdi-yu, gap-so'zsiz shoshilgan-
cha xaltasidan bir necha chaqmoq qandni alyumin
krujkaga solib, suvi qochib, qotib qolgan non bilan
yeya boshladi. Malum bo'lishicha, gunohlarini boy-
niga olmaganligi uchun karserga tashlanib, haftalab
uxlamay, ochiqib hozir chiqib kelishi ekan. Bir oz
tamaddi qilgandan keyin bir oydan ortiq non-suvga
chidab, quruq taxta ustida yotganidan nolish o'rniga
o'sha yerda ozmi-ko'pmi uxlab, ko'zini ilintirib olish
imkoni bo'lganidan mamnun bo lib gapirdi. Ayti-
shicha, yigirma kun uyqu berishmagan. Kechqurun
tergovga chaqirishgandan to tonggacha uyqu ber-
may ikki tergovchi galma-gal, almashib so'roq qilib,
tong otar oldidan, uyqudan turishga biror yarim soat
qolganda javob berib, ko'zini ilintirishga ulguradimi,
yo'qmi, yana kunduz kuni uyqu bermay, o'tirishga
majbur qilishardi. Kechki uyqu vaqtida endi yostiqqa
bosh qo'yib uxlay boshlashi bilan asablarini azoblash
maqsadida yana tergovga olib chiqib ketardilar. Bu
ahvol haftalab, oylab davom etgan. Loran nimadir
demoqchi bolgan edi, shu paytda qamoq muhitida
birdan-bir chehrasini ochib, mahbuslarni odam o'r-
nida ko'radigan, uydan yuborilgan narsalarni tarqa-
tib yuradigan, malum miqdordagi pulga tergovchi-
ning ijozati bilan tamakimi, nonmi, kolbasami olib
28 Shukrullo
keladigan Mashanov eshik ochib nima olishimizni
so'rab qoldi. Loran unga bir kilo go'shtga yetarli puli
borligini aytib, xom go'sht buyurdi. Atrofdagilar bun-
dan taajjubga tushganini ko'rib:
- Men asirlikdan qutulib kelganimdan keyin Chir-
chiq shahriga yuborildim. Zavodga ishga kirdim. Rus
ayoliga uylandim. Uning uy-joyi, kattagina yeri bor
ekan. Tovuq-xo'roz qildim, cho'chqa boqdim. Cho'chqa-
ni so"ygan vaqtimda, qonini bekor ketkazmay ichardim.
U kishiga juda quwat boladi. Ayniqsa qamoq sharoiti-
da xom go'sht pishirilgan go'shtdan foydaliroq, - dedi.
Uning gaplaridan etim seskanib ketdi.
Men yahudiy domlani qayerdadir ko'rganligim, qa-
yerdaligini va kimlarning tanishligi haqida so'ragan
edim, javob berishni istamadi. Bu yerda tanisWar-
ning nomini aytish ham xatarli ekan. Chunki, nomi-
ni aytgan odamni ham xalq dushmani bilan aloqa-
da ayblab qamashlariga imkon tug'dirgan bo'lardik.
Yoki aksincha sen tanigan odamlaringdan birortasi
ilgari yoki shu kunlarda qamalgan bo'lsa, bu ham
senga bitta aybnoma bo'lishi tabiiy. Bundan tashqa-
ri qamoqda mahbuslar bir-birlariga ishonmasdilar.
Chunki, sir olish uchun qamalganlardan yollangan
odamlar kameralarga kiritilardi.
O'zimni butunlay begunoh hisoblaganligim tufayli
meni - sovet shoirini nemis soldati bilan birday ko'rib,
bir xonaga qo'yilishim meni umidsizlikka tushirib, ru-
han azoblardi. Gunohim shuncha jiddiymi, deb o^-
lardim. Nemis soldati bilan xonada hamtovoq bo'lish
tasawurimga sig'magan narsa edi. Nahotki men ham
ana shu nemis soldati, 1937-yilda xalq dushmani
bo lib qamalgan Raim aka yoki yahudiy domlasi dara-
jasida gunohkor sanalsam! Dodingni kimga aytasan!
Nahotki shular bilan taqdirim bir bo'lsa!
O'sha kechasi Loranga uyqu berishdimi, yo'qmi,
bilmadim, yotar oldidan meni tergovga olib chiqib ke-
tishdi.
«Kafansiz ko'milganlar» 29
|