«Kafansiz ko'milganlar»
35
bim, mastlik bilan tramvayda Stalinni so'kkanimmish!
Nima deb so'kkanman, o'zim ham bilmayman. Shu-
ning uchun meni siyosiy mahbus, xalq dushmani deb
olib kelsa... ablahlar! Qanjiqlar! Qani, birodar ayt-chi,
menga qancha berishar ekan?..
Men nima derdim. O'z xayolim bilan o'zim band
edim. Javob bergunimcha ham bo'lmay gapira ketdi:
- Haqiqiy shoir Yesenin edi! Xalqni ham, o'g'rini ham
o'ylardi. Senlar Stalinni maqtashdan boshqa nima-
ni bilasanlar? Gapirishga ham qo'rqasanmi? Senlar-
ni hammangni qamash kerak... Xafa bolma, og'ayni,
hammang bichilgansan. Anavi kamerada bir jid, ya-
hudiy xusid (yahudiy domlasi) bilan o'tirib qolibman.
Yuragimni yorib yuboray dedi. Bo'g'ib o'ldirgim keldi.
G'ashimga tegib, pichirlab duo o'qishdan boshqani
bilmaydi. Nega sen ham indamaysan? Yeseninga o'x-
shab blotnoy, taskin beradigan she'r o'qisang-chi!
Men uning gaplarini eshitib, o'zimcha oyiardim:
Yesenincha she'r yozishmish! Taskin beradigan she'r
o'qishmish! Tabiat haqida yozgan she'rlarimdan xato
izlab, g'oyasizlikda ayblab otirishibdi-yu, bunga Ye-
senincha yozilgan she'rlarimdan o'qib berarmish-
man! Men uning gaplarini jim tingladim. U esa bun-
dan g'azablanib:
- Men do'zaxga kelib qolibman, to'g'rimi? - derdi.
Men unga nima derdim? Uni kuyib-o'rtanish-
lari to'g'ri bo'lsa ham Stalinni so'kib turgan odam-
ning gaplariga qo'shilishib bo'larmidi?
A w a l o buning
o'g'ri ekaniga ham ishonib bo'lmaydi. Balki gap olish
uchun kirgandir. Chunki xonalardan xonalarga gap
olish uchun maxsus odamlar qoyiladi. Qamoqda yot-
ganlar ham bir-birlariga ishona bermasdi.
Mening javobimni kutmasdanoq birdan jazavasi
tutib, ikki mushtlab temir eshikni urib, og'ziga kel-
gan haqoratlar bilan qamoq nazoratchisini chaqira
ketdi. Prokurorga shikoyat yozish uchun qalam bilan
daftar talab qildi...
Bu orada meni tergovga olib chiqib ketishdi. Kech-
qurun soat 7da so'roqqa chiqqanimcha, uxlamasdan
tong otarda kameraga qaytdim. Hamrohim yo'q edi.
Karovati bo'sh. To'shak, yostiqlari ham olib chiqib
ketilgan. Nima gap? Meni esa qo'shni kameraga ko'-
chirishdi.
Bu kameraga kirishim bilan, u yerdagilar, mendan
qaysi kameradan o'tganimni so'rab bilishgach, ke-
chasi bilan bu kamerada g'ala-g'ovur bolgani, kimdir
o'zini o'zi o'ldirganini aytishdi. Bu kechagi bir oyog'i
yo'q invalid Ivan edi.