Kutilmagan o'lim
Davlat xavfsizligi qo'mitasi qamoqxonasida o'tirga-
nimga mana bir necha oylar bo'ldi. Taqdirim nima
bo'ladi - hech narsa m a l u m emas. Bu xususda na
men va na bu qamoqda yotganlarning birortasi bir
gap aytolmaydi. Bu dargohda hamma narsa sir-
li. Dunyoda nima kechyapti - hech kim hech narsa
bilmaydi. Na radio, na gazeta!.. Qo'shni kamerada
kim bor, kim qamalgan - uni ham bilmaysan. Ammo
hamma o'tirganlar bitta narsani bilardi. U ham bo'lsa
o'zining gunohi yo'qligini. Men bilan o'tirganlarning
birortasi, haqiqatan ham bilib-bilmay mana shunday
gunohni qilganman, o'zimdan ham ayb o'tgan degan
afsusni aytmasdi. Ammo shunga qaramasdan ham-
ma o'z bilgani, eshitganini gapirardi.
- Bu yerga qamalganlarning hech biri omon
chiqqanmi?
- Dushmanlar ham bo'lgan-ku?
- Sen o'zing dushmanmisan? Dushman bo'lib
nima qilgansan?
- Bu yerga olib kelishdimi, gunohing bo'lishi shart
emas. Otmasa ham, 25 yil bermasa ham, juda bo'l-
maganda besh yil, o'n yilsiz chiqarmaydi. Masalan,
men mana o'n yil lager, besh yil surgunda bo'ldim,
nima dushmanmidim? Mutlaqo! Bu yerning qoidasi
shu, seni olib kelishdimi, tamom!
O'zimni gunohsiz bilib, dunyoda haqiqat bo'lsa
chiqib ketarman, degan umid bilan yashayotgan men
uchun bu gaplarni eshitish juda dahshatli edi. Ammo
o'n yillab lagerma-lager, qamoqma-qamoq, surgun-
larda umr o'tkazgan bu odamning gapi, qancha vahi-
mali bo'lmasin, haqiqatga yaqin edi. Nohaq qamalgan
ming-minglab odamlar bilan birga yillab kun ko'rib,
ularning taqdiri nima bo'lganini, kim qanday ayblar
bilan ayblansa, qancha muddat berilishini ham bi-
30
Shukrullo
lib qolgan edi. Lekin shunga qaramasdan hamma o'z
bilgan, eshitganlarini bir umid bilan aytardi.
Biri sud qilingandan «Osoboe soveshanie» («maxsus
kengash») bo'lgani yaxshi, chunki, u o'n yildan ortiq
berolmaydi, sud esa besh yil ham, 25 yil ham berishi,
hatto otishga hukm qilishi ham mumkin, har holda,
nima bo'lsa ham maxsus kengash ishingni ko'rgani
durust desa, boshqa biri maxsus kengashning o'n yili
emas, hatto besh yilidan sudning 25 yili afzal, chun-
ki, sud hukm qilgan muddat bitsa, bo'ldi, chiqib keta-
san, tutib turolmaydi, ammo maxsus kengash orqali
hukm qilingan bolsang umring qamoqda o'tishi hech
gapmas. Muddating bitsa, seni bir sabab bilan ishing-
ni qayta ko'rib qo'shib qo*yaberadi, - derdi.
Bunday gaplarni men birinchi eshitishim. O'zimcha,
axir, qonun, adolat, haqni haq, nohaqni nohaq qiladigan
odam nahotki bolmasa, deb aytgim kelardi-ku, ammo
buni ham ba'zilar hukumatning siyosatidan norozilik
deb tushunib, ayblashidan cho'chib indamasdim. De-
yarli har kuni shu gap. Qamoqda otirganlarning shun-
dan boshqa nima dardi kasali bolishi mumkin?!
Hammasi vahima gaplar.
Nahotki menga ham 25 yil bersalar!.. Meni vahima
bosgan edi.
Ammo Rayim aka bunday gaplarni eshitaberib,
eti qotib ketganidanmi, xuddi qamoq, surgun uning
uchun oddiy narsadek, mening holatimni ham his qil-
masdan, «bu yerga keldingmi, o'n-o'n besh yil muddat
olmasdan chiqib ketib bo'lmaydi», deb, yana gapining
to'g'riligiga ishontirish uchun dalillar keltirib gapira-
beradi. U mendan: - Tojixon Shodieva degan ayolni
eshitganmisiz? - deb so'radi. Men u ayolni shaxsan
tanimasam ham 37-yillarda xalq dushmani bo'lib qa-
malgan degan ovozasidan xabardor edim. Ammo xalq
dushmani bo'lgan odamni taniyman deyish xavfli,
xatarli sanalgani uchun, ha ham, yo'q ham demas-
dan gapirabering degandek qarash qildim.
|